Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori,mg/kg




Download 0.58 Mb.
bet9/26
Sana24.03.2017
Hajmi0.58 Mb.
#1657
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26
Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori,mg/kg



Fosfor miqdori,mg/kg

O’sish va rivojlanish fazalari

Zarafshon vodiysida tarqalgan tuproq tiplari singdirish sig’imida Ca+2 va Mg+2 kationlarining ko’pligi va karbonatlarning miqdori yuqoriligi esa qo’llaniladigan fosforli o’g’itlarning tuproqda kimyoviy singdirilishini tezlatib, foydalanish koeffitsientining pasayishiga olib keladi.

Ko’plab tadqiqotlardan ma’lumki, fosforli o’g’itlardan foydalanish koeffitsienti 10-15% dan oshmaydi.Ayniqsa, bu holat tuproqdagi karbonatlar miqdori 6-9%dan oshganda yaqqol namoyon bo’ladi.

Fosforli o’g’itlar samaradorligi o’simliklarning fosforga bo’lgan talabi, tuproqdagi fosfatlar miqdori, o’g’itlardan fosfor o’zlashtirishi, tuproqdagi karbonatlar miqdori, tuproq eritmasi muhiti, organik va mineral fosforning tuproqdagi nisbati kabi bir qancha omillarga bog’liq.

Zarafshon vodiysi tuproqlari unumdorligi va fosfat rejimiga antropogen omillarning ta’sirini o’rganish maqsadida 2007 yildan boshlab dala tajribalari olib borilmoqda.Dala tajribasi Oqdaryo tumani o’tloq tuproqlari sharoitida olib borilmoqda. Tajribada fosfor saqlovchi o’g’itlardan ammofos, ammofosfat, poliammofos va Qizilqum fosforitlari asosida olingan fosfor saqlovchi o’g’itlar o’rganilmoqda.Olingan ma’lumotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, o’g’isiz nazorat variantiga nisbatan qo’llash g’o’za o’suv davrida nisbatan yuqori oziqlanish rejimini hosil qilar ekan. Fosforli oziqlanishning kritik davri 4-5 chinbarg chiqarish va shonalash fazalarida tuproqda P2O5 miqdori ammofos 160 kg/ga variantida 26 mg/kg P2O5, ammofosfat qo’llanilganda 25 mg/kg P2O5 va poliammofos variant 28 mg/kg P2O5 bo’lishi kuzatilgan.O’g’it orasidagi harakatchan fosfor miqdori bo’yicha farqlar o’suv davri bo’yicha saqlanib qolib,pishish fazasida yaqqol seziladi.

O’suv davri oxiriga kelib ammofos va ammofosfat o’g’itlari o’rtasida P2O5 miqdoriga ta’siri bo’yicha keskin farq kuzatilmasada, ammofosfat variantida biroz ustunlik kuzatiladi.

Poliammofos variantida o’suv davri oxiriga kelib tuproqdagi harakatchan fosforning miqdori,dastlabki ko’rsatkichdan ko’p bo’lishi kuzatilgan.

Polifosfat tipidagi o’g’itlarning tuproqdagi harakatchan fosfor miqdoriga ta’siri bo’yicha an’anaviy o’g’it ammofosdan ustun kelishi ushbu turdagi o’g’itlar fosfat komponentining tuproq kalsitlari bilan hosil qilinadigan murakkab birikmalari va komplekslari bilan bog’liq.

Zarafshon vodiysi tuproqlar sharoitida g’o’za o’simligi o’sishi va rivojlanishi uchun harakatchan fosfor miqdorini oshirishda poliammofos ammofos va ammofosfatdan ustun kelishi aniqlangan.



Download 0.58 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   26




Download 0.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tuproqdagi harakatchan fosfor miqdori,mg/kg

Download 0.58 Mb.