• Mavzu yuzasidan savollar
  • : action, inclination, or thought based only on natural  desires and instincts 2




    Download 390.84 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet15/23
    Sana23.07.2023
    Hajmi390.84 Kb.
    #77169
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23
    Bog'liq
    133 sinxron tarjima masalalari
    Qosimov Baxtiyor
    1: action, inclination, or thought based only on natural 
    desires and instincts 2: a theory denying that an event or object has a supernatural 
    significance; specif: the doctrine that scientific laws are adequate to account for all 
    phenomena 3: realism in art or literature; specif: a theory in literature 
    emphasizing scientific observation of life without idealization or the avoidance of 
    the ugly. 
    Bunday hollarda sinxron tarjimonning ishi ko’p jihatdan yozma tarjima 
    faoliyatiga o’xshaydi, faqat shu farq bilanki, sinxron tarjimon juda qat’iy vaqt 
    limiti bilan chegaralangan va u lug’atlardan foydalana olmaydi. Yozma trajimon 
    esa ma’lumot beruvchi adabiyotdan. 
    Ko’pincha 
    ma’ruza 
    bilan 
    oldindan 
    tanishib 
    chiqishning 
    imkoni 
    bo’lmaganida sinxronist uchun ma’lumot manbai sifatida ma’ruzaning keng 
    konteksti xizmat qiladi. Bu tarjimonga sinab ko’rish va xatolar usulini qo’llashga 
    yo’l beradi. Albatta, bu usuldan kamroq foydalangan ma’qul, lekin hech bir 
    shubhasiz bunday strategiya mavjud bo’lish huquqiga ega. 
    Mavzu yuzasidan savollar: 
    1. Sinxron tarjimada sinab ko’rish va xatolar strategiyasining mohiyati nimada? 
    2. Sinxron tarjimada tarjima tilida minimal yo’qotishlar, ularning sabablari nimada? 
    3. Ehtimoliy xato oststrategiyasi va to’g’ri variantning tanlanishi oststrategiyasi 
    tushunchasini tushuntirib bering.
     


    28 
    12-MA’RUZA 
    Sinxron tarjimada kutish strategiyasi xususiyatlari 
    Sinxron tarjimada tarjimon bir vaqtning o’zida bir necha strategiyalardan 
    foydalanadi. Odatda qaror holatga bog’liq holda qabul qilinadi. Bu holatga albatta 
    lingvistik va ekstralingvistik omillar ta’sir ko’rsatadi. Kutish strategiyasi dunyo 
    tarjima amaliyotida ma’noli fe’l gapning so’nggida keluvchi tillardan tarjimalarda 
    tez-tez qo’llanadi. Misol uchun, nemis tilidan yoki golland tilidan sinab ko’rish va 
    xatolar strategiyasidan foydalanish holatida bo’lganida, bu strategiya tarjimonning 
    asosiy vazifasi - to’g’ri qaror qabul qilish uchun ko’proq va kengroq ravishda 
    kontekstga ega bo’lish yoki tanishishdir. Kutish strategiyasi Stolling va Sossisonaj 
    strategiyalari va bir paytda "kutish strategiyasi" bilan ko’rib chiqilishi zarur 
    bo’lgan strategiyalarga yaqin hisoblanadi. Umuman olganda sinxron tarjimada 
    mavjud bo’lgan barcha strategiyalar jamlab yig’ma holda ko’rib chiqilishi kerak. 
    Ba’zida, tarjimonning qaysi bir strategiyani tanlashda umuman kutilmagan omillar 
    ta’sir ko’rsatishi mumkin. Masalan, uning psixologik va shaxsiy sifatlari sinxron 
    tarjimonga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Tarjima kontekstida strategiyalar tarjima 
    muammolarining yagona tuguniga o’ralib birgalikda funksiya bajaradi. 
    Kutish strategiyasi shundan iboratki, bildirilgan fikr, mulohaza ma’nosi 
    mavjud kontekstdan umuman oydin bo’lmasa, unda sinxron tarjimon tekstning 
    qolgan qismini, qaysiki ma’noni oydinlashtiruvchi qolgan qo’shimcha qism-
    komponentlarini ham kutib biroz pauza qiladi. Agar ma’lumot qabul qilayotgan 
    shaxsni biroz vaqtga tarjimasiz qoldirib, noqulay vaziyatga solib qo’ymasa, 
    sinxron tarjimon bir necha sekundga pauza qilib turishi mumkin. Bu strategiyadan 
    foydalanishning eng munosib payti bu haqiqiy, original diskursiya paytidir. Axir, 
    notiqning nutqida ikki gap orasida pauza mavjud bo’lsa, odatda o’sha bo’shliq 
    ma’noni ifodalovchi to’liq gap yoki uning bir qismi bilan to’ldiriladi. Mazmun 
    ifodalovchi gapni aytgandan so’ng, tarjimon asliyat matnining kengroq mazmuniga 
    ega bo’lish uchun pauza qilish imkoniyatiga ega bo’ladi. Bu, qachonki maruzachi 


