|
Sinxron generatorlarni qo‘zg‘atish tizimlari Generator
|
bet | 3/3 | Sana | 27.11.2023 | Hajmi | 6,64 Kb. | | #106576 |
Bog'liq Sinxron generatorlarni qo‘zg‘atish tizimlari Generator-fayllar.orgQo’zg’atish tizimining eng muhim xarakteristikalari quyidagilar bo‘ladi: jadallashtirish: V=0,632(Uf,pot-Uf,nom)/Ut,nomt1 (3-rasmga) bo‘lganda rotor chulg‘amidagi kuchlanishning o‘sish tezligini aniqlovchi tez ishlashi hamda maksimal qo’zg’atish kuchlanishi kattaligining nominal qo’zg’atish kuchlanishiga nisbati - Uf,pot/Uf,nom = kj jadallilik karraligi. Turbogeneratorlar uchun standartga muvofiq kj > 2, qo’zg’atishning o‘sish tezligi esa sekundiga 2 1/s dan kam bo‘lmasligi kerak. Jadallik karraligi kollektorli qo‘zg`atgich generatorning vali bilan tutashtirilganda gidrogeneratorlar uchun 1,8 dan va boshqa qo’zg’atish tizimlari uchun 2 dan kam bo‘lmasligi kerak.
3 - rasm. Jadallashdagi qo’zg’atish kuchlanishining o‘zgarishi
Qo’zg’atish kuchlanishining o‘sish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,5 1/s dan kichik bo‘lmasligi kerak. Qo’zg’atish kuchlanishining o‘sish tezligi 4 MVA quvvatli gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,3 1/s dan, katta quvvatdagi gidrogeneratorlar uchun sekundiga 1,5 1/s dan kichik bo‘lmasligi kerak. Uzoq masofaga elektr uzatish liniyasiga ulangan kuchli gidrogeneratorlarniig qo’zg’atish tizimiga ancha yuqori talab qo‘yiladi (k<3...4, qo’zg’atishning o‘sish tezligi sekundiga10Uf,nom gacha). Rotorning chulg‘ami va bilvosita sovitiluvchi generatorlarning qo’zg’atish tizimi nominal tokka nisbatan 2 marta katta tokka 50 sekund davomida chidashi kerak. Bu vaqt rotorning chulg‘ami bevosita sovitiluvchi generatorlar uchun 20 sekundgacha kamayadi.
http://fayllar.org
http://fayllar.org
|
| |