|
Sho‘rsuv sement
|
bet | 1/2 | Sana | 24.01.2024 | Hajmi | 86,4 Kb. | | #144667 |
Bog'liq tezis farpi
“SHO‘RSUV SEMENT” ishlab chiqarish korxonasida elektrostatik chang yutgich qurilmasini boshqarish tizimining blok va prisipial sxemasini yaratish.
Teshaboyev Rivojiddin Ibrohimjon o‘g‘li stajyor o‘qituvchi
Andijon mashinasozlik instituti
Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich boshqarish tizimining blok sxemasiishlab chiqildi. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich boshqarish tizimining blok sxemasi 1.1 – rasmda ko‘rsatilgan. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich boshqarish tizimining blok sxemasi quydgi bloklardan tashkil topgan. Uch fazali transformator -Tr1 va bir xil elektron bloklardan tashkil topgan uch kanali elektron blokalar. Elektron bloklarning xar biri quydagi bloklardan tashkil topgan: komparatorlar – KP1 va KP2, chizikli o‘suvchi kuchlanish generatori – ChO‘KG, differensiallovchi zanjir – DZ va formirovatel – F. Bu yerda mos ravishda 1 – kanal A – fazaning, 2 – kanal V – fazaning, 3- kanal S – fazaning boshqaruv tizimlaridir. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar boshqarish tizimining blok sxemasining xar uchala kanali bir xil prinsipda ishlaydi faqatgina ularning kirish elektr singnallarining fazalar farq i 1200 ni tashkil qiladi. Chunki uch fazali tizimlarda har bir fazalar ya’ni A - faza, V - faza, S - fazalarning orasidagi fazalar farqi ni tashkil qiladi.Shunning uchun uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichlar boshqarish tizimining blok sxemasi ish prinsipini tushuntirishda faqatgini uning birinchi kanali ish prinsipini tushintirish bilan cheklanamiz. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichning boshqarish tizimining blok sxemasini 1 – kanalinii ish prinsipini tushuntiruvchi vaqt diagrammasi 1.3 – rasmda ko‘rsatilgan. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichning boshqarish tizimining blok sxemasi quydagicha ishlaydi. Tarmoqdan kelayotgan uch fazali kuchlanish Tr2 transfomatorda kerakli qiymatga ya’ni 12 voltga tushiriliadi. Tr2 transformator chiqishidan kamaytirilgan kuchlanish boshqarish tizmning mos fazalari kirishlariga beriladi (1.3 – rasm). Bunda A – faza chiqish kuchlanishi boshqarish tizimining 1 – kanaliga beriladi, V – faza chiqish kuchlanishi boshqarish tizimining 2 – kanaliga beriladi, S – faza chiqish kuchlanishi boshqarish tizimining 3 – kanaliga beriladi. Boshqarish tizimining 1 – kanali kirishiga berilayotgan A – fazasi kuchlanishi.
1.2,a – rasmda ko‘rsatilgan. Qiymati 12 volt va formasi sinusoidal bo‘lgan A – faza kuchlanishi birinchi KP1 komparator kirishiga kelib tushadi. Bu kuchlanishning sinusoidal formasi birinchi komparator KP1 yordamida to‘g‘ri burchak shaklidagi impulslar ko‘rinishiga aylantirib beradi (1.2b – rasm). Bu to‘g‘ri burchak shaklidagi impulslar KP1 komparator chiqishidan chiqish kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G ning kirishiga beriladi. To‘g‘ri burchak shaklidagi impulslar formasi chiqish kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G yordamida vaqt bo‘yicha kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan signalga aylantirib beradi. Chiqish kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G ning chiqish kuchlanishi formasi 3.10,s – rasmda ko‘rsatilgan. Kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G ning chiqish kuchlanishi ikkinchi komparator KP2 – ning birinchi ya’ni noinvertrlovchi kirishiga beriladi. Ikkinchi komparator KP2 ning ikkinchi ya’ni invertrlovchi kirishiga boshqariluvchi to‘g‘rilagich chiqish kuchlanishining kamaytirilgan qiymati 12 volt bo‘lgan kuchlanish beriladi. Natijada KP2 komporatorining chiqishida 3.9,d – rasmda ko‘rsatilgan formadagi to‘g‘ri burchaakli impuls shakillanadi. 1.2,d – rasmdan ko‘rinib turibdiki t0 - t1 vqaqt oralig‘ida ikkinchi komparator KP ning chiqish kuchlanishi nolga teng ya’ni U = 0. Chunki komparatorlar shi prinsiplariga asosan ularning chiqish kuchlanishi kirish kuchlanishlarining farqiga bog‘liq. Agar komparator kirish kuchlanishlarining farqi noldan kichik bo‘lsa ya’ni Unk – Uik < 0 komporator chiqish kuchlanishi nolga teng bo‘ladi. Bu yerda Unk – komporatorning noinvertrlovchi kirishiga berilayotgan kuchlanish, Uik – komporatorning invertrlovchi kirishiga berilayotgan kuchlanish. Agar komparator kirish kuchlanishlarining farqi noldan katta bo‘lsa ya’ni Unk – Uik > 0 komporator chiqish kuchlanishi yuqri ya’ni to‘yingan qiymatga teng bo‘ladi . Shunga asosan t0 - t1 vqaqt oralig‘ida Unk – Uik < 0 bo‘lgani uchun KP2 komporatorning chiqish kuchlanishi nolga teng ya’ni U = 0 (1.2,d – rasm). t1 – t2 vqaqt oralig‘ida esa Unk – Uik > 0 shuning uchun KP2 komporatorning chiqish kuchlanishi maksimal qiymatga teng (1.2,d – rasm). Chunki bu yerda Unk chiqish kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G ning chiqish kuchlanishi xisobida, Uik esa boshqariluvchi to‘g‘rilagich chiqish kuchlanishining kamaytirilgan qiymati 12 volt bo‘lgan kuchlanish xisobida.
