Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish




Download 427 Kb.
bet2/7
Sana21.03.2017
Hajmi427 Kb.
#1144
1   2   3   4   5   6   7
dars ishlanmasi

Mavzu: Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish

(6-sinf)


Toshkent-2015

6-sinf


IV chorak 57-dars

Laboratoriya ishi: Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish

Darsning texnologik xaritasi



Darsning maqsadi:

O‘quvchilarga shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini amalda hosil qilib, kamalak to‘g‘risidagi bilimlarini boyitish, ranglarning hayotimizdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berish, vatandoshlarimizning shu sohadagi faoliyati haqida tanishtirish, o‘quvchilarni milliy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.

Vazifalari:

O‘quvchilarga mavzu asosida yorug‘likka doir bilimlarni berish bilan birga ijodiy qobiliyatini, qiziquvchanlik, topqirlik, hozirjavoblikni shakllantirish hamda kasbga yo‘naltirish, kompyuterlardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish.

O‘quv jarayonining mazmuni;

O‘quvchilar mavzuning mazmun-mohiyatini tushunib yetishlari va amaliy ishlashlari, optik asboblarning nomlari, ularning tuzilishi, ishlashi va qo‘llanilishi bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.

O‘quv jarayonining amalga oshirish texnologiyasi;

Uslub: “Amaliy mashg‘ulot”, “Savol-javob”

Shakl: “Amaliy mashg‘ulot”

Vosita: proyeksion apparat, optik taglik, 3 burchakli shisha prizmalar, ekran, kompyuter, video ko‘zgu, tarqatma materiallar, o‘quv filmi, savol va topshiriqlar, “Bilimlar daraxti” plakati, rangli plastinkalar

Usul: “Savol-javob”, “Bahs-munozara”.

Nazorat: Yozma, og‘zaki.

Baholash: Rag‘batlantirish, 5 ballik tizim asosida baholash.



Kutilayotgan natijalar;

O‘qituvchi:

O‘quvchilarning fanga bo‘lgan qiziqishi ortadi. O‘quvchilar o‘rtasida do‘stona muhitni yaratadi. O‘z oldiga qo‘ygan maqsadlariga erishadi.

O‘quvchilarni mustaqillikka va ijodkorlikka o‘rgatadi.

Past o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatini o‘stiradi.



O‘quvchi:

O‘quvchilar erkin va mustaqil fikrlaydilar. O‘z ustida ishlashni o‘rganadilar. Eslab qolish, fikrlay olish, ayta olish, ko‘rsata olish, amalda bajara olish ko‘nikma va malakalarga ega bo‘ladilar.



Darsning blok sxemasi:



T/r

Dars bosqichlari

Vaqt

1

Darsning tashkil etilishi

2 minut

2

O‘tilgan mavzuni so‘rash

5 minut

3

Yangi mavzu bayoni (amaliy mashg‘ulot)

20 minut

4

Mavzuni mustahkamlash

(Amaliy topshiriq bajarish. Kamalak yasash, “Fikrlay olasizmi?”)



13 minut

5

O‘quvchilarni rag‘batlantirish va baholash

3 minut

6

Uyga vazifa berish

2 minut

Darsning borishi:

Darsda kerakli jihozlar: 6-sinf “Fizika ” darsligi, proyeksion lampa, 3 burchakli prizmalar, ekran, 12 V kuchlanishli tok manbayi, kompyuter texnikasi, slaydlar, didaktik tarqatmalar, rangli shisha plastinkalar.

Asosiy tushuncha va atamalar:

-kamalak;

-spektr;


-uchburchakli prizmalar;

-yorug‘likning sinishi va qaytishi.

Dars shiori:



Download 427 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 427 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shisha prizma yordamida yorug‘likning spektrga ajralishini o‘rganish

Download 427 Kb.