|
-mavzu: Informatika fanining o‘quv-metodik ta’minoti. Elektron o‘quv-metodik ta’minoti va uning turlari
|
bet | 8/61 | Sana | 02.02.2024 | Hajmi | 313,96 Kb. | | #150561 |
Bog'liq Siz informatika va axborot texnologiyalarini fani ta’lim tizimig-fayllar.org (1)3.2.1.3-mavzu: Informatika fanining o‘quv-metodik ta’minoti. Elektron o‘quv-metodik ta’minoti va uning turlari.
Bu mavzuda siz o’quv-metodik ta’minot. Informatika fanining o‘quv-metodik ta’minoti. O‘quv-metodik ta’minotining yangi avlodi. Elektron o‘quv-metodik ta’minoti va uning turlari haqida tushunchalarga ega bo’lasiz.
Bugungi kunda butun dunyoda axborot texnologiyalari keng ko’lamda rivojlanmoqda. Shubhasiz, ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan maqsadli foydalanishni yo’lga qo’yish zarurdir. Zamonaviy jamiyat axborot uzatish hajmi va tezligi jihatidan chegaralanmagan butunjahon axborot tarmog’idan faol foydalanishi bilan harakterlanadi. Multmediya va Internet texnologiyalarining paydo bo’lishi va keng tarqalishi AKT ni muloqot, tarbiya, jahon hamjamiyatiga kirib borish vositasida ishlatish imkonini beradi.
Bugungi kunda barcha sohalar kabi o’quv jarayonini ham kompyuter va axborot texnologiyalarisiz tasavvur etish qiyin. Bu esa kompyuter va axborot texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish barcha masalalarning yechimini hal qiladi, ya’ni axborotlarni uzatish va qayta ishlash- bu bilim, malaka va ko’nikmalarni to’liq shakllantirishni kafolatlaydi degani emas, chunki bularning barchasi faqatgina o’qitishning samarali qo’shimcha vositalaridan biri bo’lib hisoblanadi xolos.
Ana shuning uchun ham zamonaviy axborot-texnologiyalardan ta’lim tizimida foydalanish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’rganish ob’ekti sifatida, ya’ni talabalar bilim olish jarayonida yangi axborot texnologiyalar, shu jumladan kompyuter, multimediya, masofadan o’qitish, Internet texnologiyalari va ularning tarkibiy qismlari hamda foydalanish sohalari bo’yicha umumiy tushuncha va malakalarga ega bo’ladilar;
axborot-kommunikatsion texnologiyalar o’qitish vositasi sifatida, ya’ni zamonoviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida talabalarga bilim beriladi, ya’ni umumta’lim hamda mutaxassislik fanlarini o’qitishda axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalaniladi. Ma’ruza, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlari kompyuterlarning zamonaviy dasturiy vositalari asosida tashkil etiladi, shu bilan birga fanlararo integratsiya amalga oshiriladi;
ta’lim jarayonini boshqarish vositasi sifatida, ya’ni ta’lim muassasasining o’quv, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-tatqiqot ishlari faoliyati samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsion texnologiyalar asosida axborotlashtirish, tahlil va bashorat qilish tizimini yaratish hamda uni amaliyotga jalb etish.
|
| |