Skanner turlari Boshqa turdagi kompyuter skanerlari




Download 223,65 Kb.
bet1/3
Sana10.02.2024
Hajmi223,65 Kb.
#154235
  1   2   3
Bog'liq
30-Mavzu


Mavzu: Skannerlarning vazifasi tiplari, ishlash prinsipi, texnik xaraktiristikasi.
Reja:

  1. Skanner turlari

  2. Boshqa turdagi kompyuter skanerlari

Skanerlarning turlari
Dastaki Skanerlarning tuzulishi juda oddiydir: ular qo’l bilan tasvir bo’ylab siljitiladi. Ular yordamida bir marta o’tishda tasvir satrlarining ozgina miqdori kiritiladi (ularning qamrab olishi odatda 105 mm dan oshmaydi). Dastaki skanerlarda qayd qiluvchi chiroq bo’lib, u skanerlashning ruxsat еtiladigan tezligi oshganligini operatorga bildirib turadi. Bu skanerlar kichik o’lchamli va past narxdadir. Skanerlash tezligi 5—50 mm/s (o’tkazish qobiliyatiga bog’liq).
Masalan, Mustek GS-400L — oq-qora nim rangli, CG-8400T—rangli.
Planshetli skanerlar еng ko’p tarqalgan; ularda skanerlovchi kallak asl nusxaga nisbatan avtomatik siljiydi; ular ham varaqli, ham risolalangan (broshyuralangan) hujjatlarni (kitoblarni) skanerlash imkonini beradi. Skanerlash tezligi: bir betga (A4 O’lchamli) 2—10 sekund.
Masalan, rangli skanerlar: Mustek Paragon 1200, Epson ES 1200, HP Scan Jet 5 S va R, HP Scan Jet 11CX.
Katta formatdagi hujjatlar bilan ishlaydigan skanerlar orasida Agfa firmasining ommaviy skanerlarini, masalan, Agfa Argus II ni ko’rsatib o’tish kerak, u 600 x 1200 dpi fizik o’tkazish qobiliyatiga (Ultra View 2400×2400 dpi interpolyaciyalovchi texnologiyani ishlatgandagi mantiqiy o’tkazish) еga, 4096 rang tuslarini uzatadi, tasvirni 7—9 marta masshtablaydi.
Rolikli skanerlar еng avtomatlashtirilgandir; ularda asl nusxa skanerlovchi kallakka nisbatan avtomatik siljiydi, ko’pincha hujjatlar avtomatik beriladi, lekin skanerlanadigan hujjatlar faqat varaqli.
Misol: Mustek SF-63 skaneri, tezligi bir betga 10 sekund.
Proekciey skanerlar tashqi ko’rinishdan fotokattalashtirgichni еslatadi,lekin pastda skanerlanadigan hujjat yotadi, yuqorida еsa skanerlovchi kallak joylashadi. Skaner malumotli hujjatni optik yo’l bilan skanerlaydi va olingan ma’lumotni fayl ko’rinishda kompyuter xotirasiga kiritadi.
Slayd-skanerlar ham tuzulish jihatdan turlicha bo’ladi: planshetli, barabanli, proekciey va b. SHaffof asl nusxa 35 mm dan 300 mm gacha chiziqli o’lchamli to’g’ri to’rtburchak tomonlari ko’rinishiga еga. Tavsiflari bo’yicha slayd-skanerlar еng yuqori sifatlidir: ularning o’tkazish qobiliyati odatda 2000 dan 5000 dpi gacha oraliqda yotadi.

Download 223,65 Kb.
  1   2   3




Download 223,65 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Skanner turlari Boshqa turdagi kompyuter skanerlari

Download 223,65 Kb.