Simsiz tarmoq fanidan 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15 Labaratoriya ishi




Download 0.62 Mb.
bet9/20
Sana22.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#43121
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Simsiz tarmoq fanidan 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15 Labara
1-2, O`quv amaliyoti Hisoboti, TDA kompleks, 2-Laboratoriya, Лаб №3 Стабилитрон, 1-amaliy, 5-tema, 5-tema, Titullar (2), 1, Tungi lampa, цифровые сотовые системы, 2-Amaliy ish, 49-54 (1)


Ishdan masad


WCDMA mobil aloqa tizimini radioliniyalarining byudjetini o‘rganish


Topshiriq



  1. WCDMA qabul qilgichining sezgirligini hisoblash.

  2. WCDMA tarmog‘idagi maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlarini hisoblash.



8.1. Hisoblash tartibi

WCDMA tizimi radioliniyalarining byudjetini hisoblash masalasi bu trassadagi maksimal yo‘l qo‘yiladigan yo‘qotishlarni baholash hisoblanadi. Yo‘l qo‘yiladigan yo‘qotishlar qiymatini bilish va to‘g‘ri keladigan tarqalish modelidan foydalanish bilan sotaning radiusini hisoblash mumkin.


Radioliniyaning byudjetini hisoblashda antennalarning parametrlari, surishdan yutuqlar, kabellardagi yo‘qotishlar, so‘nishga zahira va boshqalar hisobga olinadi. Hisoblash natijasi trassadagi maksimal ruxsat etiladigan yo‘qotishlar hisoblanadi.
Hisoblashda ishlatiladigan asosiy parametrlar
Eb/N0 bitning o‘rtacha energiyasini shovqinning spektral zichligiga nisbati hisoblanadi. talab qilinadigan Eb/N0 nisbat servisning turi, abonentning harakatlanish tezligi va radiokanalga bog‘liq bo‘ladi.
Qabul qilgich kirishidagi minimal ruxsat etiladigan Eb/N0 qiymat qurilmaning xarakteristikasi hisoblanadi va u turli ishlab chiqaruvchilarning qurilmalari uchun individual bo‘ladi, shuningdek u tuzilishining murakkabligidagi farqlar tufayli bazaviy va mobil stansiyalar qabul qilgichlari uchun turlicha bo‘ladi. Lekin talab qilinadigan Eb/N0 nisbatning qiymati radiokanalning har xil turlari uchun 3GPPspetsifikatsiyalarida aniqlangan. Bu talablar WCDMA BTS qurilmalarining parametrlari hisobga olinishi bilan 8.1-jadvalda keltirilgan.
8.1-jadval
Har xil turlar uchun Eb/N0 qiymatlar

Yuqoriga liniya

Eb/N0, dB

Eb/N0, dB

Eb/N0, dB

Eb/N0, dB

Servis turi
Tezlik

Telefoniya

64 kbit/c

144 kbit/c

384 kbit/c

3 km/soat

4,4

2

1,4

1,7

120 km/soat

5,4

2,9

2,4

2,9

Pastga liniya

Eb/N0,dB

Eb/N0,dB

Eb/N0,dB

Eb/N0,dB

Servis turi
Tezlik

Telefoniya

64 kbit/c

144 kbit/c

384 kbit/c

3 km/soat

7,9

5

4,7

4,8

120 km/soat

7,4

4,5

4.2

4,3

Talab qilinadigan Eb/N0 nisbatning qiymatiquyidagilarga bog‘liq:



  • xizmat turi (uzatish tezligi,BERga talab,BLER, kanalli kodlash usuli);

  • radiokanal (abonentning harakatlanish tezligi, chastota, ko‘p nurlilik);

  • ulanish turi (yumshoq xendover, ajratilgan qabul qilish, quvvatni tezkor boshqarishdan foydalanish).


Download 0.62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Download 0.62 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Simsiz tarmoq fanidan 1-2-3-4-5-6-7-8-9-10-11-12-13-14-15 Labaratoriya ishi

Download 0.62 Mb.