Shisha tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar kremniy, bor




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
Sana24.06.2023
Hajmi0.77 Mb.
#75493
Bog'liq
160-22 Ikromov Elbek
5-Amaliy ish Mavzu Assembler tilida asosiy operatorlar bilan ta


Shisha


Shisha qattiq 
amorf
moddadir. Shisha
odatda 
moʻrt
va 
shaffof
boʻladi.
boshi -> 
Shisha — tarkibi Shisha hosil
qiluvchi komponentlar (kremniy, bor,


alyuminiy, fosfor, germaniy oksidlari va
boshqalar) va metallar (litiy, kaliy, natriy,
kaltsiy, magniy, qoʻrgʻoshin va
boshqalar)ning oksidlaridan iborat
aralashmani qizdirish yoʻli bilan
suyuqlantirib sovitishdan hosil boʻlgan
amorf moʻrt material. Shisha
qizdirilganda kristall moddalar kabi
maʼlum bir trada suyuqlanmaydi va
qotmaydi, balki asta-sekin qattiq
holatdan choʻziluvchan yumshoq holatga
va nihoyat suyuq holatga oʻtadi.
Suyuqlantirilgan Shisha eritmasi
sovitilganda maʼlum tralar oraligʻida avval
plastik holatga oʻtadi, soʻngra qotadi.
Shisha — izotrop, yaʼni uning fizik
xossalari (yorugʻlik nurini sindirish


koʻrsatkichi, issiqlik oʻtkazuvchanligi va
boshqalar) turli boʻyicha oʻlchanganda bir
xil boʻladi. Tarkibidagi anorganik
birikmalarning turiga koʻra, Shisha
quyidagi sinflarga boʻlinadi: elementar
Shisha, oksid Shisha, galogenid Shisha,
xalkogenid Shisha va aralash Shisha
Elementar Shisha — faqat bir element
atomlaridan iborat. Oltingugurt, selen,
margimush, fosforni, oʻta tez sovitilganda
esa baʼzi metallarni ham shishasimon
holatda olish mumkin.


Oksid shishaning asosiy komponentlari
kislorodli birikmalardan tashkil topgan.
Kremniy, germaniy, bor, fosfor, margimush
oksidlari juda osonlikcha Shisha hosil
qiladi.
Xalkogenid Shisha sulfidlar, selenidlar va
telluridlar asosida olinadi. Margimush
sulfid (A8,83), surma sulfid (8253),
selenidlar (Az28e3), (828e3), telluridlar
(A$2Te3) asosidagi Shishalar maʼlum.
Galogenid Shisha berilliy ftorid VeGʻ2va
rux xlorid 2pS12asosida olinadi.
Kremniy dioksidining (SiO2) ikki o'lchamlik amorf tuzilishi. Kremniy atomlari (Si) atrofida kislorod atomlarining (O)
tetraedrik joylashuviga nisbatan lokal tartib mavjud bo'lsa-da, uzoq tartib mavjud emas.


Oksid Shisha tarkibidagi Shisha hosil
qiluvchi oksid xiliga koʻra quyidagi
guruhlarga boʻlinadi (qavslarda Shisha
hosil qiluvchi komponent koʻrsatilgan):
silikat Shisha (8YU2), borat Shisha (V,03),
fosfat Shisha (R2b5), germanat Shisha,
(Oye02), borosilikat Shisha (V20 va
8YU2), alyumosilikat Shisha (A1203va
8YU2).
Ishlatilishiga koʻra, qurilish Shishasi
(deraza oynasi, Shisha bloklar va
boshqalar), meʼmorlik qurilish Shishasi,
avtomobil Shishasi, termik barqaror
Shisha, kimyoviy lab. Shishasi, tibbiyot
Shishasi, optik Shisha, elektrovakuum
Shishasi, yorugʻlik texnikasi Shishasi,


idish Shishasi, navli Shisha, shuningdek
Shisha tola va Shisha plastiklar
farqlanadi. Ionlovchi nurlardan
saklaydigan Shisha, yorib oʻtuvchi
radiatsiya indikatorlari Shishasi,
oʻzgaruvchan yorugʻlik oʻtkazuvchi
fotoxrom Shisha, lazer materiallari
sifatida qoʻllanadigan Shisha, eruvchan
Shisha va h.k. ishlab chiqariladi.
Eng oddiy tarkibli bir komponentli kvars
Shishasi sanoatda kremniy dioksid
8YU2asosida olinadi. Me20p 8YU2(bu
yerda Me — №, K; p=2*4) tarkibli
eruvchan binar ishqoriysilikat Shisha ham
sanoat ahamiyatiga ega. Deraza oynasi,
meʼmorlikqurilish, navli, idish va


boshqalar sanoat Shishalari asosini №20
—SaO—8YU2uchlik sistemadagi
kompozitsiyalar tashkil etadi. Bu
oksidlardan tashqari ular tarkibiga
Shishaiing kristallanishga moyilligini
susaytiruvchi M§0 va kimyoviy
barqarorligini oshiruvchi A120, kiradi.
Baʼzi Shisha turlarining kimyoviy tarkibi
jadvalda keltirilgan.
shahrining xossalari uning tarkibidagi
komponentlarga bogʻliq. Eng tavsifli
xossasi uning shaffofligidir (deraza
oynasining shaffofligi 83— 90%, optik
shahriniki esa 99,95% gacha). Shisha
moʻrt jism, mexanik taʼsirlarga juda
sezgir. Zichligi 22008000 kg/m³.


