4
Sinxron tarjimaning bahosi ketma-ket tarjimaga
nisbatan ancha baland
bo’lib, bu narhga sinxron tarjimonlar xizmati to’lovi va maxsus jihozning
ijara to’lovi kiradi.
Tadbirning tematikasini bir xilda yaxshi biluvchi minimum 2-3 nafar
sinxron tarjimonlarni jalb etish kerak bo’ladi.
Sinxron tarjimada yuqori darajada ma’lumotni yo’qotish va oz darajada
ma’lumotning tinglovchiga yetib borishi kuzatiladi.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. Sinxron tarjima nima?
2. “Sinxron tarjima masalalari” fanining predmeti nima?
3. “Sinxron tarjima masalalari” fanining maqsadi nima?
4. “Sinxron tarjima masalalari” fanining vazifalari nimalardan iborat?
5. Sinxron tarjima sistemasi qanday tarkibiy qismlardan tashkil topgan?
6. Sinxron tarjimaning afzallik va kamchiliklari nimada?
2-MA’RUZA
Sinxron tarjimaning rivojlanish tarixi. Sinxron tarjimadan foydalanish
ko’lamining kengayishi va uning nazariy asoslari.
Sinxron tarjima tadqiqoti amaliy tilshunoslikdagi boshqa tadqiqotlardan ayro
holda olib borilgan. Buning sababi ko’pgina tillarning
va turli vaziyatlarning
mavjudligidan kelib chiqqan metodologik muammolar hisoblanadi. Bundan
tashqari bu tillarni o’rgatishning va og’zaki nutq ko’nikmalariga ega bo’lishning
yangi metodlariga muxtoj amaliy tilshunoslikning yirik bozori bilan solishtirganda
oz miqdordagi foydalanuvchilar uchun zarur tadqiqotlar natijalarining amaliy
qo’llanilishi bilan ta’minlangan. Tarjima faoliyati bo’yicha dastlabki atroflicha
o’rganilgan ishlar mazkur sohadagi mutaxassislarni
tayyorlash uchun nazariy
poydevor yaratishga uringan professional tarjimonlar qalami ostida yaratilgan.
Lekin sinxron tarjima tahlilini amalga oshirishga ilk urinishlardan so’ng ellik
5
yillardan oshgan bo’lsada, ilmiy doiralar mazkur jarayonning qay bir tadqiqot
paradigmasi munosibroqligiga aloqador konsensusdan ancha olisda. Sinxron
tarjimaning noyob sifatlari tufayli uni tadqiq etishdek
murakkab vazifa bilan
to’qnash kelgan amaliyotchi olimlar ko’plab turli nazariy fikrlarni berishga majbur
bo’lganlar. Birinchidan, dastlabki ishlarda sinxron tarjimani mavjud modellarga
nisbatan qo’llashga urg’u berilgan. Ayniqsa tarjima bilan ishni qo’shimcha
murakkablashtirishda
tinglash
va
gapirish
jarayonini
muvaffaqiyatli
sinxronlashtirish imkoniyati ko’rilgan. Ikkinchidan, tillar o’rtasidagi semantic va
struktur tafovitlarni juda yaxshi bulivchi tilshunos
va tarjimonlar muhitida
diskursning bir lahzali, aniq tarjimasining imkoniyligi ta’kidlangan. Bir vaqtning
o’zida sinxron tarjima og’zaki nutqqa hos, uni yozma
nutqdan ajratib turuvchi
hamda lingvistik tadqiqotga muxtoj tafovutlarni ochib berdi. Sinxron tarjima
tadqiqoti an’anaviy ikki yo’nalishdan ketgan. Tarjima amaliyotchilari va
o’qituvchilari asos sifatida parij maktabi tarjimaning interpretasion nazariyasiga
aylangan me’yoriy ijtimoiy-pragmatik yondashuvni olgan.
2-Jahon Urushi yakunlangach 1946 yili
Germaniyada uyushtirilgan
Nyurnberg xalqaro Xarbiy Sud fashistlarning jinoyatini sudlash jarayonida ilk
marotaba sinxron tarjimadan foydalanilgan. Bu butun dunyoda birinchi marta katta
ko’lamdagi xalqaro tadbirda sinxron tarjimani qo’llash hisoblanadi.
Ikkinchi Jahon urushidan so’ng ko’plab xalqaro tashkilotlarning paydo
bo’lishi omilkor til vositachiligiga nisbatan kutilmagan talabning yuzaga kelishiga
olib keldi. Ayrim mualliflarning fikricha, sinxron tarjimani qo’llash
haqidagi
fikrning ilk marotaba bildirilganida tanqidchilar uning maqbulligiga shubha nazari
bilan qaradilar. Lekin sinxron tarjima imkoniyatlarining namoyishidan so’ng
darhol sinxron tarjimonlarni tayyorlash bo’yicha dasturlar ishlab chiqildi. Birinchi
amaliyotchilarga esa professional va akademik mezonlarni o’rnatishlariga to’g’ri
keldi. Ilk bosqichda chop etilgan alohida qo’llanmalar hozirga qadar klassik
namuna bo’lib qoladi (Rozan 1956, Herbert 1965). Ammo tarjomonlarning o’zlari
6
va sinxron tajimadan foydalanishni davom etganlardan tashqari ko’pchilik sinxron
tarjima qilishning imkoniyligiga ishonchsizlik bilan qaraydilar. D.Seleskovich va
sinxron tarjimaning boshqa pionerlari o’sha paytda ustun turgan nutq
madaniyatining tili va nazariyasidagi strikturalizm va bixeviorizm nazariyalarining
sinxron tarjimaga nisbatan xatar deb ko’rdilar. Ular
nafaqat yaxshi tarjimaning
imkoniyligi, balki uning maqbul qo’llanilishi tilni tushunish tabiati yangi olamini
to’ldirganini isbotladilar. Mazkur tarjimaning interpretativ nazariyasi bilan
shug’ullanuvchi hamfikr nazariyotchilar guruhi o’zlarining tajriba va kuzatuvlariga
asoslanib tarjimonlarni tayyorlash bo’yicha nazariy asos va prinsiplar ishlab
chiqdilar.