Transportyorlarning barabani va roliklarning belgilanishi




Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/17
Sana25.03.2024
Hajmi1.07 Mb.
#176930
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
MARUZA Kimyo sanoati va qurilish
1 Amaliy mashg`ulot Matnli hujjatlarni formatlash va taxrirlashn, Misr, algebra-10, Иссиклик техникаси ва иссиклик техник ускуналари
Transportyorlarning barabani va roliklarning belgilanishi. 
Uskunani о‘rnatishdan oldin transportyor о‘qining asosiy nuqtalari
belgilanadi va shu о‘qlarga moslab sim tortiladi.
Moslamaning asosiy burchagining bо‘ylama о‘qi transportyorning bо‘ylama 
о‘qiga perpendikulyar ravishda shunday о‘rnatiladiki, unda staninada tayyorlang 
tarang yoki aylanma barabanning о‘q chizig‘i burchak belgisi bilan mos tushishi 
kerak. 
Dasta yordamida truba moslamaning ignasi sim yonidan о‘tib A va B 
nuqtalariga tegkuncha aylantiriladi. Undan keyin kern bilan transpartyor 
ramasining har tarafiga uskunaning joylashish belgisi qо‘yiladi. Shu kernlarga 
natijada montaj qilinayotgan barabanlarga val о‘qlari о‘rnatiladi. 
Moslama yordamida taqqoslash usuli bilan transportyor ramasiga g‘ildiraklar 
о‘qi keltiriladi. 


16 
Rasm. 3. Beton shaxtali kovshli elivator: 7—ustki qalpoq, 2— pastki qalpoq, 
3—beton shaxta, 
Montajni boshlashdan oldin belgilangan ustki va pastki qalpoq о‘qlarini 
hamda shaxta qavatlararo bostirmalar teshiklari tekshiriladi .Shaxta flanellarini 
zichlash uchun kartondan yoki namatdan (voylok) prokladkalar tayyorlanadi. 
Elevator shaxtali (truba)ni о‘rnatish joyiga berishdan oldin taxtali sо‘ri 
(stelaj)da oldindan sborka (yig‘ish) qilinishi shart. Hamma kamchiliklari bartaraf 
etiladi. Shaxtalar batamom bir qancha tarkibiy qismlarga prokladkali boltlar bilan 
yig‘iladi. Yig‘ilgan 1 seksiyaning uzunligi qavatga balandligiga bog‘liq ravishda 
belgilanadi. Seksiyalarni yig‘ishda montajni osonlashtirish uchun montaj 
qilinadigan stiklarni (uchlar) bostirmalardan, zina maydonlaridan, poldan unchalik 
katta baland bо‘lmagan joyda joylashtiriladi. 
Taxtali 
stelajda 
yana 
oldindan 
zanjirlar, 
kavshlar 
va 
skobalar 
yig‘iladi.Elevatorning ustki va pastki vallari zanjirli roliklar, shkivlar, tishli 


17 
g‘ildiraklar yoki muftalar bilan montaj joyiga yetguncha ular muvozanat saqlagan 
lozim. 
Montaj elivatorning pastki qalpog‘idan boshlanadi. Elevatorning pastki 
qalpog‘i polga yoki fundamentga о‘rnatiladi. Bunda valning о‘qi polda 
belgilangan о‘q bilan mos kelishi kerak. Tekshirish uchun otveslar tushiriladi. 
Qalpoq korpusining о‘qi avvalidan polda belgilangan о‘qqa tо‘g‘ri tushishi lozim. 
Valni urovenga gorizontal о‘rnatish shart. Qalpoqning yon devorlari asoslariga 
temir podkladkalar qо‘yiladi. Keyinchalik qalpoq yig‘ilishi aniqligi tekshiriladi, 
bunda shkiv valga mustaxkam о‘rnatilgan ligi, shkivning kо‘ndalang teksligi 
bashmak devorlariga paralleligi, tortish mexanizmlarining harakati inobatga 
olinadi. Xamma kamchiliklari bartaraf etilib elivator shaxtasining montaji 
boshlanadi. 
Buning uchun elevatorning ustki qalpog‘i о‘rnatiladigan maydondan 
flanetslar chetlaridan pastki qalpoqqacha tо‘rtta otves tushiriladi. Shaxtani yig‘ish 
oldindan tayyorlangan va tekshirilgan seksiyalarda bajariladi. Shaxtani о‘rnatish 
meyoriga kо‘ra egiklar va nuqsonlar yо‘qligi tekshirilib bostirmaga 
maxkamlanadi. Baland qavatlarda elevator shaxtali bir birilari bilan 
mustaxkamlangan bо‘lishi lozim. Ustki qalpoqning staninasi boltlar bilan oldindan 
otves va uroven yordamida belgilangan о‘qlarga fundament yoki bostirmaga 
о‘rnatiladi. Keyin staninaga qalpoq kojuxining (qobiq) pastki qismi о‘rnatiladi. 
Bunda uning flanetslarini elevator shaxtasining pastdan keltirilgan flanetsi bilan 
mujassamlashtiriladi. Podshipnik korpuslari о‘rnatiladi va ularga zanjirli rolik va 
shkivli val qalpog‘lari taxlanadi. О‘rnatishdan oldin valga о‘rnatilgan Hamma 
detallar tekshiriladi, bunda asosiy e’tibor simmetrik о‘rnatilgan zanjirli 
roliklarning shaxta devorlariga nisbatan va kovshlar maxkamlangan skobalar 
orasidagi masofa qaratiladi. Val uzatmalari ustki qalpog‘ini о‘rnatish uroven bilan 
tekshiriladi. Undan tashqari vallar parallel о‘rnatilgan bо‘lishi kerak, aks holda 
tishli g‘ildiraklar hatoliklar natijasida tez yoyiladi. 
Ustki qalpoqni va montajida podshipniklar korpusi va staninaning tagiga 
temir listdan podkladkalar о‘rnatiladi. Podkladkalarni tayyorlashda tayanch 