    29 
    navbatdagi ma’noni ifodlovchi gapni so’zlay boshaganda sodir bo’ladi. Auditoriya 
    psixologik jihatdan bu pauza (bo’shliq)ni to’liq anglamaydi (sezmaydi). Chunki 
    auditoriya diqqat e’tiborini avvalgi segment tarjimasi vaqtida qabul qilingan 
    informatsiyani qayta ishlash (tahlil qilish) bilan band bo’ladi. 
    Bunday taktika faqat pauza unchalik uzoq bo’lmaganda va hammasi bo’lib bir 
    necha sekundlardan iborat bo’lgandagina ma’qullanishi ko’zda tutiladi va bu 
    sekundlar davomida chiqishda yanada kengroq kontekstlar paydo bo’ladi. Aks 
    holda, tarjimonga kamroq afzal ko’riladigan sinab ko’rish va xatolar strategiyasiga 
    murojaat qilishga to’g’ri keladi. Ammo bu strategiyada xatolikka yo’l qo’yish 
    ehtimolligi "kutish strategiyasi"ni foydalanishga qaraganda yuqoriroq. Aslida, 
    umuman sinab ko’rish va xatolar strategiyasi tarjimani qutqarib qolish uchun eng 
    so’nggi chora sifatida foydalaniladi. Xo’sh savol? Pauza qanchalik davomiy 
    bo’lishi kerak? Ya’ni, sinxron tarjimada kutish strategiyasidan foydalanilganda 
    pauzaning davomiyligi qancha bo’lishi kerak? 
    Bir tomondan u tarjimonning to’g’ri qaror qabul qilishi va unda kengroq 
    kontekst bo’lishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Boshqa tomondan ma’lumotni qabul 
    qiluvchi (tinglovchi) qiynalmasligi uchun yetarli darajada qisqa va lo’nda 
    bo’lmog’i darkor. Endi keling o’qituvchilar konferensiyasi tarjimasi va parchasini 
    ko’rib chiqaylik. Bunda "P" uzun pauza, "p" qisqa pauza. 
    I believe that there are three very important needs that must be met in
    Tarjima: / P / Uch narsa mavjud,
    youth in order for them to achieve and find success. I believe that the first
    qaysiki hayotda o’smirlarning o’z o’rnini egallashi uchun zarur bo’lgan. / p / 
    need is affiliation - feelings of worth, belonging... This is a very important
    / p / Birinchisi - bu / P / kollektiv hissi,
    need.
    ya’niki siz kimgadir kerakliginggiz tuyg’usi. O’smirga buni sezish juda 
    zarur. 


    30 
    Ushbu parchada, affiliation tushunchasini tarjima qilishda ko’proq kontekstga 
    ega bo’lish uchun sinxron tarjimon unchalik uzun bo’lmagan pauza qildi. "P" 
    davomiyligi jihatdan 3,5 sekundgagina tenglashadi, bu esa tinglovchining 
    tushunchani asliyat tilini qabul qilishiga hech qanday amaliy ta’sir ko’rsatmaydi. 
    Bunday pauza oddiygina anglanmaydi, bu orada esa u tarjimonga so’lzovchi 
    nutqining asosiy ma’nosini kengroq hajmda tushunishida eng muhim rolni 
    o’ynaydi. Xuddi shunday chiqish Rossiya Federatsiyasi O’rta maxsus ta’lim 
    vazirligi tomonidan o’tkazilga bishqa shunga o’xshash konferensiyada amalga 
    oshiriligan. Bu safar, boshqa tarjimon qatnashdi va u tarjimada hech qanday pauza 
    qilmadi va ma’noni ifodalovchi gaplarni amalda ma’ruzachining nutqi bilan 
    birgalikda tarjima qila boshladi. U deyarli ma’ruzachidan ortda qolmadi va bu 
    taxminan bir sekundlardan iborat bo’ldi, qaysiki qoidaga ko’ra nutqning buzib 
    ko’rsatilishiga olib kelishi mumkin bo’lgan.
    Sinxron tarjimonning ma’ruzachidan ortda qolishi davomiyligiga ko’ra 
    farqlanishimumkin. Shubhasiz, ko’p narsa sinxronistning operativ xotirasiga, qabul 
    qilingan informatsiyani bir necha sekund davomida ushlab turish qobiliyatiga va 
    bir paytda o’z diqqat e’tiborini yangi segment analizida jamlashga bo’lgan 
    qobiliyatlariga bog’liq bo’ladi. Biroq baribir ma’lumotni asliyat tilidan tarjima 
    tiliga eng munosib uzatilishi uchun yetarlicha konteksning mavjudligi asosiy rolni 
    o’ynaydi. Tekshiruvlar shuni ko’rsatadiki, buning uchun tarjimon ma’ruzachini 
    biroz oldinga qo’yib yuborishi zarur. Bu kabi ortda qolishlik ikki sekunddan to’rt 
    sekundgacha bo’lishi mumkin. Gerver tarjimonning ma’ruzachidan ortda qolishi 
    davomiyligini lug’aviy birliklarda o’lchab ko’rishga urinib ko’rdi. Biroq shunday 
    qarorga keldiki, ya’ni sinxron tarjima jarayonida tarjimon "sinxron qaytarish"dan 
    ko’ra ma’ruzachini yanada oldinga qo’yib yuboradi, shuningdek o’zining keyingi 
    tekshiruvlarida shuni e’tirof etdiki, so’zlar va bo’g’inlar soni ortda qolishda 


