Soketlar asosida amaliy pog’ona ilovalarini loyixalash Reja




Download 31.95 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi31.95 Kb.
#36825
  1   2   3   4
Bog'liq
8-amaliy ish
15-16-лаборатория (5), 2- лабаратория, Mahamadiyev Nozim 1-labarotoriya l ish, KA 10-Mustaqil ishi, MTA 6-Amaliy ishi, 2-amaliy ma\'lumotlar tuzilmasi, 8 (1), 2 практическая, MENTAL KITOB 1, Mavzu Kompyuterning tashkiliy qismlari, asosiy ko‘rsatkichlari , 5-ma\'ruza, amaliy ish2, kV NH2IesNx8MRalj-qm01CRIxRZf75F, 4 mi

Soketlar asosida amaliy pog’ona ilovalarini loyixalash
Reja:
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi.
OSI modeli va kommunikatsion protokollar orasidagi bog’lanishlar.
TCP/IP protokollari asosida tarmoqlararo o’zaro ishlashni tashkil qilish.
Tarmoq sathi protokollari.
IP-protokoli.
Transport sathi protokollari. TCP va UDP protokollari.
TCP/IP protokollari stekining tuzilishi
TCP/IP protokoltar steki turli xil tarmoqlarni yagona ma'lumotlar uzatish tizimiga birlashtirilgan transport tizimini yaratish uchun mo'ljallangan ierarxik tartibga ega protokollar to'plamidir. Tarmoqlarning xilma-xilligi OSI modelining fizik va kanal sathlarida "mahalliy" tarmoqlarni qurish texnologiyasidagi farq sifatida tushuniladi. Hozirgi vaqtda TCP/IP protokollari steki Internetdagi asosiy ma'lumotlar uzatish protokollaridir. Stekning nomi asosiy protokollarning nomlaridan kelib chiqqan: TCP (Transmission Control Protocol) uztishlarni boshqarish protokoli va IP (Internet protocol) tarmoqlararo protokol. Ko'pincha birlashtiriladigan tarmoqlarga tarmoq osti deb ataladi va birlashgan tarmoq intertarmoq yoki Internet deb ataladi. Internet protokollarining texnik spetsifikatsiyasi RFC (Request for Comments)ning hujjatlari shaklida chiqariladi. RFCning hujjatlari Internetda, masalan, http://www.rfc-editor.org saytidada chop etiladi.

TCP/IP protokollari steki modeli 4 ta sathdan iborat (RFC 1122).