1.1 – rasm. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich
boshqarish tizimining blok sxemasi
1.2s – rasmdan ko‘rinib turibdiki agar boshqaruvchi kuchlanish Ub – ning qiymati o‘zgaradigan bo‘lsa u holda ikkinchi komporator KP2 ning noinvertrlovchi va invertrlovchi kirishlaridagi kuchlanishlarning tenglashgan vaqt momenti t1 xam o‘zgaradi. Agar Ub – ning qiymati ya’ni amplitudasi oshadigan bo‘lsa ikkinchi komporator KP2 ning noinvertrlovchi va invertrlovchi kirishlaridagi kuchlanishlarning tenglashgan vaqt momenti t1 ning qiymati kamayib t0 vaqt momenti tomon suriladi va t0 - t1 vqaqt oralig‘i kamayadi (3.9,s – rasm).
1.2 – rasm. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich boshqarish tizimining blok sxemasini 1 – kanalinii ish prinsipini tushuntiruvchi vaqt diagrammasi.
Agar Ub – ning qiymati ya’ni amplitudasi kamayadigan bo‘lsa ikkinchi komporator KP2 ning noinvertrlovchi va invertrlovchi kirishlaridagi kuchlanishlarning tenglashgan vaqt momenti t1 ning qiymati ortib t2 vaqt momenti tomon suriladi va t0 - t1 vqaqt oralig‘i ortadi. 1.2,s – rasmdan ko‘rinib turibdiki t0 - t1 = . Shuning uchun agar Ub – ning qiymati ya’ni amplitudasi oshadigan bo‘lsa burchak kamayadi va aksincha agar Ub – ning qiymati ya’ni amplitudasi kamayadigan bo‘lsa burchak ortadi. To‘g‘ri burchakli impuls KP2 komporatori chiqishidan differensiallovchi zanjirga beriladi va uning chiqishida burchakdan so‘ng t1 vaqt momentida 1.2,ye – rasmda ko‘rsatilgandek impuls shvkillanadi, Bu impuls differensiallovchi zanjir chiqishidan formirovatel F – ning kirishiga beriladi. Natijada formirovatel F – ning chiqishida 1.2,j – rasmda ko‘rsatilgandek formada to‘g‘ri burchakli impuls shakillanadi bu esa A – fazasi tiristori T1 ning boshqaruvchi elektrodi BE1 ga beriladi. Natijada A – fazasi tiristori ochilib t1 vaqt momentidan boshlab tok oqib o‘tadi. Bu yerda birinchi komprator KP1 birinchi operatsion kuchaytirgich A1 ga qurilgan, chiqish kuchlanishi chiziqli o‘zgaruvchan bo‘lgan generatori KChO‘G ikkinchi operatsion kuchaytirgich A2 ga qurilgan, ikkinchi komprator KP2 uchunchi operatsion kuchaytirgich A3 ga qurilgan. Differensiallovchi zanjir S1 va R4 rezistoriga qurilgan va formirovatel VT2 – tranzistori va Tr3 transformatori asosida qurilgan.
1.3– rasm. Uch fazali boshqariluvchi to‘g‘rilagichli elektrostatik chang yutgich boshqarish tizimining prinsipial sxemasi.
|
| |