18 
tekslikning kengligi va ulardan stanina hamda podshipniklarni maxkamlash uchun 
teshiklardan boltlar tushiriladi. Tishli g‘ildiraklarni ilinganligi tekshiriladi, xamma 
noaniqliklar bartaraf etiladi va stanina boltlari va flanets shaxtasidagi boltlar 
batamom tortiladi. 
Ustki va pastki qalpoqning kojux teshiklarida, uning orasidan о‘tadigan vallar 
va stanina boltlariga zichlangan namat halqalari о‘rnatiladi. Bundan keyin elivator 
“polotnosi”ni osishga tushiladi. Arqonlar (kanati) bilan yig‘ilgan va tekshirilgan 
polotno pastki qalpoqdanzanjirli rolikning ustki qalpog‘iga shaxta orqali yuqoriga 
tortiladi. 
Elevator “polotno”si birlashtiriladi, elevator detallari va xamma tugunlarining 
yig‘ma sifati yaxshilab tekshiriladi, axlatlarda tozalanadi, moylanadi va qо‘lbola 
lom yordamida buraladi. Undan keyin uzatma kamari о‘rnatiladi va elevator ishga 
tushirishib kо‘riladi. Barcha nasozliklar bartaraf etiladi. Ustki va pastki 
qalpoqlarga fundament boltini qо‘yishi amalga oshiriladi. Temir biton shaxtali 
elevatorni о‘rnatishga oldindan tayyorlanagan elevator qalpoqlari о‘rnatiladi. Ular 
shunday xisob bilan qilish kerakli kovshlar ilaganda shaxtaning ichki devorlariga 
tegmasligi kerak. 
Reduktor uzatmali elevatorni о‘rnatish quydagicha bо‘ladi: 
Shaxtaning pastki qalpog‘i va kovshli va zanjirli ustki qalpoq montaj qilinadi. 
Oldindan belgilangan joyga fundament boltlar va ularga teshiklar tayyorlangandan 
sо‘ng umumiy fundament plitasiga matorli reduktor о‘rnatiladi. Quydagi 
shartlarga yig‘ishni uchun plitalar tekshiriladi va sozlanadi: 
1) 
Plitaning ustki randalangan tekisligi gorizantal xolda bо‘lishi kerak. 
Bu urovenni pо‘lat lineykaga о‘rnatib har tarafdan tekshiriladi. 
2) 
Elevatorning val о‘qlar va yarim mufta kiyilgan reduktor vallari 1 
gorizontal tekisligiga yetmasligi va burchakda kesishmasligi kerak. 
Sozlash va tekshirish ishlari “Mashinalarni dvigatelga ulash montaji” 
bо‘limiga taqqoslab bajarilishi shart. Elevator va reduktorning yarim muftasining 
tо‘g‘ri о‘rnatilgandan keyin reduktor va matorning fundament plitalari о‘rnatiladi. 


