7
3. Oldindan tarjima qilingan matnni sinxron o’qish. Sinxron tarjimon notiqning
nutqi ketidan avvaldan tayyorlab qo’yilgan matnni o’qib boradi. Joiz
o’rinlarda agar notiq nutqi chog’ida dastlabki matndan chetlashsa,
kerakli
tuzatishlar kiritadi.
Sinxron tarjimaning hususiyatlari.
Sinxron tarjima tarjima usulining bir turi sifatida uning eng katta o’ziga xos
xususiyati yuqori samaralilikdan iborat bo’lib, asl matn nutqi va tarjima nutqi
o’rtasida oraliq vaqt o’rtacha 3-4 soniyani tashkil etadi. Eng ko’pi bilan esa 10
soniyagacha yetadi. Shuning uchun notiqning beto’xtov nutq so’zlashi kafolatlanib,
notiqning fikr-mulohazasiga chetdan hech qanday ta’sir bo’lmaydi va nutqidan
to’xtamaydi. Bu esa tinglovchilarning nutqni butunligicha
tushunib yetishlariga
imkon beradi. Shu sababli sinxron tarjima hozirda dunyoda odatiy udumga kirgan
tarjima usuliga aylanib bo’lgan. Bugungi kunda dunyoda 95% xalqaro yig’ilish,
konferensiyalarda sinxron tarjimadan foydalaniladi.
Shuning bilan birga sinxron
tarjima juda katta ilmiylik va mutaxassislik xususiyatiga ega va u odatda rasmiy
xalqaro konferensiyalarda foydalanilganligi sababli
sinxron tarjimaga nihoyatda
yuqori talablar qo’yiladi.