|
ShISha va sitall ishlab chiqarish
|
bet | 1/3 | Sana | 28.05.2024 | Hajmi | 56,34 Kb. | | #255827 |
Bog'liq ShIShA VA SITALL IShLAB ChIQARISh
ShIShA VA SITALL IShLAB ChIQARISh
Inson shisha ishlab chiqarish bilan qadim-qadimdan shug`ullangan. Ma'lumki, eramizdan 3,5 ming yil ilgari Misr ustalari shisha tayyorlashni bilishganlar. Soda, ohaktosh va qum aralashmasini yuqori ( 1400 0S) temperaturaga qizdirish yo`li bilan kaltsiy va natriy silikatlaridan iborat shisha hosil qilinadi:Na2CO3+CaCO3+6SiO2=Na2O•CaO•6SiO2+2CO2
Na2CO3 o`rniga Na2SO4 ishlatish mumkin. U holda unga ko`mir qo`shib qizdiriladi.Na2SO4 +S+SaSO3+6SiO2=Na2O∙CaO∙6SiO2+CO2+SO2Hosil bo`lgan shisha massasida gaz mahsulotlarini batamom chiqarib yuborish kerak. Sodaning bir qismi o`rniga potash K2SO3 qo`shish bilan laboratoriya idishlari tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olinadi. V2O3 va ZnO qo`shib tayyorlangan shisha yuqori sifatli bo`ladi. U ancha barqaror bo`lib, ximiyaviy ta'sirlar va temperaturaning keskin o`zgarishiga chidamlidir. Qum, potash va qo`rg`oshin oksididan xrustal shisha olinadi. Xrustal shisha nurni kuchli sindiradi. Shuning uchun ham u optik buyumlar va xrustal idishlar yasashda ishlatiladi.
Shisha ishlab chiqarish texnologiyasiSodaning bir qismi o`rniga potash K2SO3 qo`shish bilan laboratoriya idishlari tayyorlash uchun ishlatiladigan shisha olinadi. V2O3 va ZnO qo`shib tayyorlangan shisha yuqori sifatli bo`ladi. U ancha barqaror bo`lib, ximiyaviy ta'sirlar va temperaturaning keskin o`zgarishiga chidamlidir. Qum, potash va qo`rg`oshin oksididan xrustal shisha olinadi. Xrustal shisha nurni kuchli sindiradi. Shuning uchun ham u optik buyumlar va xrustal idishlar yasashda ishlatiladi.Shisha tolasining tarkibi 54-55% SiO2, 15-16% CaO, 14-15% Al2O3-Fe2O3, 9-10% B2O3, 4-5% MgO, 0-1% ZnO bo`ladi. Shisha tola g`oyat puxta bo`lib, o`tga va ximiyaviy ta'sirlarga chidamlidir, u elektrni, issiqlikni va tovushni o`tkazmaydi, shuning uchun elektrotexnikada va o`t o`chiruvchilar kiyimi hamda teatr pardalari uchun lozim bo`lgan materiallar olishda ishlatiladi.Toza qumning o`zidan tayyorlanadigan shisha kvarts shishasi deb ataladi. Bu shisha yuqori temperaturaga chidamli bo`lib, uning issiqlikdan kengayish koeffitsenti nihoyatda kichik. U qattiq qizdirilib sovuq suvga botirilganda ham yorilmaydi. Kvarts shishasining yana bir fazilati shundaki, u ultrabinafsha nurlarni yaxshi o`tkazadi. Shuning uchun ham kvarts shisha meditsinada va kinoga olishda ishlatiladigan ultrabinavsha nur beruvchi lampalarni tayyorlashda ishlatiladi.
|
| |