19 
Elevator va reduktorni aloxida qо‘l bilan burab ularni yarimmuftalari boltlar bilan 
tortiladi. 
Motor о‘rnatilib mator va reduktor vallarining о‘qlari taxminan 
sozlanadi.Reduktor va matorning yarimuftalari birlashtiriladi, reduktor va mator 
ustki va pastki qalpog‘i fundament plita va fundament boltlar qо‘yiladi. 
Qavatlararo bostirmaning shaxtalardagi ishlar qilinadi. 
Elevatorni sinovdan о‘tkazishdan oldin xamma podshipniklar kerosin bilan 
yuvilib toza moy bilan tо‘ldiriladi, ustki va pastki qalpoqlarni ushlab turgan boltlar 
tortiladi, butun agregat chang va axlatlardan tozalanadi, elevator qо‘lbola buraladi 
va kovsh shaxta devorlariga tegmayotganligi tekshiriladi. 
Elevatorni yurishini tekshirish uchun oldin matorni bir necha aylanishga 
yoqiladi va kovshlar shaxta devorlariga tegmayotganini nazorat qilinadi. Bu 
jarayon bir necha marta takrorlanadi. Undan keyin elevatorni bir oz vaqtga yoqib 
qо‘yiladi va shu payt ichida -1 tekshiriladi. 
1)Kovshlar shaxta devorlari va qalpoq kojuxlariga tegmayoganligi;
2)Bо‘lak va detallar tebranmaganligi 
3) reduktorda va tishli uzatmalarda shovqin yо‘qligi; 
4) podshipniklardan moy oqmayotganligi va о‘rnatilgan temperaturaga 
turganligi; 
5) kamarli uzatmani normal ishlayotganligi; 
6) elevator “poloton”sini yaxshi tortilganligi; 
7) elevatorning aylanishi soni.
Xamma nosozliklar bartaraf etiladi. 2-4 soat muddat ichida elevatorni 
sinovdan о‘tkazib, uninagruzka bilan ishga tushirish mumkin. 
Tasmali transportyor montaji 
Montajni boshlashdan oldin transportyor о‘qlari belgilari, ularni elivator 
о‘qlariga moslanganligi, bunkerlar oqimi, tegirmonlar va transportyor bilan 
texnologik bog‘liq bо‘lgan boshqa agregatlar tekshiriladi. 


20 
Rasm. 4. Uzatmali stansiya tishli va Rasm. 5. Yig‘ilgan stansiya 
tasmali uzatkichlar bilan. 
Zarur bо‘lgan kerakli miqdorda fundament boltlari, roliklarni maxkamlash 
uchun boltlar va boshqa montaj materiallari tayyorlab qо‘yiladi. 
Uzatmali, aylanmali va tortilgan stansiyalarning podshipniklar о‘rnatishdan 
oldin tozalanadi, kerosin yoki benzin bilan yuviladi, hamma zichliklar, vallar 
bо‘yinlari, moylanadigan xalqalar va b tekshiriladi.Barabanlarning balansirovkasi 
va ularni vallarga mustaxkamlanganligi tekshiriladi. 
Tо‘g‘ri va tarnov roliklari tozalanadi va benzin yoki kerosin bilan yuvilib 
yig‘iladi. Tarnovli roliklar shunday yig‘ish kerakki, unda burchakda tutashgan 
qiya roliklar masofasi gorizontaldagilarga nisbatan 1.5-2 mmdan oshmaslig kerak. 
Barcha tayyorlov ishlari amalga oshirilgandan keyin uzatish stansiyasining 
montaji boshlanadi. Kronshteyn (tayanch) yoki stanina uzatma stansiyasi shunday 
о‘rnatiladi: barabanya’ni uzatma stansiyasi va trasportyorning bо‘limi yoki 
orasidagi burchak 90 ° bо‘lishi lozim.


21 
Rasm. 6. Tarnovli roliklar 
Kranshteynlarni maxkamlab ularga baraban uzatmasi о‘rnatiladi,bunda uning 
о‘rtasi transportyorning bо‘ylamaо‘qi esa ungaperpendikulyar bо‘lishi lozim. Bu 
о‘q chiziqlari va tveslarni tekshiruvchi asbob valning ikki tomoniga tushirilgan 
xolda tekshiriladi.
Tishli uzatkichli uzatish stansiyani о‘rnatishda uzatma vali baraban valiga 
tо‘g‘ri ishlashini ta’minlovchi masofada parallel bо‘lishi kerak. Vallarning 
tekshirilib urovenga mos о‘rnatiladi. Undan keyin podshipniklar korpus boltlari 
tortiladi kranshteyn yoki staninalar sement aralashmasi bilan qо‘yiladi. 
Aralashma qotgandan keyin (5-7 kun) yakunlovchi podshipniklar shabrovkasi 
va yig‘imi qilinadi.
Tarang tortilgan stansiyalari xar xil konstruksiyali bо‘ladi. Shunga muvofiq 
ular polda yoki betonli fundamentda о‘rnatiladi. Ularni о‘rnatishda shartlarga amal 
qilinishi lozim; 1) baraban xarakatlanadi xarakatlangandan bо‘ylama parallel 
о‘qlar transportyorning bо‘ylama о‘qlariga parallel bо‘lishi va u bilan bir xil 
masofada joylashishi kerak. Baraban valining о‘qi transpartyorning bо‘ylama 
о‘qiga perpendikulyar bо‘lish kerak. 
2)Parallellar gorizontal bо‘lishi shart. 


