Sinxron tarjima




Download 390.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/23
Sana23.07.2023
Hajmi390.84 Kb.
#77169
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23
Bog'liq
133 sinxron tarjima masalalari
Qosimov Baxtiyor
 
Mavzu yuzasidan savollar: 
1. Sinxron tarjimada kommunikativ vaziyat nima? 
2. Sinxron tarjimada kommunikativ vaziyatga javob berish lozim bo’lgan savol 
shakllari qanday? 
3. Sinxron tarjima kommunikativ vaziyati unsur va omillari nimalardan iborat? 
 
10- MA’RUZA 
Sinxron tarjimada strategiya. Real sinxron tarjima vaziyatida turli 
strategiyalarning o’zaro munosabati. 
Sinxron tarjima tadqiqotchilarining aksariyati strategiya deganda asliyat 
tilidan tarjima tiliga tarjima qilishda xabarga ishlov berishdagi konferensiya 
tarjimoniga zaruriy ko’nikma yoki ma’lum bir mahoratlarni tushunadilar. 


24 
Sinxron tarjimada strategiya – tarjima vazifalarini amalga oshirish uslubi 
bo’lib, bu ma’ruzachining madaniy va shaxsiy xususiyatlarini, baza darajasini, til 
ustkategoriyalari va ostkategoriyalarini hisobga olgan holda xabar yuboruvchining 
kommunikativ maqsadini asliyat tilidan tarjima tiliga adekvat tarzda yetkazib 
berishdan iborat. 
Mazkur izohdan shuni ko’rish mumkinki, strategiya tushunchasi ham lisoniy, 
ham g’ayrilisoniy omillarni o’zida jamlab, bu omillarning har biri tarjimaning 
ma’lum bir parchasida u yoki bu (yoki bir vaqtda bir necha) uslublar tanlovini shart 
qilishi mumkin. Tajribali tarjimonning strategiya tanlovi ko’pincha avtomatizm 
rejimida amalga oshadi. Bundan tashqari strategiya asliyat tilidan tarjima tiliga 
tarjima qilishda adekvatlik va muqobillikka erishish vositasi bo’lganligi sababli, 
sinxron tarjimon tomonidan bir vaqtning o’zida bir necha strategiyalar qo’llanilishi 
mumkin. Shuningdek, asos sifatida strategiyalardan biri olinib, boshqalari esa 
qo’shimcha bo’lishi mumkin. Masalan, dastlab tanlab olingan uslub istalgan 
natijalarga olib kelmasa, anna shu qo’shimcha strategiya murakkab vaziyatdan 
chiqishning vositasi bo’lib xizmat qilishi mumkin. 
Sinxron tarjima tadqiqotida qarama-qarshi bo’lgan masalalardan biri bu ko’p 
yillardan buyon sinxron tarjima qaysi til juftligida katta qiyinchiliklar mavjudligi 
borasida olib borilayotgan bahslardir. Eng keng tarqalgan 10 ta sinxron tarjima 
tillari (ingliz, nemes, arab, rus, xitoy, fransuz, italyan, yapon, portugal, ispan) 
orasida 3 tasi shunday sintaktik strukturaga egaki, bunda fe’l gapning so’nggida 
keladi. Lekin arab tilida aksincha, fe’lli konstruksiya gapning boshida keladi. 
Ayrim tadqiqochilar tarjimaning qiyinchiliklari til juftliklariga bog’liq emas deb 
hisoblaydilar. Umuman olgan til jamiyati ikki qarama-qarshi maktabga bo’lingan 
bo’lib, ularni shartli ravishda «ikkitarafmaliliklar» va «universalistlar» deb atash 
mumkin. 

Download 390.84 Kb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   23




Download 390.84 Kb.
Pdf ko'rish