|
Soliq qarzini undirish mexanizmini takomillashtirishBog'liq 38 Khakimov351
3/2021
(№
00053)
http://iqtisodiyot.tsue.uz
1-rasm. Respublika bo‘yicha soliq qarziga ega bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka
tartibdagi tadbirkorlar soni tahlili (ming dona) [11]
Shuningdek, bugungi kunda bunday o‘sish sur’atlari yaxshi natijadir, chunki buning
natijasida ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratilib, aholining ishsiz qatlami yangi ish o‘rinlariga ega
bo‘ladi.
Ammo tashkil etilgan korxonalarning hammasi ham “samarali ishlayapti” deb ayta
olmaymiz. Budjet oldidagi majburiyatini bajara olmayotgan soliq to‘lovchilar ham bor. 1-
rasm ma’lumotlaridan kelib chiqadigan bo‘lsak, soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik
subyektlari soni yildan yilga ko‘payib kelmoqda. 2015-yilda soliq qarzi mavjud bo‘lgan
tadbirkorlik subyektlari soni jami subyektlar sonining 33,3 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2019-
yilga kelib soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari soni 37,7 foizgacha ko‘paygan.
Shuningdek, respublikada soliq qarzi mavjud bo‘lgan tadbirkorlik subyektlarining jami
soliq qarzlarini soliqlar va yig‘imlar kesimidagi tahlilini quyidagi 2-rasm orqali ko‘rishimiz
mumkin.
2-rasm ma’lumotlarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, ushbu rasmda asosiy soliq turlari
tahlil qilingan. Xususan, 2015-yilda QQSdan qarz summasi jami soliq qarzining 35,4 foizini
tashkil qilgan bo‘lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 31,5 foizgacha tushgan. 2019-yildagi
pasayish omillaridan biri bu PF-5837-sonli farmonga asosan, QQSning stavkasi 20 foizdan
15 foizga tushirilganligi bo‘lib hisoblanadi [13]. Shunday bo‘lsada, QQS solig‘i jami soliq
qarzidagi ulushi yuqori va bu salbiy holatdir.
Foyda solig‘i bo‘yicha soliq qarzi 2015-yil jami soliq qarzining 4,7 foizini tashkil etgan
bo‘lsa, 2019-yilga kelib ushbu ko‘rsatkich 7,2 foizgacha oshgan. Buning sabablaridan biri bu
yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkasi 12 foizdan 15 foizga ko‘tarilganligi bo‘lsa, yana bir
sababi yakka tartibdagi tadbirkorlarda belgilangan 1 mlrd. so‘m chegaraviy miqdordan oshib
ketgan hollarda foyda va QQS solig‘i to‘lashga o‘tganligini ko‘rsatsak bo‘ladi. Soliq
to‘lovchilar, shu jumladan soliq stavkalarining oshishi bevosita soliq qarzlari ko‘payishiga
ta’sir qiladi va aksincha.
2015-yil
2016-yil
2017-yil
2018-yil
2019-yil
Soliq qarzi bo'lmagan subyektlar soni
559
576,7
582,5
630,9
657,1
Soliq qarziga ega YTTlar soni
181
182,8
221,5
287,1
316,9
Soliq qarziga ega yuridik shaxslar soni
98,5
132,5
97
89
82
|
| |