Tajriba trixoderma sonining o’zgarish dinamikasi (1g quruq tuproqdagi miqdori,dona) [Xolmonov,2002]




Download 0.58 Mb.
bet8/26
Sana24.03.2017
Hajmi0.58 Mb.
#1657
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26
Tajriba trixoderma sonining o’zgarish dinamikasi (1g quruq tuproqdagi miqdori,dona) [Xolmonov,2002]

Variantlar

Chigit ekishdan oldin 20.IV

Ikki oydan keyin 20.IV

Mavsum oxirida 20.IX

Shudgor( nazorat)

2,5

2,7

2,6

Shudgor+ trixoderma

2,3

3,8

4,4

Shudgor+go’ng

3,9

5,0

6,4

Shudgor+go’ng+ trixoderma

3,6

5,7

8,8

Siderat

3,0

4,0

7,7

Siderat+trixoderma

2,8

7,0

10,8

Tuproqda mikroorganizmlar faoliyatining jadal rivojlanishi uchun yetarlicha shart-sharoitning mavjud bo’lishi tuproqning agrofizik xususiyatlarining yaxshilanishiga olib keladi.Jumladan tuproqning agregat tarkibini yaxshilanishi kuzatiladi.Organik o’g’itlar va trixoderma qo’llanilgan variantlarda 0-20, 20-40 sm li qatlamda 0,25 mm zarrachalar 6,4 % ni tashkil etgan.Shuningdek, tuproqning hajm og’irligi ham organik o’g’itlar va trixoderma berilmagan variantda yuqori bo’lib 1,48-1,54 g/sm3 ni tashkil etadi.

Tuproqning oziqa tartibotining organik o’g’itlar ta’sirida ijobiy tomonga o’zgarishi bevosita tuproqning nam sig’imining ham yaxshilanishiga olib keladi.

Tajribalarda organik o’g’itlar va trixodermaning tuproqning organik o’g’itlar bilan ta’minlanishi uning suv o’tkazish qobiliyatini yaxshilaydi.Masalan, nazorat variantida suv 1-chi yili 120 minutda 55,3; 2-chi yili 59,0 sm tuproq qatlamida singan bo’lsa, organik o’g’itlar va trixoderma berilgan variantlarda 1 va 2 yillarda 71,0- 68,1 sm chuqurlikkacha namning yetib borganligini guvohi bo’lishimiz mumkin.

Olib borgan kuzatishlarimiz asosida shunday xulosalar qilishimiz mumkinki, organik o’g’itlar (go’ng va siderat)ni alohida trixoderma bilan uyg’unlashgan holda qo’llaganimizda tuproqning ekologik holati yaxshilanadi.Tuproqning oziqa tartibotiga ijobiy ta’sir ko’rsatib tuproqning biologik va agrofizik xususiyatlarining yaxshilanishiga olib keladi.Natijada g’o’zaning o’sishi rivojlanishi uchun qylay imkoniyat yaratiladi,yuqori va sifatli mahsulot olinadi.

Tuproq deganda bir qancha omillar ta’sirida o’zgarishga uchragan va o’zgarayotgan yerning yuqori orgono – mineral qismi tushuniladi. Ma’lumki inson tuproq paydo bo’lishi va tuproq xususiyatlarining o’zgarishida eng kuchli omildir.Ushbu omil antropogen omil hisoblanadi. Insonning yerdan foydalanishidagi faoliyati ta’sirida tuproqning fizik, kimyoviy va biologik xossalari ham o’zgaradi [26].

Tuproq unumdorligini, qishloq xo’jalik ekinlari hosildorligini oshirish va sifatini yaxshilashda ishlatiladigan barcha o’g’itlar orasida fosforli o’g’itlar ham o’ziga xos ahamiyatga ega.




Download 0.58 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   26




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tajriba trixoderma sonining o’zgarish dinamikasi (1g quruq tuproqdagi miqdori,dona) [Xolmonov,2002]

Download 0.58 Mb.