Tabiatda perlit, obsidian kabi tabiiy
Shishalar mavjud (qarang 
Vulkan
shishasi
). Sunʼiy shishaning paydo
boʻlishini, odatda, kulolchilik bilan
bogʻlaydilar. Kulolchilikda loydan
yasalgan mahsulotni kuydirishda unga
Стеклянная гора вулкана Лечебного озера (
inglizcha
: Medicine Lake Volcano). 
Калифорния
. Фото Джулии
Доннелли-Нолэйн (USGS)
Moldavit. Meteorit tushishidan hosil bõlgan mineral. Besednitse. 
Chexiya


soda va qum tushgan boʻlishi, natijada
buyum sirtida shishasimon sir (glazur)
hosil boʻlgan boʻlishi mumkin.
Shisha mil. av. 4 ming yillarda qadimiy
Misr va Markaziy Osiyoda ishlab chiqarila
boshlagan. Dastlab boʻgʻiq Shisha ishlab
chiqarilgan. Tarkibidagi moddalar asta-
sekin oʻzgartirila borgan. Undagi ishqoriy
metallarning oksidlari 30% dan 20%
gacha kamaytirilgan. shishaga
qoʻrgʻoshin va qalay oksidlari
qoʻshiladigan boʻlgan, rang kiritish
maqsadida marganets va kobalt
birikmalari qoʻshilgan. Mil. av. 2 minginchi
yillarda Misrda hajmi 0,25 l li sopol


koʻzalarda Shisha eritilgan. Qadimgi
Shishalar 1000—1100°da pishirilgan.
2 muhim masala — shaffof Shisha
tayyorlash va mahsulotga puflab shakl
berish hal qilingandan boshlab
shishasozlik texnologiyasida muhim
oʻzgarish roʻy berdi. 19-asr oxirigacha
shishasozlikda qoʻl mehnati ustun edi,
20-asrning 20-yillaridan boshlab turli xil
Shishalar ishlab chiqarish
avtomatlashtirildi.
Badiiy Shisha badiiy idish va buyumlar,
meʼmorlik qismlari, manzarali
kompozitsiyalar, haykaltaroshlik (asosan,
kichik shakllarda), yoritqichlar, sunʼiy


bezak toshlar, Shisha mozaika va
boshqalardan iborat. Dastlab qadimiy
Misr (mil. av. 4—1-asrlar), Suriya, Finikiya,
Xitoyda rivojlangan. Bu davrdagi
shishasozlik maktablarining ish tajribalari
yozilgan asar va kitoblarning eng
qadimgisi mil. av. 2 ming yillarga oid
boʻlib, ular qadimiy Mesopotamiyat
topilgan. Aynan shu mamlakatda loyga
mixxatlar yordamida yozib qoldirilgan
mil. av. 7-asrga taalluqli jadvallarda eng
qadimgi rangli Shishalar tarkibi va
tayyorlash usullari bayon etilgan.
Arxeologik izlanishlar qadimgi sunʼiy
Shisha buyumlar mil. av. 4-ming yillik
oʻrtalariga mansubligini, ular ilk bor Misr
yodgorliklarida, keyinroq


Mesopotamiyada uchrashini koʻrsatadi.
Mil. av. 3-ming yillik oʻrtalariga mansub
Shisha mahsulotlar koʻpgina mamlakatlar
yodgorliklarida topilgan.
Qadimgi dunyo sanʼatida Shisha
mahsulotlar (guldon, munchoq, isirgʻa,
tamga va boshqalar), asosan, sopol
qoliplar yordamida tayyorlangan, lekin
ular boʻgʻiq (noshaffof), yashil, zangori,
Skifos. Rangli shisha. Sharqiy õrtayer dengizi. I asrning birinchi yarmi. 
Ermitaj


feruza rangli boʻlgan. 6-asrdan badiiy
shishachilik markazi sifatida Vizantiya
shuhrat qozondi, Gʻarbiy Yevropada
gotika davrida vitraj sanʼati yuksak
darajaga koʻtarildi.
Musulmon Sharqida 12—14-asrlarda
Suriya Shishasi mashhur boʻldi. 15—16-
asrlarda Venetsiya Shishasi, 17-asrda
Chexiya Shishasi dongtaratdi. 1770-
yillardan (dastlab Angliyada) billursimon
Shisha ishlandi. 18-asrdan sunʼiy
qimmatbaho toshlar tayyorlash avj oldi.
19-asr oxiri va 20asr boshida shahridan
amaliy bezak sanʼatida keng foydalanila
boshlandi.


