|
-§. Shtatlar jadvalini tuzish
|
bet | 8/13 | Sana | 05.12.2023 | Hajmi | 52,27 Kb. | | #111919 |
Bog'liq Smeta tuzish. Reja4-§. Shtatlar jadvalini tuzish
40. Shtatlar jadvali rejalashtirilayotgan yilning 1-yanvar holatiga har bir tashkilot bo‘yicha alohida holda, ularning tuzilmaviy bo‘linmalari kesimida mazkur tashkilot uchun o‘rnatilgan mehnatga haq to‘lash shartlariga muvofiq ravishda, ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda tuziladi.
Shtatlar jadvaliga kiritiladigan lavozimlar nomlari va ma’muriy-boshqaruv, o‘quv-yordamchi va yordamchi (xizmat ko‘rsatuvchi va texnik) xodimlarining soni, xodimlar va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha ularning razryadlari (bazaviy stavkalari) quyidagilarga muvofiq bo‘lishi shart:
belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvalida va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlarda (bazaviy stavkalarda) nazarda tutilgan lavozimlarga;
xodimlarning umumiy birliklari doirasiga va boshqaruv xizmatchilarining xodimlar birliklariga;
tashkilotlar turlari bo‘yicha belgilangan tartibda tasdiqlangan namunaviy shtatlar jadvallariga;
davlat boshqaruv organlarida xodimlar toifalarining me’yoriy nisbatlarini Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining boshqaruv, xizmat ko‘rsatuvchi va texnik xodimlari lavozimlarining nomenklaturasi (ro‘yxat raqami 1288, 2003-yil 9-dekabr) (O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralarining me’yoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 23-son) bilan muvofiqligiga.
Alohida tashkilotlar uchun tasdiqlangan shtatlar me’yorlari (namunaviy shtatlar) va mehnatga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar (bazaviy stavkalar) mavjud bo‘lmaganda, ushbu tashkilotlarning shtatlar jadvaliga kiritilayotgan lavozimlar, ishchilar soni va ularning mehnatiga haq to‘lash bo‘yicha razryadlar (bazaviy stavkalar) mazkur tashkilotlar tomonidan mustaqil ravishda tashkilotning xususiyatlari va haqiqiy ehtiyojdan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligi yoki ularning hududiy bo‘linmalari bilan kelishilgan holda aniqlanadi.
(40-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
41. Ish haqini hisob-kitobi tarifikatsiya ro‘yxatiga muvofiq amalga oshiriladigan lavozimlar shtatlar jadvaliga stavkalar soni, lavozimlarning har bir guruhi bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan ustamalar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda oylik mehnatga haq to‘lash jamg‘armasini ko‘rsatgan holda kiritiladi.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
42. Shtatlar jadvalida, shuningdek, yakun bo‘yicha alohida qatorda mehnatga haq to‘lash shartlarida nazarda tutilgan mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi va yil bo‘yicha hisob-kitoblar natijasida ustamalar to‘lashga, qo‘shimchalar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar ko‘rsatiladi, masalan:
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasiga nisbatan 15 foiz miqdorda shakllanadigan Budjet tashkilotlari va muassasalarini moddiy rag‘batlantirish maxsus jamg‘armasi (tibbiyot muassasalari va barcha tipdagi umumta’lim maktablari bundan mustasno);
uzoq yillik mehnati uchun bir martalik rag‘batlantirishni to‘lash, moddiy yordam ko‘rsatish, mukofotlash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
mehnat ta’tilidagi shaxslarning o‘rnini bosuvchi xodimlarning mehnatiga haq to‘lash uchun mehnatga haq to‘lash jamg‘armasi;
umumta’lim muassasalari, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining direktor jamg‘armasi va boshqalar.
|
| |