    31 
    ahamiyatli rolni o’ynamaydi, chunki asosiysi tarjimon tarjima variantini tanlashda 
    nimaga tayanayotganligidir. 
    Ko’plab tekshiruvchilar tarjima tilida sinxron tarjimon samarali tarjimaga ega 
    bo’lishi uchun nutqning optimal tezligini aniqlashga uringanlar. Ushbu masala 
    o’zlarining tajriba tekshiruvlarida ko’plab qiziqarli natijalarga erishgan G.V. 
    Chernov va A.F.Shiriyayev ishlarida ham tekshirilgan. Ma’lumki, misol uchun bir 
    minutda notiq ikki yuz ellikdan ortiq bo’g’in ishlatsa, amalda sinxronistlar uni 
    quvib yeta olmaydi va o’yindan chiqadilar. O’rta hisobda sinxronist ma’ruzachini 
    o’zidan ikki-to’rt soniyagacha qo’yib yuborish kerak, to’qqiz sekunddan ortiq 
    ortda qolish esa xavfli bo’lib, bunda tarjimon va ma’ruzachini bog’lab turgan aloqa 
    yo’qoladi. Kimki ma’ruzachini bir sekundga o’zidan uzoqlashtirmasa, u jiddiy 
    xatolikka yo’l qo’yadi. 
    Agar sinxronist nutqning ikki-uch so’zini eshitiboq tarjimaga kirishsa, u o’sha 
    yerning o’zidayoq nochor holga tushadi va beo’xshov sintaktik va grammatik xato 
    konstruksiyalarni tuzadi. Qanchalik sinxronist gapni tugashigacha sabr qilsa, 
    shunchalik unda aniq va chiroyli tarjima chiqadi va unga o’zini to’g’irlashga hojat 
    qolmaydi. Tajribali, professional, nutqning birinchi sekundlaridan og’zaki 
    ma’lumotni eslab qolish, tushinib olish va hatto qanday talaffuz qilishgacha 
    ta’riflab olishda foydalanadi. Quyida o’qituvchilar konferensiyasi tarjimasi va 
    originaldan nusxa keltiramiz. Bunda tarjimonning ma’ruzachidan ortda qolishi bir-
    ikki sekundni tashkil etdi va ko’proq kontekstga ega bo’lish uchun pauza qilinmadi.
    I believe that there are three very important needs that must be met in
    Shunday hisoblaymanki, uch zaruriy narsa mavjud, qaysiki
    youth in order for them to achieve and find succes. 
    ishtirokchilar muvaffaqiyat hissini tuyishni boshlashlariga yetishish uchun 
    zarur. 
    I believe that the first need is affiliation. 
    Birinchi ehtiyoj – birga ishtirok etish hissi. 


