19
yengillashtirishga qodir lingvistik omillarga bog’liq. Masalan, asliyat tilidagi
so’nggi o’rinda fe’l keluvchi gaplarda so’zlar tartibi diskursni sinxron tarjima
qilish vazifasini og’irlashtiradi. Tarjimaning interpretatsiya nazariyasi sinxron
tarjimani
bir butun sifatida, ya’ni ma’noni yetkazish jarayoniga deterministik
qarashga asoslangan o’z-o’zidan yuzaga keladigan jarayon. Sinxron tarjimaning
pragmatik nazariyasi sinxron tarjimaning ayrim strategiyalari (tarjimada stolling
yoki chiziqlilikni saqlash) tabiiy pragmatik xulosa shakllari
sifatida ishlatilishini
to’liq izohlaydi.
Sinxron tarjima tadqiqotchisi E.Rosh tadqiqotlar natijasida shuni
ta’kidlaydiki, misol uchun “chair” tushunchasining tayanch kategoriyasi xususan
ob’yektdan emas, balki muayyan bir individuum mazkur ob’yekt bilan qanday
o’zaro
harakatlanishi, uni qabul qilishi va undan foydalanishiga bog’liqdir.
Shunday ekan, agar “chair” tushunchasi “o’tirish mumkin bo’lgan biror narsa”
sifatida qabul qilinsa, “furniture” kategoriyasida esa bunday mazkur tushunchani
muayyan individuumn bilan assotsiasiyalanishi mumkin bo’lgan qator yo’q. Shu
tariqa “furniture” mavhumroq ustkategoriya hisoblanadi.
Sinxron tarjimon o’z faoliyatida doim tayanch daraja, ustkategoriya va
ostkategoriyalarni tanlash muammosi bilan duch keladi.
U yoki bu tushunchani
not’g’ri tanlash g’aliz tarjimani keltirib chiqaradi. Masalan, “qadah” so’zini
ko’pincha ingliz tiliga “wine glass” deb tarjima qilishadi. Aslida ham bu haqiqatga
butunlay to’g’ri. Tayanch darajali o’zbek tilidago qatorlarni ko’rib chiqamiz va
ingliz tili bilan solishtiramiz:
idish _______stakan___________qadah
Bu yerda “stakan” tayanch darajaga mansub bo’aldi. Idish – ustkategoriya, qadah –
ostkategoriya. “Fujer” (“qadah”) so’zi Ojyogov lug’atida: “Baland oyoqli katta
bokal”, deb izohlanadi.
Mazkur izohdan ko’rinib turibdiki, “fujer” tushunchasiga “baland oyoq” semasi
kirar ekan. Aynan shunisi bilan qadah oddiy stakandan farq qiladi. Bundan tashqari,
20
“stakan”
tayanch darajaga mansub, shu asnoda “qadah” ostkategoriyaga kiradi.
Bunday o’zaro munosabat ingliz tilidagi “wine” prepozisiyasini qo’llashda ham
o’zgarmaydi.
dishes________(wine) glass________flute
Ushbu misolda ko’rinib turganidek, “fujer” (“qadah”) so’ziga ingliz tilida
ko’proq “flute” so’zi muvofiq keladi. E.Roshning xulosalari va “tayanch daraja”
tushunchasini kiritishi etnobiologiya sohasidagi tadqiqotlarni ildamlatdi.
Sinxron tarjimon oldida turgan muammolardan biri asliyat tilidan tarjima
tiliga nafaqat ustkategoriya
va tayanch darajalarni, balki ostkategoriyalarni ham
to’g’ri yetkazishdan iborat bo’ladi.
Lekin ayrim sabablarga ko’ra buning imkoni bo’lmaganida yagona
konfiguratsiya sifatida qabul qilinadigan tayanch daraja ustkategoriyaning ham,
ostkategoriyaning ham o’rnini bosishi mumkin. Axir sinxron kontekstda “fujer”
so’zini ingliz tilidagi “glass” so’zi bilan berish to’liq o’zini oqlaydi,
bu singari
tarjima unchalik aniq bo’lmasa ham.
Bunga misollarni quyidagi jadvaldan ham ko’rishimiz mumkin.