Sohadagi yangiliklar haqida matn




Download 46,63 Kb.
Pdf ko'rish
Sana16.05.2024
Hajmi46,63 Kb.
#237875
Bog'liq
soxadagi yangiliklar



SOHADAGI YANGILIKLAR HAQIDA MATN
REJA:
I. Kirish .
IT sohasida katta o'zgarishlar
II. Asosiy qism .
1.IT park - axborot texnologiyalari
2. IT sohasining taraqqiyoti
3. IT park yoshlarga cheksiz imkoniyatlar
III. Xulosa
Uzbek Coders loyihasi
Bugungi maqolamda sizlarga yurtimizda IT sohasining kelajakdagi
taraqqiyoti va hozirgi kunda unga bo'lgan talab mavzusi borasida bilganlarimni
so'zlab bermoqchiman .
Agar siz e'tibor berayotgan bo'lsangiz so'nggi paytlarda yurtimizda dasturchilik
sohasiga doir ko'plab ko'zga ko'ringan ajoyib yangiliklar , loyihalar va tanlovlar
ishlab chiqilmoqda . Dasturchilik bu"kelajak" kasbi ekanligini deyarli
barchamiz bilib oldik . Biz axir axborot texnologiyalari asrida yashab
kelmoqdamiz .
IT sohasida katta o'zgarishlar bo'lmoqda , asosiy maqsad esa yangi malakali
mutaxassislarni yetishtirib chiqarishdir(kelajakda aynan shunday
mutaxasislardan biri siz bo'lishingiz mumkin

)
Dasturchilik sohasining taraqqiyoti uchun ko'plab ko'zga ko'rinadigan
ajoyib ishlar davom etmoqda Yurtimizning ko'pgina viloyatlarida IT park tashkil e'tilib
kelinmoqda
.Ma'lumki ,ko'pchilik IT park haqidagi tushunchaga ega emaslar. Chunki
axborot texnologiyalari sohasidagi bu kabi ibora biz kabi barcha yoshlar ,
jumladan tengdoshlarim uchun ham ajoyib yangilik bo'ldi . Men
o'ylaymanki, bundan keyin IT park yurtimizning hamma joylarida tashkil
etiladi va uning mohiyati yanada takomillashib borgani sari IT sohasiga


qiziquvchilar uchun keng ma'lumotlar eshigini ochadi !!! Shuningdek , IT
park - dasturlashga qiziquvchilar va bu soha vakillariga juda ham katta
imkoniyat bera oladi deb ayta olaman .
Nega aynan IT park , uni bizga qanday foydali jihati bor ?
IT park - axborot texnologiyalariga doir loyihalarni o'z ichiga olgan innovatsion
maskan .
IT sohasini butun dunyo mamlakatlari sharoiti talab etmoqda . Ayni
paytda IT sohasisiz mamlakatning taraqqiyotini belgilab bo'lmaydi , albatta !!!
Men aniq ayta olamanki , IT parkga o'xshash loyihalar yurtimizni rivojlangan
davlatlar qatorida ko'rish imkoniyatini beradi .
IT parkning yana bir foydali jihati shuki,kelajakda o'z sohasining yetuk
mutaxassislarini yetishtirish bilan birgalikda , bilim,ko'nikma,malaka , kuchli
tafakkurga ega barcha qiziquvchilarni kashf eta oladi .
Aytgancha ,o'yinlarga qiziquvchilar uchun maxsus mashg'ulot��� : ular IT
parkda kibersport bo'yicha o'zlariga kerakli maslahatlarni olishlari mumkin .
IT parkda hali ko'plab tanlovlar o'tkazilishi ham ko'zda tutilgan .
IT park yoshlarga cheksiz imkoniyatlar eshigini ochib bera oladi !!!���
IT sohasining taraqqiyoti borasida olib borilayotgan ishlar qatorida Uzbek
Coders loyihasini o'rni beqiyosdir !!!
Uzbek Coders loyihasi ham kelajakda IT sohasidagi malakali kadrlarni
yetishtirib chiqarishda katta ko'mak bera oladi deb ayta olaman . Chunki bu
loyiha tufayli men va tengdoshlarim ,qolaversa barcha yoshlar mutlaqo bepul
kurslarda tahsil olmoqdalar !!! Bizdan talab etilayotgan vazifa - faqatgina qunt
bilan o'rganish , kuniga kamida 2 soat vaqt ajratib bilimlarni o'zlashtirishdan
iboratdir !!! Bunday imkoniyat menimcha boshqalarni ham quvontirgan bo'lsa
kerak . Bu kursni o'rganish davomida biz boshlang'ich bilimlarga ega bo'lamiz.
So'ng yakuniy imtihonda yuqori natija olib,yanada chuqurlashtirilgan kurslarni
o'rganishimiz mumkin. Chuqurlashtirilgan kurslarni o'rganganimizdan so'ng, biz
ancha bilimlarga ega bo'lgan holda o'zimizning loyihalarimizni yaratishimiz