1. Tarmoq interfeyslari sathi “mahalliy” texnologiyalar asosida qurilgan tarmoqlarni murakkab tarmoqlarga birlashtirishni ta’minlaydi. Mahalliy texnologiyalar deganda mahalliy tarmoql (tarmoq osti)larning qurilish texnologiyalari va nuqta-nuqta kanallari tushunliladi. Bu sathning asosiy vazifasi quyidagilar:
deytagrammalarni qabul qilishga va ularni aniq tarmoq bo’yicha uzatishga javob beradi;
tarmoq tarkibiga kiruvchi tarmoq texnologiyalarining o’zaro aloqasini tashkil qilishga javob beradi;
OSI modelining fizik va kanal sathlaridan farqli ravishda tarmoq interfeyslari sathi fizik va kanal sathlarida ma’lumotlarni uzatish prinsiplarini aniqlamaydi.
2. Tarmoq sathi paketlar harakati uchun marshrutni tanlash va paketlarni deytagrammali usulda uzatishga (bog’lanish o’rnatilmasdan) javob beradi.
Tarmoq sathi protokollari:
IP (Internet Protocol) asosiy protokol – murakkab tarmoqlarda uzellar orasida paketlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlab beradi (RFC 791);
Marshrutlash protokollari – marshrutizatorlarning o’zaro tarmoq konfiguratsiyasi haqidagi ma’lumotlarni almashinishi va marshrutlash jadvalini tuzish uchun mo’ljallangan. Marshrutlash protokollariga misollar: BGP (RFC 4271), OSPF (RFC 2328), RIP (RFC 1058);
IGMP (Internet Group Management Protocol) guruhini boshqarish protokoli –IP-protokoliga asoslangan tarmoqlarda ma’lumotlarni guruhli (multicast) uzatishni boshqarish uchun mo’ljallangan. IGMP ma’lumotlarni bir vaqtning o’zida tarmoqning bir nechta tugunlariga uzatish uchun foydalaniladi, masalan, tele va radioeshittirishni tashkillashtirish uchun (RFC 3376).
Tarmoqlararo xabarlarni boshqarish protokoli ICMP (Internet Control Message Protocol) tarmoqda yordamchi vazifani o’ynaydi va u IP protokolni to’ldirishga xizmat qiladi. U paketni uzatishda yuzaga keladigan muammolarni to’g’rilash uchun mo’ljallanmagan: agar paket yo’qolsa, ICMP uni qayta jo’nata olmaydi. ICMP protokolining vazifasi boshqacha bo’lib, u foydalanuvchiga uning paketi bilan yuz bergan nostandart holatlarda xabar berish vositasi hisoblanadi. Bu vaqtda IP protokol paketni uzatadi va u haqida unutadi. ICMP protokol esa tarmoq bo’yicha paket harakatini «kuzatadi» va, agar marshrutizator tomonidan paket tashlab yuborilsa, bu xabar manba-bog’lamaga yetkaziladi. Bu orqali jo’natilgan paket va jo’natuvchi o’rtasida teskari aloqa o’rnatiladi.
Hozirgi vaqtda tarmoqlararo birgalikda harakatlanishni amalga oshiruvchi eng keng tarqalgan protokol IP protokolining 4-versiyasi (IPv4) hisoblanadi. IP-protikolining 6-versiyasi (IPv6) bosqichma-bosqicha joriy etilmoqda.
3. Transport sathining asosiy vazifasi amaliy dasturlar o’rtasidagi aloqani ta’minlashdan iborat. Transport sathi axborotlar oqimini boshqaradi va ishonchli uzatilishini ta’minlaydi. Buning uchun to’g’ri qabul qilinganlikni tasdiqlovchi mexanizmdan foydalanilgan bo’lib, yo’qolgan yoki xatolik bilan yetib kelgan paketlar qayta uzatiladi.
Transport pog’onasining asosiy protokollari:
TCP (Transmission Control Protocol) ulanishni boshqarish protokoli – amaliy jarayonlar o’rtasida xabarlarni ishonchli uzatishni ta’minlab beradi. Ishonchli yetkazib berishni amalga oshirish uchun mantiqiy bog’lanish, uzatilayotgan ma’lumotlarning to’liqligini nazorat qilish, ma’lumotlarni yetkazib berishni nazorat qilish va uzatilayotgan axborot oqimlarini boshqarishdan foydalanadi;
UDP (User Datagram Protocol) foydalanuvchi diagrammalari protokoli – ma’lumotlarni deytagrammali usulda uzatishni ta’minlaydi, tarmoq pog’onasi va amaliy jarayonlar o’rtasida aloqa vazifasini bajaradi.
4. Amaliy pog’ona OSI modeli pog’onalarining yuqori qismiga mos keladi. Bu bosqichda amaliy pog’onada keng foydalaniluvchi servislar amalga oshirilgan: masofadagi tizimlar o’rtasida fayllarni uzatish protokoli (FTP), masofadagi terminalni emulyasiyalash protokoli (Telnet), elektron pochta protokoli, nomlarga ruxsat etish protokoli (DNS), gipermatnni uzatish protokoli (HTTP), IMAP, POP3, SNMP, SMTP, SSH, LDAP. Amaliy dasturlar pog’onasidagi protokollar foydalanuvchining kompyuterlarida joylashadi.
Tarmoq sathi protokollari
Tarmoq sathida 2 xil protokol ishlaydi:

Download 31.95 Kb.
  1   2   3   4




Download 31.95 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Soketlar asosida amaliy pog’ona ilovalarini loyixalash Reja

Download 31.95 Kb.