“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil




Download 433.69 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana01.03.2023
Hajmi433.69 Kb.
#43885
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
38 Khakimov
5048098483 (4)
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil 
349 
3/2021 
(№
 
00053)

 
http://iqtisodiyot.tsue.uz
 
Bundan tashqari, o‘zini o‘zi band qilgan aholi uchun soliq imtiyozlari berilishi hamda 
ko‘pgina cheklovlarning bekor qilinishi tufayli 500 ming nafar fuqaro mehnat faoliyatini 
qonuniy tarzda yo‘lga qo‘ydi. Shuningdek, kelgusi yilda “Soliqchi – ko‘makchi” tamoyili 
asosida tadbirkorlar uchun ularning biznes hamkorining soliq qarzdorligi haqidagi 
ma’lumotlarni olish imkoniyati yaratiladi” – deya ta’kidladi [2]. 
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini 
yanada 
rivojlantirish 
bo‘yicha 
harakatlar 
strategiyasi 
to‘g‘risida”gi
PF-4947-sonli farmonining III yo‘nalishi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning 
ustuvor yo‘nalishlari”da soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish 
yo‘lini davom ettirish, soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish va rag‘batlantirishning 
tegishli choralarini kengaytirish keltirib o‘tilgan [3]. 
Binobarin, soliq to‘lovchilarga nisbatan soliq yukining pasaytirilishi, orqada 
qolayotgan sohalarga soliq imtiyozlari berilishi o‘z - o‘zidan ularning soliq qarzlarini 
kamayishiga ham olib keladi. 
Shu munosabat bilan soliqlar va yig‘imlarni belgilangan muddatda hamda to‘liq kelib 
tushishini ta’minlash vazifasi muhim ahamiyatga egadir. Soliqlarni muddatida to‘lanishini 
ta’minlash esa soliq qarzini imkon qadar paydo bo‘lishini oldini olish va paydo bo‘lgandan 
so‘ng uni samarali undirish bilan amalga oshiriladi. 
Demak, soliq to‘lovchilarning soliq qarzlarini qisqartirish va yangi qarzlarni paydo 
bo‘lishini oldini olish hamda soliqlar va yig‘imlarni belgilangan muddatda budjetga kelib 
tushishini nazorat qilish soliq organlarining e’tibor beriladigan eng muhim masalalardan biri 
hisoblanadi hamda bu borasida alohida ilmiy ish olib borilishini taqazo etadi.

Download 433.69 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 433.69 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2021 yil

Download 433.69 Kb.
Pdf ko'rish