Sonli onlayn mikrokredit shartnomasi




Download 39,56 Kb.
bet5/7
Sana16.09.2024
Hajmi39,56 Kb.
#271340
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
331965-Loan-20240518170029609-uz-Latn-UZ

IV. QAYTARISH TARTIBI


4.1. Shartnoma boʼyicha foizlar kunlik asosiy qarz qoldig’iga nisbatan hisoblanadi. Foizlarni hisoblash uchun yiliga 365 kun hisob usuli qoʼllaniladi.
4.2. Аsosiy qarzning muddati oʼtgan qismi uchun foiz stavkasi kechiktirilgan kunning birinchi kunidan boshlab onlayn mikrokreditning muddati oʼtgan qismi toʼliq qoplanmaguncha hisoblanadi. Muddati o’tgan asosiy qarz boʼyicha foizlar ushbu shartnomaning 2.2.2.-bandida koʼrsatilgan stavka boʼyicha hisoblanadi.
4.3. Аgar har qanday toʼlovlarni amalga oshirish kuni ishlanmaydigan bank kuniga toʼgʼri keladigan boʼlsa, toʼlov ishlamnaydigan bank kunidan keyingi kunga oʼtkaziladi.
4.4. Аvtomatik yozib olish xizmati onlayn mikrokredit olgan paytdan boshlab Bank tomonidan faollashtiriladi va Qarz oluvchi ushbu xizmatni Bankdan ixtiyoriy olishni qabul qiladi va tasdiqlaydi.
4.5. Qarz oluvchi Bank tomonidan O'zbekiston Respublikasining barcha banklarida Qarz oluvchiga tegishli bank kartalaridan, shuningdek yangi ochilgan bank kartalaridan onlayn mikrokredit toʼlovlari uchun shubhasiz yechib olinishiga rozilik beradi.
4.6. Mazkur Shartnoma boʻyicha qarzdorliklarni undirish Bank tomonidan quyidagi tartibda avtomat ravishda hisobdan chiqarish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
4.6.1. hisoblangan jarimalar;
4.6.2. Muddati oʼtgan asosiy qarz boʼyicha hisoblanib, oshirilgan foizlar;
4.6.3. Muddati oʼtgan foizlar;
4.6.4. Аsosiy qarzning muddati oʼtgan miqdori;
4.6.5. Kredit boʻyicha hisoblangan foizlar;
4.6.6. Kredit boʻyicha asosiy qarzning summasi.
4.7. Qarz oluvchi tomonidan onlayn mikrokredit muddatidan oldin qaytarilgan taqdirda, Bank tomonidan to'lovlar quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
4.7.1. to'lov kunida hisoblangan foizlar qoldig'i;
4.7.2. asosiy summaning qolgan qismi.
4.8. Shu bilan birga, dastlabki jadval qayta hisoblab chiqiladi, bunda asosiy qarzning muddatidan oldin to'langan qismi jadvalga muvofiq keyingi to'lovlarga nisbatan hisobga olinadi va faqat hisoblangan foizlar asosiy qarzning qoldig'i kredit shartnomasining amal qilish muddati tugagunga qadar annuitet usuli bo'yicha hisob-kitobga kiritilgan kungacha to'lanadi.



Download 39,56 Kb.
1   2   3   4   5   6   7




Download 39,56 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sonli onlayn mikrokredit shartnomasi

Download 39,56 Kb.