Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja




Download 179.68 Kb.
bet1/3
Sana23.04.2024
Hajmi179.68 Kb.
#205466
  1   2   3
Bog'liq
1-ma’ruza. Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA OʻRTA MAXSUS, mysql (копия), Kompyuter algeb, BTBT, Tabiat-va-Inson ekologiya

1-MA’RUZA.


Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja:
1.Sinxrongeneratorlar va ularning tuzilishi. 2.Sinxrongeneratorlarning nominal parametrlari. 3.Sinxrongeneratorlarning quvvat koeffitsienti. 4.Sinxron kompensatorlarning nominal parametrlari.

  1. Sinxron kompensatorlarning soviitish tizimlari.

  2. Sinxron kompensatorlarning tavsiflari.

Kalit so‘zlar: Turbina, sinxron, asinxron, qozon, chastota, rotor, stator, demfer chulg‘am, sinxron kompensator, aktiv, reaktiv, kuchlanish,crotor, stator.
Hozirgi elektr stansiyalarida elektr energiyasi hosil qilish uchun uch fazali o‘zgaruvchan tok sinxron generatorlari ishlatiladi. Sinxrongeneratorlar (birlamchi dvigateli – bug‘ yoki gaz turbinasi) va gidrogeneratorlar (birlamchi dvigateli - gidroturbina) bo‘ladi. Sinxron elektr mashinalari uchun turg‘un ish rejimida agregatning aylanish soni chastotasi (ayl/daq) bilan tarmoq chastotasi f (Gs) orasida aniq muvofiqlik bor: pfn60(1) bunda r - generator statori chulg‘amlarining juft qutblari soni. Bug‘ va gaz turbinalari aylanish chastotasi katta (3000 va 1500 ayl/dak) qilib chiqariladi, chunki shunda turbogeneratorlar eng yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega bo‘ladi. Odatdagi, yoqilg‘ida ishlaydigan issiqlik elektr stansiyalarida (IEM larda) agregatlarning aylanish chastotasi, odatda, 3000 ayl/dak ni tashkil etadi, sinxron turbogeneratorlarda esa ikkita qutb bo‘ladi. AES da aylanish chastotasi 1500 va 3000 ayl/dak bo‘lgan agregatlar ishlatiladi.

Turbogenetorning qirqmi Turbogeneratorlar tezyurarligi sababli uning konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlari bo‘ladi. Bu generatorlar vali gorizontal

joylashadigan qilib tayyorlanadi. Turbogeneratorning katta mexanik va issiqlik yuklamalarida ishlovchi rotori magnit hamda mexanik xossalari yuqori bo‘lgan maxsus (xrom-nikelli yoki xrom–nikel-molibdenli) po‘latdan tayyorlangan yaxlit pokovkadan yasaladi. Rotorning qutbi aniq bo‘lmaydi. Aylanish chastotasi katta bo‘lganligi uchun, mexanik mustahkamlikni ta’minlash nuqtai nazaridan, rotorning diametri 3000 ayl/dak uchun 1,1-1,2 m dan ortmaydi. Rotor qobiqining uzunligi ham ma’lum chegaraga ega bo‘lib, 6-6,5 m ga teng bo‘ladi. U val statik egilishining ruxsat etiladigan kattaligi va ma’qul titrash xarakteristikasini hosil qilish shartiga ko‘ra aniqlanadi.
Rotorning asosiy magnit oqimi o‘tadigan aktiv qismida qo’zg’atishchulg‘amining g‘altaklari joylanadigan pazlar frezalanadi. Rotorning har ikki tomonidan uning valiga mashinadagi sovituvchi gazning aylanib yurishini ta’minlaydigan ventilyator o‘rnatiladi. Turbogenerator statori korpus va o‘zakdan iborat. Korpus payvandlab tayyorlanadi, tashki (torets) tomonlari shchitlar bilan berkitilib, boshqa qismi bilan tutashgan joylari zichlanadi. Stator o‘zagi qalinligi 0,5 mm li po‘latdan tayyorlangan, izolyasiyalangan listlardan yig‘iladi. Listlar paket ko‘rinishida yig‘ilib ular orasida ventilyasiya kanallari qoldiriladi. O‘zak ichidagi pazlarga uch fazali, odatda, ikki katlamli chulg‘am joylanadi.
Turbogeneratorlarda tinchlantaruvchi chulg‘am vazifasini rotorning massiv qobiqi va pazlarda qo’zg’atish chulg‘amini berkitib turuvchi metall ponalar o‘taydi.
Gidrogeneratorning statori turbogenerator statori konstruksiyasidan prinsipial farq qilmaydi, faqat turbogeneratornikidan farqli o‘laroq, ajraladigan qilib tayyorlanadi. U aylana bo‘ylab teng ikki - olti qismga bo‘linadi, bu esa uni tashishni va montaj qilishni engillashtiradi. Gidravlik turbinalarning aylanish chastotasi, odatda, nisbatan kichik (60 -600 ayl/dak) bo‘ladi. Suv bosimi qanchalik past, turbina quvvati qanchalik kata bo‘lsa, aylanish chastotasi shunchalik kichik bo‘ladi. Gidrogeneratorlar shu sababdan sekin yurar va o‘lchamlari, massasi katta, shuningdek, qutblari soni ko‘p bo‘ladi.
Gidrogeneratorlar ayon kutbli rotorli qilib va vali asosan vertical joylashadigan qilib tayyorlanadi. Qudratli gidrogeneratorlar rotorlarining diametri 14—16 m,
statorlarining diametri esa 20—22 m ga etadi. Qutblarda qo’zg’atish chulg‘amlaridan tashqari dempferlovchi chulg‘am ham joylanadi, u qutblar uchidagi pazlarga joylashtiiladigan va rotor chetiga tutashtiriladigan mis halqa yordamida sterjenlardan hosil qilinadi. Bu chulg‘am agregat rotorining generator yuklamasining keskin o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan har qanday uyg‘otilishida hosil bo‘ladigan tebranishlari tinchlantirish uchun xizmat qiladi.

Download 179.68 Kb.
  1   2   3




Download 179.68 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sinxron generatorlar va sinxron kompensatorlar Reja

Download 179.68 Kb.