9
b) Sinxronistning umumiy va maxsus lug’atini qura
oluvchi yetarlicha asos
beruvchi umumiy bilimlarga ega bo’lishi kerak. Bu oldindan berilgan xujjat va
ma’ruzalarning berilishi sharoitida konkret tematika yuzasidan tushunchaga ega
bo’lish va tarjima qilish uchun zarur.
c) Sinxron tarjimonning xabarga ishlov berish ko’nikmasi, yoki strategiyalari, yoki
qobiliyatlariga ega bo’lish.
Sinxron tarjima faoliyati og’zaki tarjima ishining eng yuqori cho’qqisi
hisoblanadi. Shuning uchun sinxron tarjimonlarning tayyorgarligiga juda baland
talablar qo’yiladi. Ular quyidagi qobiliyatlarga ega bo’lishlari kerak bo’ladi:
1. Chet tili va o’z ona tilida erkin gapira olish;
2. Grammatik va fonetik jihatdan yaxshi talaffuzli nutq;
3. Ikki tilda ham chuqur so’z boyligi;
4. Turg’un konstruksiya va klishelar fondini yaxshi
bilish va ularni tezkorlik
bilan topa olish;
5. Ona tiliga ham, chet tiliga ham grammatik jihatdan to’g’ri tarjima qila olish;
6. Reaksiyaning tezligi;
7. Yaxshi operativ xotira;
8.
Diqqatni jamlay olish;
9. Aqliy va jismoniy chidamlilik;
10. Guruh bo’lib ishlay olish;
11. Ensiklopedik bilimlarga ega bo’lish kabilar sinxron tarjimondan talab
etiladi.
Sinxron tarjima faoliyatining shiori “faqat muvaffaqiyat, xatolikka esa yo’l
yo’q” bo’lib, konferensiyal chog’ida yo’l qo’yiladigan xato, anglashmovchiliklarni
nazorat qiladigan bir tashkilot mavjud emas. Odatda
konferensiya yakunlangach,
tashkillashtiruvchi tashkilot, majlis raisi, ekspertlar, delegasiyalarning bari sinxron
tarjimon ishiga minnatdorchilik bildiradilar. Agarda tarjimonning ishi juda soz
bajarilgan bo’lsa, ular olqishlab maqtov yog’diradilar, ayrimlari esa kelasi safar
10
ham ular bilan hamkorlik qilishga taklif etadilar. Agar sinxron tarjima o’ta nochor
olib borilgan bo’lsa, konferensiya zalida shu onda turli reaksiyalar, ya’ni
tinglovchilarning
oyoq depsinishlari, yo’talishlari, so’zlab o’tirishlari kabi
o’ng’aysiz xolatlarni kuzatish mumkin bo’ladi.
Sinxron tarjima jarayonida kichik-kichik unsurlarni ham nazardan chetda
qoldirib bo’lmaydi. Tarjima kabinkasidagi mikrofon o’ta ta’sirchan bo’lganligi
sababli kabinkadagi harakatlar tovushi juda ohista bo’lishi darkor. Hatto kitobni
sahifalash, ayol tarjimonning taqib olgan katta sirg’alarining sekin tovushi ham
tinglovchilarning qu’log’iga katta shovqin bo’lib boradi.
Jahonda sinxron tarjimonlarni akkreditasiyadan o’tkazuvchi
bir qator
xalqaro tashkilotlar mavjud. Shulardan Xalqaro Sinxron Tarjimonlar Assosiasiyasi
(International Association of Consultant Interpreters – IACI) 1953 yili tashkil
topgan bo’lib, IACIning a’zolari mavqei konferensiya tarjimonlarining eng yuqori
professional sifatida keng tan olingan. IACIga a’zo bo’lish uchun hech qanday
imtihonning zarurati yo’q. Buning uchun to’liq bir ish kunlik konferensiyalarda
og’zaki tarjimon sifatida ikki yillik stajga ega bo’lishi,
tarjima mutaxassisligi
bo’yicha oliy o’quv yurtining magistrlik diplomiga ega bo’lishi kerak. Bundan
tashqari kafolatlash uchun 5 yildan ortiq yuqori malakaga ega 3 tadan ziyod a’zo
tarjimon zarur bo’ladi. Kafolatlovchi shaxs a’zolikka talabgor tarjimon bilan bir
guruhda ishlagan bo’lishi kerak.
Yevropa Ittifoqi Tarjimonlik va Konferensiya Xizmati (European
Commission Joint Interpreting and Conference Service - JICS) Belgiyaning
poytaxti Bryusselda tashkil etilgan. Tarjimonlarni tanlov tartibi quyidagicha: avval
har bir viloyatdan eng yaxshilari
tanlanib tavsiya etiladi, bu tanlovda ishtirok
etuvchi og’zaki tarjimonlar 25 dan 30 yoshgacha bo’lishi, 3 yillik ish tajribasi
hamda ingliz tili mutaxassisligi bakalavrdan yuqori ma’lumotga ega bo’lishi talab
etiladi. Dastlabki sinov, imtihonning ikkinchi turi va suhbatdan o’tishi
kerak
bo’ladi.
11
Aslini olganda, dunyoda eng yirik og’zaki tarjimonlar komandasi BMTda
emas, balki Yevropa Ittifoqi Qo’mitasidadir. Qo’mitaning og’zaki tarjimonlar bosh
idorasininb yollagan sinxron tarjimonlari soni 500 taga yaqin. Yevropa
Ittifoqining Qo’mitasi ayniqsa tilning sifati, uning ravonligiga e’tibor beradi.