|
Signallarga ishlov berishda segmentlash va freymlash
|
bet | 1/4 | Sana | 24.07.2024 | Hajmi | 16,95 Kb. | | #268419 |
Bog'liq Signallarga ishlov berishda segmentlash va freymlash
Nutqni segmentlash - bu so'zlashuv, bo'g'in yoki fonemalar orasidagi chegaralarni aniqlash jarayoni.
Nutq signalining qisqa vaqtli energiyasi va noldan o’tuvchi nuqtalar soni nutq signalining asosiy parametrlari sanaladi. Bizga ma’lumki nutq signalining parametrlari qoida bo’yicha vaqt o’tishi bilan tez o’zgaradi, shuning uchun ham nutq signalini bir-birining ustiga tushmaydigan uzunligi 10-30 ms uzunligida fragmentlarga ajartib ishlov berish odatiy holdir. Nutq signali ushbu oraliqda stasionar holatda deb faraz qilsak, unda nutq signalining qisqa vaqtli energiyasini hisoblash orqali nutq signalidagi jimlik sohalarini olib tashlanadi. Signal energiyasining bo’sag’a qiymatini tanlash algoritmining moslashuvchanligi shundan iboratki, bu qiymatlar fiksirlanmagan. Ular qayta ishlanadigan signal energiyasi qiymatlaridan kelib chiqadi. Bundan tashqari signaldagi shovqin komponentalarini ham hisobga olish zarur. Signaldan jimlik uchaskalarini ajratish davomida ularning davomiyligini (uzunligini) ham hisobga olishmiz zarur. Diskret vaqtda signallarga ishlov berishda, signalning ikkita ketmaket qiymatida turli ishoralar mavjud bo’lsa, noldan o’tish sodir bo’lgan deb tushuniladi. Signalda noldan o’tish chastotasi uning spektral xususiyatlarining eng oddiy belgisi bo’lib xizmat qilishi mumkin. Bu qisqa polosali signallar uchun to’g’ri keladi.
Svyortka – bu funksional tahlil bo’lib, 2 ta signalning ko’paytmasidan uchunchi ularni o’zaro bog’lovchi signalning hosil bo’lishi jarayonidir. Svyortka operatsiyasini bir funksiyaning boshqasining aks ettirilgan va siljigan nusxasi bilan "o'xshashligi" sifatida talqin qilish mumkin. Tasvirlarda svyortkalash - bu yadro og'irligi bilan tasvirning har bir elementini mahalliy qo'shnilariga qo'shish jarayoni.
Korrelyatsiya - bu ikkita signal o'rtasidagi o'xshashlik o'lchovidir. Korrelyatsiya 2 turga bo’linadi:
Avto-korrelyatsiya
Kross-korrelyatsiya
ANALOG SIGNALNI RAQAMLI SIGNALGA AYLANTIRISH VA QAYTA TIKLASH
Signallarni o’zgartirish va qayta ishlash tizimlarda amalga oshiriladi. Signallarni o’rgatirish va qayta ishlov berish tizimlari qurulmalarda yoki kompyuter programmalari yordamida amalga oshiriladi. Tizimlarda xar doim signal kirish va ishlov berilgach chiqishga ega bo’ladi.
S(t)- ta’sir etuvchi yoki qo’zg’atuvchi, y(t) – tizimning javobi yoki reaksiyasi deyiladi. Umumiy ko’rinishda signalni o’zgartirish operasiyasi (signal transformasiyasi) quyidagi ko’rinishda yoziladi:
y(t) = T[s(t)]
Т- tizim operatori bo’lib, s(t) signalni y(t) signalga aylantirish qoidalari to’plamidir.
TIZIM
S(t)
Y(t)
Kirish
Chiqish
|
| |