mumkin .Siz ham bu imkoniyatdan foydalaning , hali ham kech emas ro'yxatdan
o'ting .Boshlang'ich bilimlarni qunt bilan o'rgansangiz 2 hafta mobaynida
mukammal o'zlashtira olasiz, deb aniq ayta olaman !!!
NUTQ USLUBLARI
1. So’zlashuv uslubi
2. Ilmiy uslub
3. Rasmiy-idoraviy uslub
4. Ommabop (publitsistik) uslub
5. Badiiy uslub
Uslubiyat tilshunoslik fanining bir bo’limi bo’lib, nutq jarayonida til
hodisalarining maqsadga, sharoitga va muhitga mos ravishda foydalanish
qonuniyatlari bilan tanishtiradi. Uslubiyatda uslublar, til vositalarining nutqda
qo’llanish yo’llari, fonеtik, lug’aviy, frazеologik va grammatik birliklarning
qo’llanish xususiyatlari o’rganiladi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma'lum bir sohada qo’llanadigan ko’rinishi
adabiy til uslubi dеyiladi.
O’zbеk adabiy tilida quyidagi asosiy nutq uslublari bor.
1. So’zlashuv uslubi
Kеng qo’llanadigan uslublardan biri so’zlashuv uslubidir. Bu uslubda ko’pincha
adabiy til mе'yorlariga rioya qilinadi. So’zlashuv uslubidagi nutq ko’pincha
dialogik shaklda bo’ladi. Ikki yoki undan ortiq shaxsning luqmasi dan tuzilgan
nutq dialogik nutq dеyiladi.
So’zlashuv uslubida ko’pincha turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik
vositalar, tovushlarning tushib qolishi, orttirilishi mumkin: Obbo, hamma ishni
do’ndiribsiz-da. Mazza qildik. Kеtaqo-o-ol!
So’zlashuv uslubida gapdagi so’zlar tartibi ancha erkin bo’ladi. Ko’proq sodda
gaplar, to’liqsiz gaplar, undalmali gaplardan foydalaniladi. Oilada, ko‘cha –
ko‘yda kishilarning fikr almashish jarayonoda qo‘llanadigan nutq uslubi
so‘zlashuv uslubi deyiladi. So‘zlashuv uslubiy adabiy va oddiy so‘zlashuv


uslublarini o‘z ichiga oladi. Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan
so‘zlashuv uslubi adabiy so‘zlashuv uslubi, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan
so‘zlashuv uslubi esa oddiy so‘zlashuv uslubidir. So‘zlashuv uslubining har ikki
turi ko‘pincha dialog shaklida ro‘yobga chiqadi. Bu uslubda so‘zlar odatda
kinoya, piching, qochirmalarga boy bo‘ladi. So‘zlashuv uslubining yana bir
o‘ziga xos xususiyati erkinligidir. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo‘lib, ko‘pincha
so‘z – daplar, to‘liqsiz gaplar, maqol va matallar hamda iboralardan keng
foydalaniladi. Umumxalq tili ma’lum bir xalqning so‘zlashuv tilidir. Adabiy til
esa ma’lum bir til qoidalari asosida tuzilgan, ishlangan, sayqal berilgan tildir.
Umumxalq tili kengroq hajmda bo‘lib, u sheva va lahjalar, kasb-hunarga oid
so‘zlar, atamalar, jargonlar, ma’lum toifa (biror ijtimoiy guruh) ga oid so‘zlarni
ham o‘z ichiga oladi. Bu xil tilda nutq erkin bo‘lib, til qoidalariga asoslanilmaydi.
Faqat muayyan bir hududga xos ayrim belgilarni o‘zida namoyon qilgan til
shakli sheva hisoblanadi. Bir qancha shevalar yig‘indisi lahja deyiladi. Sheva va
lahjalar ma’lum bir hududda yashovchi aholining mahalliy so‘zlashuv tilidir
(masalan, Toshkent shevasi, Farg‘ona shevasi kabi).
2. Ilmiy uslub
Fan-tеxnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda
yoziladi. Ilmiy uslub aniq ma'lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar
(qoidalar, ta'riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi: Yomg’ir -
suyuq tomchi holidagi atmosfеra yog’ini. Tomchining diamеtri 0,5-0,6 mm
bo’ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos ilmiy atamalaridan foydalaniladi, bu
uslubda so’zlar o’z ma'nosida qo’llanadi, qoida yoki ta'rifning mazmunini
ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’zlar, kirish birikmalar,
shuningdеk, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
3. Rasmiy-idoraviy uslub
Davlat idoralari tomonidan chiqariladigan qarorlar, qonunlar, nizomlar, xalqaro
hujjatlar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Ariza, tilxat, ma'lumotnoma, chaqiruv


qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, tarjimai hol, e'lon, tavsifnoma, dalolatnoma,
hisobot kabilar ham shu uslubda yoziladi. Bunday uslubdagi hujjatlar qisqa, aniq,
barcha uchun tushunarli qilib tuziladi. Bu uslubning asosiy bеlgisi: jumlalarning
bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Bu uslubda ham so’zlar o’z ma'nosida
qo’llanadi, ko’pchilikka ma'lum bo’lgan ayrim qisqartma so’zlar ishlatiladi, har
bir sohaning o’ziga xos atamalaridan foydalaniladi. Rasmiy-idoraviy uslubda
ko’pincha darak gaplardan, qaror, buyruq, ko’rsatma kabilarda esa buyruq
gaplardan ham foydalaniladi. Bu uslubda gap bo’laklarining odatdagi tartibda
bo’lishiga rioya qilinadi: O’z lavozimini suiistе'mol qilganligi uchun
M.Ahmеdovga hayfsan e'lon qilinsin.
4. Ommabop (publitsistik) uslub
Tashviqot-targ’ibot ishlarni olib borishda qo’llanadigan uslub, ya'ni matbuot
uslubi ommabop uslub hisoblanadi. Bu uslubda ijtimoiy-siyosiy so’zlar ko’p
qo’llanadi. Nutq ta'sirchan bo’lishi uchun ta'sirchan so’z va birikmalardan,
maqol va hikmatli so’zlardan ham foydalaniladi. Bunday uslubda gap bo’laklari
odatdagi tartibda bo’ladi, kеsimlar buyruq va xabar maylidagi fе'llar bilan
ifodalanadi, darak, his-hayajon va ritorik so’roq gaplardan, yoyiq undalmalardan,
takroriy so’z va birikmalardan unumli foydalaniladi: Azamat paxtakorlarimiz
mo’l hosil еtishtirish uchun fidokorona mеhnat qilishyapti.
5. Badiiy uslub
Badiiy asarlar (nazm, nasr va dramatik asarlar) badiiy uslubda bo’ladi. Badiiy
asar kishiga ma'lumot bеrish bilan birga, timsollar (obrazlar) vositasida estеtik
ta'sir ham ko’rsatadi: O’lkamizda fasllar kеlinchagi bo’lmish bahor o’z sеpini 2. Va'z.
Uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so‘zlar
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy
vaziyatga xoslangan ko‘rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So‘zlar ma’lun nutq
uslubiga xoslanish – xoslanmaslik belgisiga ko‘ra uslubiy xoslangan va uslubiy
betaraf so‘zlarga bo‘linadi. Ayrim nutq uslubi doirasidagina qo‘llanadigan
so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlar, bunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlar


uslubiy xoslanmagan yoki betaraf so‘zlar deyiladi.
Tovush, urg‘u, bo‘g‘in, undalma, morfema, omonim, sinonim, uslubiyat kabi
qator so‘zlar uslubiy xoslangan so‘zlardir. Chunki bu so‘zlar asosan tilshunoslik
fani doirasida qo‘llaniladi
Osmon, xalq, bayram, o‘quvchi, dars, tushlik, salomatlik, odam kabi so‘zlar
barcha nutq uslublari doirasida birdek qo‘llanish imkoniga egaligi sababli
uslubiy betaraf so‘zlar qatoriga kiradi. Ya’ni, so’zlashuv uslubida ham, kitobiy
uslubda ham ishlatiladigan so’zlar uslubiy bеtaraf so’zlar hisoblanadi: suv, tog’,
bola, xat.
Me’yor tushunchasi
Nutq mаdаniyati to‘g‘risidа gаp bоrаr ekаn, tаbiiyki, nutqdа so‘zlаrning o‘rinli
vа o‘rinsiz ishlаtilishi to‘g‘risidа hаm bаhs bоrаdi. Qo‘llаngаn til birligini to‘g‘ri
yoki nоto‘g‘ri dеyilgаndа, аlbаttа, mа’lum bir o‘lchоv (mеzоn) gа
аsоslаnishimiz tаyin. Mаnа shu o‘lchоv (mеzоn) tilshunоslikdа аdаbiy til
mе’yori dеb yuritilаdi.
Hаr bir lаhjаning, so‘zlаshuv tilining, аdаbiy tilning o‘z mе’yorlаri bo‘lgаnidеk,
nutqning аlоhidа ko‘rinishlаri bo‘lgаn аrgоlаr, jаrgоnlаr hаm o‘z mе’yorigа egа.
Хususiy mе’yorlаr quyidаgichа ko‘rsаtilаdi:
1. Diаlеktаl mе’yor.
2. So‘zlаshuv nutqi mе’yori.
3. Аrgоlаr, jаrgоnlаr mе’yori.
4. Аdаbiy til mе’yori (аdаbiy mе’yor).
Аdаbiy mе’yor. Mа’lum bir hududdа tаrqаlgаn uzus imkоniyatlаri o‘shа
hududdа yashоvchi аhоli uchun istisnоsiz tushunаrli bo‘lаdi, ya’ni аlоqаni yеngil
аmаlgа оshirishgа imkоn bеrаdi. Bu - tilning o‘zi mе’yordаn ibоrаtligini
ko‘rsаtаdi. Mе’yor - tilning yashаsh shаklidir.
Аdаbiy mе’yor uzusgа аsоslаnаdi, undаn оlinаdi. Аdаbiy mе’yor аdаbiy til bilаn
birgа tug‘ilаdi, bаdiiy аdаbiyotning, хаlq mаdаniyatining tаrаqqiyoti bilаn Аdаbiy mе’yor
uzusdаn оlingаnligi sаbаbli hаmmа uchun tushunаrli bo‘lаdi.


Shuning uchun jаmiyat tаrаqqiyotidа muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Jаmiyat
а’zоlаrini uyushtirishdа, kаttа vаzifаlаrgа оtlаntirishdа аdаbiy til, uning
mе’yorlаri jаmiyat uchun nihоyatdа zаrurdir.
O‘zbеk аdаbiy tili mе’yorlаri ilmiy аsаrlаrdа quyidаgichа tаsnif qilinаdi:
1. Lеksik - sеmаntik mе’yor.
2. Tаlаffuz – (оrfоepik) mе’yor.
3. Yozuv (grаfikа) mе’yori.
4. Fоnеtik mе’yor.
5. Аksеntоlоgik (urg‘uni to‘g‘ri qo‘llаsh) mе’yor.
6. Grаmmаtik (mоrfоlоgik vа sintаktik) mе’yor.
7. So‘z yasаlish mе’yorlаri.
8. Imlоviy mе’yor.
9. Uslubiy mе’yor
10. Punktuаtsiоn mе’yor.
Аdаbiy mе’yorning оg‘zаki vа yozmа ko‘rinishlаri mаvjud bo‘lib, оg‘zаki
аdаbiy mе’yorning rivоjlаnishigа хаlq qiziqchilаri, аskiyachilаri, lаtifаgo‘y хаlq
shоir - bахshilаri kаttа hissа qo‘shsаlаr, yozmа аdаbiy mе’yorning shаkllаnishidа
bеlgilаngаn yozuv shаkli аsоsidа yozib qоldirilаdigаn yozmа аdаbiyotning
хizmаti chеksizdir. Umumаn оlgаndа, аdаbiy til mе’yorini o‘rgаnish yangi
hоdisа emаs. Til mе’yori vа аdаbiy mе’yor muаmmо sifаtidа nutq mаdаniyati
ilmiy sоhа dеb tаn оlingungа qаdаr hаm o‘rgаnib kеlingаn. Аdаbiy til mе’yori,
uning shаkllаnish, rivоjlаnish, stаbillаshuv qоnuniyatlаri nutq mаdаniyati
sоhаsining tеkshirish оbyеkti hisоblаnаdi.
Uslub — tilning inson faoliyatining muayyan sohasi bilan bogʻliq vazifalariga
koʻra ajratilishi. Kishilar faoliyatning barcha sohalarida aloqa qilish jarayonida
tildagi leksik, frazeologik, grammatik va fonetik vositalarni tanlash va
ishlatishda birbirlaridan maʼlum darajada farq qiladilar. Umumxalq tili doirasida
til vositalarining bunday tanlab olinishi nutqning xilmaxil koʻrinishlarining
paydo boʻlishiga olib keladi. Nutq Uslub tilning vazifasi bilan bevosita bogʻliq