Oʻrta Osiyoda bronza va temir davrlarida
shaffof va turli rangli Shisha mahsulotlar
tayyorlangan. Tuxolo (Toxarisgon)
(hozirgi Oʻzbekistonning janubi va
Tojikistonning bir qismini oʻz ichiga olgan
davlat)da havorang, qizil rangli Shisha
tayyorlangan. Arxeologiya yodgorliklari
oʻsha davrlarda Samarqandda ham
shahridan bezak buyumlari ishlanganligini
qoʻrsatadi. Bolaliktepadan topilgan nok
shaklidagi medalon (2,5x2 sm) Shishasi
yashil boʻlib, gardishga oʻrnatilgan.
Movarounnahr 9—10-asrlarda Shishasi
bilan ham shuhrat qozongan. 10— 12asr
shishasozlari metall qoliplar, qirquvchi,
randalovchi dastgohlardan foydalanib
badiiy Shisha mahsulotlari


tayyorlaganlar. Tabiblarning idishlari,
pardoz butomlari shahridan ishlangan.
Oʻrta asrlarda Shisha meʼmorlikda ham
ishlatilgan. Venetsiyalik sayyoh Klavixo
oʻz xotiralarida Samarqandning ulugʻvor
binolarida rangli Shisha ishlatilganini
yozgan.
Ulugʻbekning Chinnixona koʻshki,
Ishratxona maqbarasining ganch
panjaralarida rangli Shisha ishlatilgan.
Buxoro ham qadimdan oʻz Shishasi bilan
mashhur boʻlgan. Marv, Nisoda oʻrta
asrlarda Shisha tayyorlovchi ustalarning
doʻkonlari boʻlgan.


Xitoy manbalarida Oʻzbekiston hududidan
Xitoyga borgan ustalarning mil. 424 yilda
shu yerli xalqni shishasozlik sirlari bilan
tanishtirganliklari, shahridan imperator
uchun maxsus taxt yasab berganliklari
haqida maʼlumotlar keltirilgan. Amerika
olimi E. Sheferni "Samarqandning oltin
shaftolilari" nomli kitobida (1881-yil)
Xitoyga Tan Imperiyasi davrida (7—10-
asrlar) Fargʻonadan (675 va 761 yillar),
Toxaristondan (hozirgi Surxondaryo
viloyati) (730 va 741 yillar) va Keshdan
(hozirgi Shahrisabz) (746 yil) qizil va koʻk,
havorang, tiniq va shaffof Shishalar
(xitoycha "boli") va qimmatbaho tabiiy
toshlar singari nur oʻtkazmaydigan rangli
Shishalar (xitoycha "lyuli") olib borilganligi


qayd etilgan. Bu maʼlumotlar ilk oʻrta
asrlarda shishasozlik Oʻzbekiston
hududida yuqori darajada rivojlanganligini
qoʻrsatadi.
Shisha ishlab chiqarish jarayoni xom
ashyo (tabiiy yoki sunʼiy) komponentlarini
tayyorlash, aralashtirish (shixta hosil
qilish), pishirish, Shisha massasini
sovitish, shakl berish, qizdirish va ishlov
berish (termik, kimyoviy va mexanik)dan
iborat. Asosiy xom ashyo sifatida kvars
qumlari, soda, potash, ohaktosh, kaolin,
dala shpatlari, turli oksidlar, yordamchi
materiallar oʻrnida boʻyagichlar (kobalt,
nikel, temir, xrom, mis oksidlari va
boshqalar), oksidlovchilar (natriy yoki


kaliyli selitra va boshqalar) va
qaytaruvchilar (koʻmir, koks, vino toshi,
qalay birikmalari) ishlatiladi.
Shisha sanoatda, asosan, vanna
pechlarida va maxsus xumdonlarda
pishiriladi. Shisha pishirish jarayoni
Shisha massasini suyuqlantirish,
tiniqlashtirish (havo va boshqalar
gazlardan tozalash), gomogenlash va
sovitishni oʻz ichiga oladi. Shisha 1400—
Shishani qayta ishlash mimkinligini anglatuvchi kodli belgi


1450°da pishiriladi, 14601500°da
tiniqlashtiriladi va gomogenizatsiya
qilinadi, 1200— 1300°da sovitiladi.
shahriga shakl berish va undan buyumlar
yasash presslash, puflash, choʻzish va
prokatlash yoʻlibilan amalga oshiriladi.
shahrini 500—600"da (shishalanish
trasidan 20—30° yuqori) astasekin
sovitish yoki sovitish trasidan keskin
sovitish (toblash) yoʻli bilan undagi ichki
kuchlanishlarning bir tekis
taqsimlanishiga erishiladi. Shisha
toblanganda mexanik mustahkamligi
ortadi.
Shisha xalq xoʻjaligida (sanoat inshootlari
qurilishida), Shisha tola va Shisha

Download 0.77 Mb.




Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shisha tarkibi Shisha hosil qiluvchi komponentlar kremniy, bor

Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish