6.3.Bug’ni ikkilamchi qizdirish, regenerativssikli.
Bir necha turbinada yo uning bosqichida ish bajarib bo’lgan bug’ning namligi ortib ketganida, bug’ning parametrlarini rostlash maqsadida, oraliq bug’izdirgichli usul yoki,ikkilamchi bug’ni qizdirishi qo’llaniladi (5.3-rasm).
5.3-rasm. Bug’ni ikkilamchi qizdirish.
Bug’ namligining ortib ketishi turbinani yomon ishlashiga va uning qismlarini tezroq zanglab ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Bu kamchilikni tuzatish maqsadida birinchi turbinada ish bajarib bo’lgan, ammo namligi yuqori bo’lgan bug’aytadan qozon agregatida joylashgan bug’izdirgichda qizdiriladi, uning quruqlik darajasi orttriladi va shu bilan bug’ning ish bajarish parametrlari yaxshilanadi. Bunday turdagi bug’-kuch qurilmasi, asosan bitta o’qda joylashgan ikkita mustaqil bug’ turbinasi, ikkilamchi bug’izdirgichdan tashkil topgan bo’lib, boshqa turdagi bug’-kuch qurilmalaridan qaro’ qiladi.
Bug’-kuch qurilmalarida qo’llaniladigan turbinalar bug’ issiqligidan o’z bosqichlarida foydalanish darajasiga qarab, bug’dagi ishga aylanmasdan qolgan Issiqlik miqdoridan to’laroq foydalanish maqsadida regeneratsiyassikliga ega bo’lgan qurilmalar ham qo’llaniladi. Bunday qurilmalarida bug’ turbasida ish bajarib bo’lgandan so’ng bug’ning ma’lum qismi turubinaning biror bosqichidan ajratilib qozon agregatiga uzatilayotgan yangi sovuq suvni shu ajratilagn bug’ bilan qizdirishda qo’llaniladi.
Bunga regeneratsiyassikli deyiladi. Regeneratsiya - sovitgichga chiqib ketayotgan Issiqlik miqdorini yangitdan uzatilayotgan birlamchi ish moddasiga (suv, suv-bug’ aralashmasi) kiritishdan iborat bo’lgan usul (5.4-rasm).
5.4-rasm. 1-qozon, 2-bug’izdirgich, 3-bug’ turubinasi, 4-elektrogenerator, 5-kondensator, 6-nasos, 7-8-regeneratsiya qurilmalari.
Qurilmaning qismlarida kechadigan termodinamik jarayonlar Renkinssiklidan farq qiladi. SHuning uchun bug’-kuch qurilmasining regeneratsiyassikli usulida suv qozon qurilmasiga oldindan isitib berilganligi sababli qurilmaning termik F.I.K Renkinssiklidan katta bo’ladi.
Demak, sovitgichga chiqariladigan Issiqlik miqdoridan samaraliroq foydalanilganda regenerativ bug’-kuch qurilmasining F.I.K ortadi.
|