Щзбекистон республикаси




Download 0.65 Mb.
bet1/3
Sana30.01.2023
Hajmi0.65 Mb.
#40110
  1   2   3
Bog'liq
15. REAKTIV QUVVAT ISTE‘MOLINI KOMPENSATSIYA QILISH BO‘YICHA QO‘YILGAN TALABLAR. REAKTIV QUVVAT ISTE‘MOLINI KOMPENSATSIYALOVCHI QURILMALARNING QUVVATINI HISOBLASH.
Loyihalash. Komilov X.X, Vohidova U.A

15. REAKTIV QUVVAT ISTE‘MOLINI KOMPENSATSIYA QILISH BO‘YICHA QO‘YILGAN TALABLAR. REAKTIV QUVVAT ISTE‘MOLINI KOMPENSATSIYALOVCHI QURILMALARNING QUVVATINI HISOBLASH.

Bizga ma’lumki, elektr stansiyalardagi generatorlar tomonidan S to‘la quvvat ishlab chiqariladi:



Bu yerda:
R-aktiv quvvat, o‘lchov birligi - kVt (kilovatt).
Aktiv quvvat - foydali ish bajarish uchun ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan quvvatdir.

Q-reaktiv quvvat, o‘lchov birligi - kVar (kilovar).


Reaktiv quvvat - elektromagnit maydonlarni hosil qilish uchun ishlab chiqariladigan va iste’mol qilinadigan quvvatdir.

Elektr tizimida reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari bu - transformatorlar, asinxron dvigatellar, payvandlash qurilmalari va boshqa elektromagnit maydon hosil qilish hisobiga ishlaydigan yuklamalar.


Sanoat korxonalarida reaktiv quvvatning asosiy iste’molchilari asinxron dvigatellar hisoblanadi.
Korxona iste’mol qilayotgan reaktiv quvvatning 65–70%, ularning zimmasiga tushadi, 20–25% transformatorlarga, 10% ga yaqini boshqa elektr qabul qilgichlarga to‘g‘ri keladi.
Sanoat va ishlab chiqarish korxonalarida texnologik jarayonlarda ishtirok etadigan elektr dvigatellar uzoq yillar davomida ma’nan va jismonan eskirishi, bir necha marotaba ta’mirdan chiqarilishi natijasida ularning foydali ish koeffitsienti kamayib boradi.
Bu esa ishlab chiqarilayotgan mahsulot birligi uchun sarflanayotgan elektr aktiv va reaktiv energiyasi miqdorini ortishiga olib keladi.
Reaktiv energiyasini ortiqcha iste’mol qilinishi elektr tarmoqlarida, transformatorlarda, elektr stansiyalarining generatorlarida aktiv quvvatning ortiqcha yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi va butun elektr ta’minoti tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi. Ya’ni mavjud elektr tarmoqlari orqali belgilangan qiymatdan kam miqdorda elektr energiyasi yetkazilib beraladi.
Shu sababli, iste’molchilarda iste’mol qilinayotgan reaktiv energiyani belgilangan qiymatgacha kompensatsiya qilish talab etiladi.





15.1-rasm. Reaktiv quvvatni kompensatsiyalovchi qurilmaning ko‘rinishi.



15.2-rasm. “Tarmoq-hisoblagich-RQKQ-iste’molchi” sxemasi.

Reaktiv energiyasini ortiqcha iste’mol qilinishi elektr tarmoqlarida, transformatorlarda, elektr stansiyalarining generatorlarida aktiv quvvatning ortiqcha yo‘qotishlariga sabab bo‘ladi va butun elektr ta’minoti tizimining o‘tkazuvchanlik qobiliyatini kamaytiradi.


Bu esa o‘z navbatida, o‘rnatilgan generatorlardan tashqari qo‘shimcha ravishda yana generatorlar va transformatorlarni o‘rnatilishini talab etadi.
Ushbu qurilmalar juda katta mablag‘lar hisobiga qo‘shimcha ravishda o‘rnatilgan taqdirda ham ular aktiv energiyani qoplashi mumkin, lekin reaktiv energiya iste’moli ortib borishini oldini olmaydi.
Shu sababli ham reaktiv energiya iste’molini kamaytirish yoki uni o‘rnini qoplash choralari ko‘rilishi zarur.
Reaktiv quvvat iste’molini kamaytirish choralari ikki xil:
1) tabiiy usulda; 2) sun’iy usulda.
Reaktiv quvvatning tabiiy kompensatsiyasi katta moddiy xarajatlarni talab qilmaydi va shu sababli ular korxonada birinchi navbatda o‘tkazilishi kerak.
Misol uchun:
-yuklamalarni fazalar bo‘yicha teng taqsimlash, ayrim sexlar va uchastkalarning tushlik tanaffus vaqtini o‘zgartirish, qurilmalarni yuklamasiz (xolostoy xodda) bexuda ishlashini oldini olish va boshqalar;
-yuklamasi oz bo‘lgan transformator va dvigatellarni kichik quvvatli transformator yoki dvigatellarga almashtirish hamda ularni to‘liq yuklamada ishlashini ta’minlash;
-uzoq yillar davomida ishlab ma’nan va jismonan eskirgan va bir necha marotaba mukammal ta’mirlangan transformator yoki dvigatellarni yangi zamonaviy energiya tejamkor hamda foydali ish koeffitsienti yuqori bo‘lganlariga almashtirish va hk.

Download 0.65 Mb.
  1   2   3




Download 0.65 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Щзбекистон республикаси

Download 0.65 Mb.