• Dars usuli
  • Darsning qismlari Belgilangan vaqt 1.
  • II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash: Savol-javob orqali mustahkamlanadi. III. Yangi mavzu bayoni
  • IV. Mustahkamlash: 1. Xayot so’ziga ta’rif bering 2.Baxtiyorlik so’zining ma’nosi V. O`quvchilarni baholash
  • Sinf 7“b” Sana




    Download 15.88 Kb.
    Sana23.11.2022
    Hajmi15.88 Kb.
    #31490
    Bog'liq
    9 mavzu
    PULNING YARATILISH TARIXINI BILAMIZMI.111, Mustaqil ishi bosh skeletining yosh xususiyatlari-fayllar.org, Документ Microsoft Word, 1-mavzu


    Sinf

    7“b”

    Sana

    26.10.2022
    Fan: Tarbiya


    Mavzu: Baxtiyor xayotning ustunlari
    Dars maqsadi:
    a) Ta`limiy maqsad: Mavzu haqida bilimlarga ega bo’lish;
    b) Tarbiyaviy maqsad: Yurtga fidokorlik, uni asrash kabi tuyg’ularni shakllantirish;
    c) Rivojlantiruvchi maqsad: Tarbiya bilimlarini shakllantirish.
    Dars usuli: Yangi tushuncha berish, ma’ruza
    Dars jihozi: Darslik, materiallar, doska, bo’r
    Tayanch tushunchalar:
    Din
    Darsning blok sxemasi:



    Darsning qismlari

    Belgilangan vaqt

    1.

    Tashkiliy qism

    3 daqiqa

    2.

    O`tilgan mavzuni takrorlash

    12 daqiqa

    3.

    Yangi mavzu bayoni

    14 daqiqa

    4.

    Mustahkamlash

    12 daqiqa

    5.

    Baholash

    2 daqiqa

    6.

    Uyga vazifa

    2 daqiqa



    Darsning borishi:
    I. Tashkiliy qism:
    a) Davomatni aniqlash;
    b) Dunyo yangiliklarini so’rash;
    c) O’quvchilarni tayyorgarligini tekshirish.


    II. O`tilgan mavzuni mustahkamlash:
    Savol-javob orqali mustahkamlanadi.


    III. Yangi mavzu bayoni:
    Bilim & Tafakkur
    Axborot asrida yashashning ham qulay jihati mavjud. Misol uchun, bilim va yangiliklar endi bizning kaftimizda, ya’ni smartfonimizda. Bir necha asr ilgari Navoiy bobomiz ogoh kishini shoh darajasiga ko‘targan edilar. Boisi bu kishida vaziyatni baholashda muhim bo‘lgan bilim, ma’lumot bor. Elektron qurilmalar ko‘proq o‘qish va ong-idrokni kengaytirish uchun xizmat qilsa, hayot ham yaxshi tomonga o‘zgaradi.
    Hayotda saboq va xulosa chiqarishni, ularga amal qilishni o‘rganing. Aks holda, ular qarshimizdan qayta va qayta chiqaveradilar.

    Ziddiyat & O‘zgarish


    Hayotdagi ziddiyatlar inson fe’l-atvorini sinovdan o‘tkazadi va kezi kelganda unga ta’sir o‘tkazadi. Har qanday sharoitda yomon illatlardan voz kechib, yaxshi odatlarga o‘rganish hayotning muhim tamoyilidir. Hayotning zarbasini fe’ldagi biror "uxlab yotgan" ijobiy xulqni uyg‘otishga yoki biror nuqsonni qulatishga yo‘naltirish yashashning chinakam shartidir.

    Iste’mol madaniyati


    Alisher Navoiyning "Og‘ziga kelganni demoq - nodonning ishi, Oldiga qo‘yganni yemoq - hayvonning ishi" degan hikmatlarini eshitgan bo‘lsangiz kerak. Har kuni og‘zingizdan kirayotgan luqmani hech nazorat qilganmisiz? Unutmang, hamma narsada, jumladan taom iste’molida ham o‘rtachalik yaxshi. Ko‘p iste’mol qilish insonning tafakkur doirasini chegaralaydi, tan sa’y-harakati ovqat hazm qilish bilan band bo‘ladi. Juda kam ovqat tanovul qilish ham sog‘lik uchun zararli.
    Bugun - do‘konlar kimyoviy qo‘shimchalarga boy mahsulotlarga to‘la bir davrda sog‘lom ovqatlanishga alohida e’tibor qiling.Vaqti-vaqti bilan bo‘ladigan ochlik insonning ruhiy-ma’naviy, hissiy va jismoniy holatini tarbiyalashda muhim o‘rin egallaydi.

    Sabr & Qat’iyat


    Hayotda hadeb huzurlanish yoki muntazam mamnun bo‘lish imkonsiz. Boisi, umr mohiyatini baxtiyorlikda emas, mashaqqatlarda anglash mumkinMaqsad qilgach, uning uchun sabr bilan kurashing. Harakatda qat’iy bo‘ling. Tez erishilgan bo‘lsa, muvaffaqiyat sizga tegishli bo‘lmaydi. Uzoq va mashaqqat bilan erishilgan mukofotning qadri ham yuqori bo‘ladi.Eleanor Ruzvelt aytgani kabi, hayotning ma’nosi yashash va yangi kechinmalarga botirlik bilan qo‘l cho‘zishdan iborat.
    Salbiy taassurot qoldirgan kishidan qoching, xosiyatsiz manzilga borishdan tiyiling. Tobora chigallashib borayotgan vaziyatni murosa yo‘li bilan yumshating. Nohaq ekaningizni tan olishdan qo‘rqmang.Eng qiyin paytda ham g‘azabni jilovlashga o‘rganing. Kimdir sizga nohaq yomon gapirsa ham, muloyimlik bilan murojaat qilib, ularni mulzam qiling va tarbiyalang.
    Hayotdan nolish odatidan saqlaning. Boisi, bu kabilardan hamma qochadi va nom-nishonsiz yashaydilar.
    IV. Mustahkamlash:
    1. Xayot so’ziga ta’rif bering?
    2.Baxtiyorlik so’zining ma’nosi?


    V. O`quvchilarni baholash: darsda faol o’quvchilar baholanadi va rag’batlaniriladi.
    VI. Uyga vazifa: 31-33 betdagi mavzuni o’qish, savollarga javob yozish.


    O’qituvchi: Kenjaboyeva M.
    Ko’rildi:__________O’IBDO’ Ozodboyev Bunyod
    Download 15.88 Kb.




    Download 15.88 Kb.