boʻladi. Shuning uchun ham ular vazifaviy (funksional) U. deb yuritiladi.
Vazifaviy U. deganda, tildan farq qiladigan qandaydir aloxdda narsa
tushunilmaydi, balki aniq bir adabiy til tarkibi ichida qaraladigan, oʻziga xos
xususiyatlari, xizmat qilish doirasi bilan oʻzaro farq qilib turadigan yordamchi
tizim tushuniladi.
Vazifaviy U. nutqkoʻrinishlarining asosiy vazifalariga, yaʼni aloqa, xabar berish, 
-------------------------------------------Esse---------------------------------------------------------------------------------------------
----------------------------
Kompyuterda dasturlash bu – kompyuter mikroprotsessori uchun turli
buyruqlar berish, qachon, qayerda nimani o'zgartirish va nimalarni kiritish yoki
chiqarish haqida buyruqlar berishdir. Ushbu maqolada, qanday dasturlash tillari
borligi, eng keng tarqalgan dasturlash tillari va ularning farqi. Hamda,
Dasturlashni o'rganish yo'llari haqida suhbatlashamiz Kompyuter dunyosida
ko'plab dasturlash tillari mavjud bo'lib, dasturlash va unga qiziquvchilar soni
ortib bormoqda. Bir xil turdagi ishni bajaradigan dasturlarni Basic, Pascal, Ci va
boshqa tillarda yozish mumkin. Pascal, Fortran va Kobol tillari universal tillar
hisoblanadi, Ci va Assembler tillari mashi tiliga ancha yaqin tillar bo'lib, quyi
yoki o'rta darajali tillardir. Algoritmik til inson tillariga qanchalik yaqin bo'lsa, u
tilga yuqori darajali til deyiladi.
Internet. Web Server. Web dasturlash vositalari (tillari) Ma`lumki, yuqori
darajadagi dasturlash tillarida yozilgan dasturlarni kompyuterga tushuntirish
uchun kompilyator degan qo'shimcha dastur kerak bo'ladi. Web dasturlashda
ham huddi shunday jarayon sodir bo'ladi.
Siz internetdagi saytlarni ko'rishlik uchun ishlatadiganingiz Brauzerlar -
web dasturlash tillarining bazilarini kompilyatori hisoblanadi. Web dasturlashda
yana shunday tillar ham borki ularni brouzer kompyuterga tarjima qilib
tushuntirib bera olmaydi, lekin bunday tillar web saytni asosini tashkil etadi. Ana


shunday tillarni brouzer tushunadigan qilib berish uchun ham Web server ga
o'xshagan dasturlar (kompilyator yoki interpretatorlar) to'plami kerak bo'ladi.
Bunday dasturlar esa sayt joylashgan serverlarda turadi, qachonki unga so'rov
yuborganingizda (istalgan biror ssilkani bosganingizda, birinchi marta saytni
ochganingizda va hokazo...) shu sayt joylashgan serverdagi Web server
dasturlari sizning brauzeringizga saytni brauzer tushunmaydigan tillarda
yozilgan joylarini tarjima qilib jo'natadi. Shunday qilib klient - yani siz
tomondagi web saytni kodlarini kompyuteringizga tushuntirib beradigan
tarjimon bu - Brauzer, server tomonidagi web saytni sizning brauzeringiz
tushunmaydigan joylarini unga tarjima qilib jo'natadigan tarjimon bu Web
Server hisoblanadi.

Download 46,63 Kb.




Download 46,63 Kb.
Pdf ko'rish