• Bajardi: S. G’ulomov
  • Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning




    Download 211.22 Kb.
    bet1/10
    Sana03.05.2023
    Hajmi211.22 Kb.
    #56123
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    Rangni tasvirlovchi modellar
    6 Mavzu, Hozirgi vaqtda viruslarni yo, 1-kitobcha, Scan 05 fev 23 18·22·46, 63a15003dce33, 9-May Xotira va qadrlash kuni ssenari, 0cebfd74-7700-4866-a0b6-19ddde94e95d (1), УЧЕНИЕ О РАЗВИТИИ, 5- sinf I variant, 1701399, mustaqil talim 2, 1.Yuzi, fishka

    “ TIQXMMI” MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETINING QARSHI IRRIGATSIYA VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI


    Sirtqi bo’lim
    Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti
    222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning
    Ekologiya
    fanidan tayyorlagan


    Bajardi: S. G’ulomov


    Qabulqildi: H. Davlatov

    Qarshi 2022 yil.

    Mavzu


    Rangni tasvirlovchi modellar

    Reja:



    1. Ranglarning tabiati



    1. Rang o‘lchamlari



    1. Ranglarning farqlanishi

    Dastlab «Handcolored» (qo‘lda bo‘yalgan) kartalar nashr qilinishi boshlanganda kartalarda rangli tasvirlar ko‘rina bosh- ladi. Shunday bo‘lsada, XIX asrda rangli kartalarni katta hajm- da ishlab chiqish imkoni yo‘q edi. Hattoki XX asrda ham rang- li kartalar qimmatbaho hisoblanib, faqatgina yirik loyihalarda va atlaslarni yaratishda qo‘llanilgan. Jurnal, gazetalar yoki bosh- qa materiallarda kartalar oq-qora ranglarda tasvirlangan. Hozir- gi kunda kompyuterlar, rangli monitorlar va rangli printerlarning yaratilishi hisobiga rangli kartalar keng tarqala boshladi. Buning natijasida har qanday kartografiya sohasiga yaqin kishilar ham kartalarda ranglardan foydalanish ko‘nikmalariga ega bo‘lishdi.


    Ranglar kuchli vizual effektlarni tasvirlaydi. Bu esa kartaning har xil elementlarini o‘qishda, kartadan foydalanuvchilarning e’ti- borini qaratishga yordam beradi. Ranglarni loyihalash ishlarini bajarish, moslashuvchanlikni (o‘zgarishni) ta’minlaydi; u yerning shaklini farqlashda, quruqlik bilan suvni farqlashda hamda kate- goriyalarga ajratishda ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, yo‘llar va temiryo‘llar qurilishi, qishloq va shahar yo‘llari, o‘sim- lik turlari. Ranglardan kategoriyalarni iyerarxiyalarga ajratishda foydalaniladi. Bunday holatlarda kategoriyalar va iyerarxiyalarni oq-qora rangdagi kartalarda ham tasvirlash mumkin, lekin rang turlarining ko‘pligi bu karta dizaynining imkoniyatlariga sezilar- li ta’sir qiladi.
    Odatda ranglardan foydalanish xohishga qarab amalga oshiri- ladi, lekin bu kartograflar uchun karta dizaynining eng yirik muammolaridan biri hisoblanadi. Rang tipografiya (nashr qi- lish) sifatida eng ko‘p tanqid qilinadigan jihat hisoblanadi. Odat- da kartadan foydalanuvchilar ranglar yordamida o‘zlariga yoqadi- gan va yoqmaydigan elementlarni aniqlashtiradilar.
    Oq-qora rangdagi kartalarni loyihalashtirishdan ko‘ra rangli kartalarni loyihalashtirish murakkab jarayon hisoblanadi. Bu ja- rayonda (rangli kartalarni loyihalashtirishda) kartadagi voqea va hodisalarni va elementlarni ranglar bilan tasvirlashda ularning (ranglarning) uyg‘unlashuvini, bir-biridan farqlanishini, bosh- qa ranglar bilan mosligini e’tiborga olish lozim. Ranglarni ro‘y- xatdan o‘tkazish (taqqoslash) nashr qilinadigan kartalar uchun muammo tug‘dirishi mumkin va badiiy asarlarni tayyorlashda murakkabliklarga olib kelishi mumkin.
    Biz «ranglar» haqida so‘zlaganimizda ko‘zimiz va miyamiz- dagi reaksiyalar ta’sirida elektromagnit spektrining bir bo‘lagiga murojaat qilamiz (4.1-jadval).
    Elektromagnit to‘lqinlarining spektri bu hamma energiyaning yorug‘lik tezligida harakatlanishidir. U o‘zida radio to‘lqinlarni, rengen nurlarini, infraqizil to‘lqinlarni, ultrabinafsha to‘lqin- larni, mikroto‘lqinlarni hamda biz ko‘radigan spektr oralig‘ida- gi ranglarni mujassamlaydi. Elektromagnit spektrining kichkina bo‘lagini inson ko‘zi ko‘rish imkoniyatiga ega. Bu bo‘lak ko‘ri- nadigan spektr deb nomlanadi va o‘zida 0,4 dan 0,7 mikrometr (mkm) to‘lqin uzunligiga teng energiyani tarqatadi (mikrometr- ning milliondan bir bo‘lagini tashkil etadi). 0,45 mkm diapazon- dan boshlanadigan rangli to‘lqinlarda ko‘k rang hamda 0,65 mkm uzunlikda qizil rang paydo bo‘ladi. Agarda rang manbayi ushbu to‘lqin uzunliklarining barchasini tarqatsa, unda oq rang paydo bo‘ladi.
    Quyoshdan keladigan nurda barcha to‘lqin uzunliklari mavjud bo‘lib, agarda ushbu nurlar osmondan tushayotgan yomg‘ir tom- chilarida sinsa, unda bizga ko‘rinadigan eng qisqa to‘lqin uzun- liklarining qaysi tartibda joylashishini ko‘rishimiz mumkin, ya’ni binafsha rang, to‘q ko‘k rang, ko‘k, yashil, sariq, to‘q sariq va qi- zil (4.2-jadval).
    Bir xil jilodagi yashil, qizil va ko‘k nur birlashishi natijasida oq nur hosil bo‘ladi. Modomiki ushbu uch xildagi (yashil, qizil va ko‘k ranglar) to‘lqin uzunliklarini har xil birlashtirishi natijasida inson ko‘ziga ko‘rinadigan barcha ranglarni yoki oq rangni ishlab chiqishimiz mumkin va buni praymeriz deb atashadi.


    Download 211.22 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 211.22 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sirtqi bo’lim Yer kadastri va yerdan foydalanish fakulteti 222-guruh talabasi G’ulomov Sarvarning

    Download 211.22 Kb.