    32 
    Youth must have a feeling of belonging and must experience friendliness 
    and warmth. 
    Yoshlar o’zlarining biror-bir jaomaga mansubligini va o’zlariga nisbatan 
    do’stona munosabat va iliqlikni tuyishlari kerak. 
    The second need is achievement. Youth must experience success. 
    Ikkinchi extiyoj bu yutuq. Inson omad hissini tuyishi kerak. 
    The third need that youth have is influence. 
    Yoshlarning uchinchi extiyoj bu – boshqalarga va o’zlariga ta’sir o’tkazish 
    xususiyatiga ega bo’lish. 
    Youth must feel they have some control over their lives and can impact the 
    lives of others. 
    Yosh o’zining hayotini nazorat qilayotganligi va boshqalarning ham 
    hayotiga ta’sir qilishi mumkiligini his etishi kerak. 
    Keltirilgan misolda biz tarjimonning bir qator amaliy xatoliklar va stilistik 
    buzilishlarga yo’l qo’yganini, birinchi misolda esa tarjimon kengroq kontekstga 
    ega bo’lishi uchun bir necha pauza qilgan va yaxshi tarjimaga erisha olgan. 
    Haqiqatdan ham "affilation" kabi tushunchalarni kontekstni to’liq tushunmadan 
    tarjima qilishning iloji yo’q, shuning uchun kutish strategayasi o’zini bunday 
    hollarda oqlaydi. Ya’ni qachonki, dokladda qiyin tushunch paydo bo’lganda, 
    tarjimon notiqni nima demoqchiligini oxirigacha kutib, fahmlab olishi darkor.
    Yana bir kutish strategayisidan foydalanishning o’ziga xosligi u iloji boricha 
    tarjimonning ma’ruzachini ko’proq oldinga qo’yib yuborishidir. Bu air - voice span 
    deb ham ataladi. Butun bir tekst borayotgan jarayonda tarjimonning ma’ruzachidan 
    ortda qolishi kutish strategiyasining tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarjimonning 
    ma’ruzachidan ortda qolishi (TMO) bo’yicha o’tkazilgan tekshiruvlar har xil 
    natijalar bergan. Xo’sh, TMO Panet fikricha, nutq va tarjima o’rtasida ikki 
    sekunddan to’rt sekundgacha vaqt bo’lishi lozim. Oleronova va Nanpen o’tkazgan 
    kuzatuvlar natijasiga ko’ra esa bu oraliq yana olti sekundga oshdi va bu ikkidan 


    33 
    o’n sekundgacha bo’lgan oraliqni tashkil etishi kerak edi. Olimlar tasdiqlaydiki, 
    tarjimani boslash uchun va to’g’ri gap chiqarish uchun tarjimonga ma’lum 
    miqdordagi ma’lumotga ega bo’lishi kerak. Qaysiki, ko’p faktorlarga bog’liq 
    bo’lgan. Misol uchun, kalit so’zlar va birinchi o’rinda fe’lni. Xulosa aniq. Sinxron 
    tarjima alohida so’zlarning talabga mosligi darajasi bilan emas, bali nutqning 
    ma’nosiga qarab amalga oshadi. Ya’ni bunda alohida ma’noviy birliklar ularni 
    qo’llaganda umuman boshqa ma’no bilan to’ldiririladi. Gerver (1969) TMOni 
    tarjimon va ma’ruzachi orasidagi oraliq vaqt davomiylini o’lchashga urinib 
    ko’rgan va shu xulosa keldiki, sinxron tarjimada tarjimonning ma’ruzachidan ortda 
    qolishi 
    davomiyli 
    sinxron 
    takrorlanishdan 
    ko’proq. 
    O’zining 
    so’nggi 
    tekshiruvlarida Gerver shuni e’tirof etdiki, gapda so’zlar miqdori va bo’g’inlar 
    miqdori tarjimaga aloqasizdir. 
    Aytishlaricha, o’n sekundgacha bo’lgan oraliq ham tinglovchini tarjimaning 
    yo’qligidan noqulaylikka tushurish darajasida uzoq oraliq emas. Bu vaqtda bu 
    oraliq tinglovchiga tarjima qilingan gapni yanada chuqur tushini olishi uchun 
    yetarli hisoblanadi. Buning aksi tarzida tarjima tez bo’lsa, yaxshigina xatoliklarga 
    olib kelishi mumkin. Shunday qilib, kutish strategiyasi quyidagi holatlarda 
    foydalaniladi, qachonki ma’ruzachi tomonidan biror qiyin tushunchaga aniqlik 
    kiritilayotganda. Pauza tarjimada tarjimon biron qiyin tushunchaning ma’nosini 
    olishi uchun yetarli darajada uzoqroq va tinglovchini tarjima mavjud emasligidan 
    noqulaylikka solmaslik uchun yetarlicha kattaroq bo’lishi darkor. 

    Download 390.84 Kb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   23




    Download 390.84 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    : action, inclination, or thought based only on natural  desires and instincts 2

    Download 390.84 Kb.
    Pdf ko'rish