22 
Aylanish stansiyalarning о‘rnatish uzatma stansiyalarining о‘xshash. Hamma 
stansiyalarning о‘rnatilgadan keyin transportyor staninasini montaji boshlanadi. 
Stanina seksiyalari bо‘limlari transportyorning bо‘ylama о‘qiga о‘rnatiladi. 
Bunda kо‘ndalang planka о‘qlari о‘rtasidan tushgan otves bilan sim transportyor 
bо‘ylama о‘qi mos kelishi lozim.
Bunday tekshirishdan keyin polda staninani maxkamlash uchun belgilar 
qо‘yilab ularda boltlar uchun teshiklar ochiladi. Keyin stanina seksiyalari joyiga 
о‘rnatiladi va takroran tekshiriladi va о‘zaro boltlar bilan birlashtiriladi. 
Undan keyin stanina maxkamlovchi boltlar polda о‘rnatilib sement 
aralashmasi bilan quyiladi. Staninalarni yakuniy tekshirishda quyishdan oldin 
tayanchlarni qa’iy ravishda otves bilan о‘rnatiladi, ustki tekslik burchaklari esa 
uroven orqali podkladkalar joylashuvi regulirovkaqilinadi. 
Roliklar о‘rnatiladigan plankalarda lentani regulirovka qilishda roliklar 
xarakatlanishi uchun, oval teshiklar ochiladi. Roliklarni о‘rnatgandan sо‘ng 
lentalarni tortish va kleylashga tushiladi. Transportyorni sinovdan о‘tkazishdan 
oldin xamma boltlar tortiladi,. Podshipniklardagi moylar almashtiriladi, tishli 
g‘ildiraklar moylanadi, lenta kо‘zdan kechiriladi, tranportyor qо‘l bilan buraladi
barabandan lenta kо‘chmaganligi tekshiriladi va tortish stansiyalariga yuklar 
taxlanadi. 
Motorni bir necha aylanishga yoqilib lentaning xarakati nazorat qilinadi.
Nosozliklar bartaraf etilgandan keyin transportyor 2-4 soat mobaynida ishlab 
nazorat qilinib tekshiriladi. 
1) Podshipniklar staninasi ramlarining tebranmayotganligi. 
2) Podshipniklarning qizib ketmayotganligi 
3) Tishli ilgichlarda shovqinning yо‘qligi 
4) Baraban va roliklar kengligi bо‘ylab lentaning xarakati 
5) Baraban uzatmasini aylanishi soni va lentani tezligi
Vintli transportyor montaji 
Vintli iransportyorni о‘rnatishdan oldin montaj uchun kerak bо‘lgan barcha 
asboblar va detallar tayyorlanadi. Chizmaga asosan barcha о‘q chiziqlari belgilari 


23 
tekshiriladi, vintli trans porterni о‘rnatish uchun teshiklar ochiladi. Shnekli 
koritalarda material chiqishi uchun teshiklar qirqilib ularga potrubkalar о‘rnatiladi. 
Podshipniklarni vallar bо‘yinlari bilan birgalikda tekshiriladi, tozalanadi va kerosin 
bilan yuviladi. 
Vintli transportyorningmontaji fundamenttayanchlari bilan koriganing birinchi 
kesimini о‘rnatishdan boshlanadi. Uzatmaga yaqin tayanchga podshipnik 
korpusining asosi maxkamlanadi. Koritaning joylashishi uroven bilan о‘qlar 
chizig‘i orqali tekshiriladi. Ikki planklar о‘rnatilgan lineyka gorizontal bо‘lishi 
kerak. Zarur bо‘lgan da bir tayanchning tagiga temir list quyiladi. Undan 
keyinoxirgilari fundamentga boltlar bilan о‘rnatiladi. Koritaga flanetslari namat 
prokladkalarga boltlar bilan birlashtiriladi, tekshiruvdan keyin tayanchlar yuqorida 
kо‘rsatilgandek fundamentga maxkamlanadi. 
Koritalarning о‘rnatishdagi tekshiruv oldingi xisoblanadi, yakunlovchi esa 
koritaning vintlari va podshipniklari maxkamlangandan keyin amalga oshiriladi. 
Uzatma tomonidan boshlab vintlar bilan vallarni yig‘ish va о‘rnatilishi 
boshlanadi. Vintning birinchi seksiyasi uzatma valining oxiriga о‘rnatilgan koritaga 
taxlanadi. 
Uzatma valining oxiri podshipnikka ulanadi, birlashtiruvchi bо‘yin orasiga 
vkladish qо‘yiladi va boltlar bilan birlashtiriladi. 
Rasm.7. Vintli transporter shkiv uzatmasi bilan: 1- vintli val, 2- podshipniklar, 

Download 1.07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Transportyorlarning barabani va roliklarning belgilanishi

Download 1.07 Mb.
Pdf ko'rish