• Shaxsning gumanistik nazariyasi
  • Shaxsning malaka va odatlari




    Download 29.61 Kb.
    bet1/10
    Sana05.11.2022
    Hajmi29.61 Kb.
    #29130
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Shaxsning malaka va odatlari
    CHIZIQLI FUNKSIY, Dirichlets problem and Sokhotski-Plemeljs jump f, 11-sinf 1-2-3-4-chorak test, Gulmira Ismoilova Tilshunoslik nazariyasi, 3-etaj chap tomon, Amaliy 7, Amaliy 4 (1), Kurs ishi mavzu O‘quvchilarning bilish faoliyati va uning xusus-www.fayllar.org, file3938, 7, Ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlar, ularning tarkibi va turkumlanishi(3)

    SHAXSNING MALAKA VA ODATLARI

    Reja:


    1. Shaxsga doir bixevioral-kognitiv nazariyalar

    2. Skinner nazariyasining asosiy g‘oyalari

    3. Respondent va operant xulq tushunchalari.


    Shaxsning gumanistik nazariyasi


    Shaxsga doir gumanistik nazariyada ikki asosiy yo‘nalishlar farqlanadi. Birinchisi, “klinik” (klinikaga yo‘naltirilgan) amerikalik psixolog K.Rodjers qarashlarida o‘z ifodasini topgan yo‘nalish.
    Ikkinchisi “motivatsion” yo‘nalish. Uning asoschisi amerikalik psixolog A.Masloudir. mazkur ikki yo‘nalish o‘rtasida muayyan tafovutlar bo‘lsa-da, ularni bog‘lab turgan jihatlar ko‘p uchraydi.
    Gumanistik psixologiya yo‘ndashuvi vakillari shaxs taraqqiyotining asosiy manbai deb avtoaktualizatsiyaga bo‘lgan tug‘ma moyilliklarni nazarda tutadilar. Shaxs taraqqiyoti deb ushbu tug‘ma moyilliklarning namoyon bo‘lishiga aytishadi.
    K.Rodjersga fikriga ko‘ra, inson psixikasida ikki tug‘ma moyillik mavjud. Birinchisi, muallif tomonidan “avtoaktualizatsiya tendensiyasi” deb nomlangan moyillik inson shaxsining bo‘lajak xususiyatlari negizini o‘zida jo etgan. Ikkinchi tug‘ma moyillik – “organizmik nazorat jarayoni” – shaxs taraqqiyotini idora etuvchi mexanizmdir.
    Mazkur moyilliklar asosida odam taraqqiyoti davomida “Men”ning alohida shaxsga doir tuzilmasi paydo bo‘ladi. U o‘z ichida “ideal Men” va “real Men”ni qamrab oladi. “Men” tuzilmasining ushbu osttuzilmalari murakkab munosabatda bo‘ladi: to‘kis uyg‘unlik holatidan (kongruentlik) to‘liq nomuvofiqlik (disgarmonik) darajasigacha (Rodjers K., 1994).
    K.Rodjersga binoan, hayot maqsadi – tug‘ma salohiyatni to‘kis namoyon etishdir, “o‘z vazifalarini to‘liq ro‘yobga chiqarish”, ya’ni o‘z qobiliyatlari va talantidan foydalanadigan, o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish davomida o‘zini, o‘z kechinmalarini anglash sari harakat qiluvchi, o‘zining asl tabiatini ifodalashga intiluvchi odam bo‘lishdir.
    A.Maslou shaxs taraqqiyoti negizida yotadigan ehtiyojlarning ikki ko‘rinishini ajratib bergan: ularni qondirish mobaynida o‘z-o‘zidan yo‘qolib ketadigan «defitsitar» ehtiyojlar hamda qondirilishi ularni kuchaytiruvchi “o‘sishga doir” ehtiyojlar.


    Download 29.61 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 29.61 Kb.