12
Sinxron tarjima bozorining kengayish tendensiyasi o’sib bormoqda. Bu
bozorga ishchi doiralar tomonidan “pul yetishmaydi emas, balki odam
yetishmaydi” deb sifat beradilar. Sinxron tarjima kadrlari butun dunyodagi kamyob
kadrlar qatoriga kiradi. Yana shuningdek, kadr tayyorlashning ham eng mushkul
sohalaridan biridir. Butun dunyoda professional kadrlar soni jami 2000 dan ziyodni
tashkil qiladi.
Garchi, hozirda ingliz tili keng ommalaviylashib bo’lgan bo’lsada, lekin asl
“sinxronist” bo’luvchi iste’dodlar juda ham oz. Ingliz, fransuz,
rus tillaridan
boshqa barcha “kichik tillar”dan sinxron tarjimonlarni esa uchratish amrimahol.
Xalqaro udumdagi, savdo-sotiq, texnika, siyosat singari turli sohalardan bilimga
ega professional sinxron tarjimonlar esa bo’shliq singaridir.
Sinxron tarjimonning daromadi “oy” bo’yicha hisoblanadigan “oylik
maoshi” bo’lmay, balki maoshning birligi “kun”, aniqroq aytadigan bo’lsak, “soat”,
“daqiqa” birligi bilan o’lchanadi. Ish vaqti 8 soat hisoblanib,
odatda konferensiya
boshlanishidan 4 soat o’tsa yarim ish kuni hisoblanadi.
Misol tariqasida XXR sinxron tarjimonlarining preyskurantini oladigan
bo’lsak, ingliz tili tipi bir kuniga 12000-21000 yuan, ingliz tilidan boshqa tillar tipi
bir kuniga 18000 yuan narhida baholanadi. Odatda sinxron tarjimonlar 2-3 kishilik
guruhda almashib ishlaydilar. Yuqorida ko’rsatilga narh – bu bitta guruhning bir
kunlik tarjima bahosidir. Shu sababli buyurtmachi guruhdagi tarjimonlarning qay
tarzda ish va dam olish vaqtini bo’lishtirishlariga aralashishga hech qanday huquqi
yo’q. Shundan kelib chiqib XXRda sinxron tarjimonning daromadi bir kunda eng
kamida 4000 yuanni tashkil qilar ekan. Rossiyada esa sinxron tarjima xizmati bir
soati uchun 4000-7000 rubl yoki to’liq bir ish kuni uchun 20000-30000 rublni
tashkil etadi.
Talabning kattaligi tufayli kerakli miqdorda sinxronistlarni
topish va ularni
bron qilib qo’yishning har doim ham imkoni yo’q. Bundan tashqari sinhronistlar
orasida sinab ko’rilmagan hamkasblarning buyurtmasiga darhol kirishish odati
13
yo’q. Lekin bunday vaziyatda boshqa sinxronistlarning tavsiyanomasiga ko’ra
buyurtmachi bilan hamkorlik qilishlari ham mumkin.
“Sinxron tarjima faoliyati shuqadar murakkab va xizmati izchil tarjimaga
nisbatan shuqadar qimmat ekan, nima sababdan
bu tarjima faoliyatidan
foydalanadilar?” degan savol tug’iladi. Bunga javoban, sinxron tarjima vaqtni
tejaydi, deyishimiz mumkin. Izchil tarjimada har qanday ma’ruza-chiqishning
vaqti kamida ikki baravarga o’sadi. Shunday ekan, konferensiya o’tkazish uchun
joy ijarasi, mehmonlarning yashashi va ovqatlanishi
uchun ketadigan ortiqcha
kunning harajati buyurtmachi uchun yanada qimmatga tushadi.