Pedagogik texnologiya turlari




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/122
Sana05.07.2024
Hajmi5,19 Mb.
#266712
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122
Bog'liq
Pedagogik texnologiya O\'quv qo\'llanma Mirhayitova Soxibaxon

Pedagogik texnologiya turlari
O‘yinli texnologiyalardan foydalanishning asosini talabalarning
faollashtiruvchi va jadallashtinivchi faoliyati tashkil etadi. O‘yin olimlar
tadqiqotlariga ko‘ra mehnat va o‘qish bilan birgalikda faoliyatning asosiy
turlaridan biri hisoblanadi. Psixologlarning ta’kidlashlaricha, o‘yinli faoliyatning
psixologik mexanizmlari shaxsning o‘zini namoyon qilish, hayotda o‘z o‘mini
barqaror qilish, o‘zini o‘zi boshqarish, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishning
fundamental ehtiyojlariga tayanadi.
O‘yin ijtimoiy tajribalami
o‘zlashtirish va qayta yaratishga yo‘nalgan
vaziyatlarda, faoliyat turi sifatida belgilanadi va unda shaxsning o‘z xulqini
boshqarishi shakllanadi va takomillashadi. L.S.Vigodskiy o‘yinni bolaning ichki


43
ijtimoiy dunyosi, ijtimoiy buyurtmalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ta’riflaydi.
A.N.Leontev o‘yinga shaxsning xayolotdagi amalga oshirib bo‘lmaydigan
qiziqishlari (manfaatlari)ni xayolan amalga oshirishdagi erkinligi sifatida qaraydi.
Psixologlar ta’kidlaydilarki, o‘yinga kirishib ketish qobiliyati kishi yoshiga
bog`liq emas, lekin har bir yoshdagi shaxs uchun o‘yin o‘ziga xos bo‘ladi.
O‘yinli faoliyat muayyan funksiyalami bajarishga bag‘ishlangan bo‘ladi.
Ular quyidagilar:
• maftunkorlik ;
• kommunikativlik ;
• o'z imkoniyatlarini amalga oshirish;
• davolovchilik ;
• tashxis;
millatlararo muloqot;
• ijtimoiylashuv .
Tadqiqotchilar o‘yin xususiyatlarini ishlab chiqqanlar. o‘yinlarning muhim
qirralari S.V.Shmakov tomonidan yoritilgan. U erkin rivojlanuvchi faoliyatni
farqlaydi. Bunday faoliyat faqat natija (tadbir) tufayli bahra olish uchun emas,
balki xohishlariga ko‘ra, faoliyat jarayonining o‘zidan bahra olish uchun
qo‘llanadi.
O‘yin ijodiyligi bilan ajralib turadi. U mumkin qadar boy, faol xarakteiga -«ijod
maydoni»ga ega bo`ladi. O‘yin uchun hissiy ko‘tarinkilik xosdir. U o‘zaro
kurash, musobaqalashish, raqobat shaklida namoyon bo‘ladi. O‘yinning o‘yin
mazmunini aks ettiruvchi, uni rivojlantirishning mantiqiy va vaqtincha izchilligini
ko‘zda tutgan bevosita tegishli va unga nisbiy aloqador qoidalari bo‘lishini
ko‘rsatadilar.
Tadqiqotchilar nazariy aspektda o‘yinga faoliyat, jarayon va o‘qitish metodi
sifatida qaraydilar.
O‘yin faoliyat sifatida maqsadni belgilab olish, rejalashtirish va amalga oshirish,
natijalami tahlii qilishni qamrab oladi va bunda shaxs subyekt sifatida o‘z
imkoniyatlarini tola amalga oshiradi.
O‘yinli faoliyatni motivatsiyalash o‘yin xarakterining musobaqalashish shartlari,
shaxsning o‘zini namoyon qila olishi, o‘z imkoniyatlarini amalga oshirish
ehtiyojlarini qondirishdan kelib chiqadi.
O‘yindan tushunchalar, mavzu va hatto o‘quv predmeti bo‘limini
o‘zIashtirishda o‘qitish metodi va mustaqil texnologiya sifatida foydalaniladi.
O‘yin bilish va uning bir qismi (kirish, mustahkamlash, mashq, nazorat)
tarzida tashkil etiladi.
O‘yinlar turli maqsadlaiga yo‘naltirilgan bo`ladi. Ular didaktik, tarbiyaviy,
faoliyatni rivojlantiruvchi va ijtimoiylashuv maqsadlarida qo`llaniladi.


44
O‘yinning didaktik maqsadi bilimlar doirasi, bilish faoliyati, amaliy
faoliyatda bilim, malaka va ko‘nikmalarni qo`lash, umumta’l'im malaka va
ko‘nikmalarini rivojlantirish, mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirishni kengaytirishga
qaratilgan bo`ladi.
O‘yinning tarbiyaviy maqsadi mustaqillik, irodani taibiyalash, muayyan
yondashuvlar, nuqtai nazarlar, ma’naviy, estetik va dunyoqarashni
shakllantirishdagi hamkorlikni, kollektivizmni, jamoaga kirishib keta olishni,
kommunikativlikni tarbiyalashga qaratilgan bo`ladi.
Faoliyatni rivojlantiruvchi o‘yinlar diqqat, xotira, nutq, tafakkur, qiyoslash
malakasi, chog‘ishtirish, o‘xshashini topish, faraz, xayol, ijodiy qobiliyat,
empatiya, refleksiya, optimal yechimni topa olish, o‘quv faoliyatini motivatsiyalashni
rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi.
Ijtimoiylashuv o‘yinlari jamiyatning me’yorlari va qadriyatlariga jalb qilinish,
muhit sharoitlariga ko‘nikish, ehtiroslami nazorat qilish, o‘z- o‘zini boshqarish,
muloqotga o‘rgatish hamda psixoterapiyani nazarda tutadi.
Pedagogikaga oid adabiyotlarda pedagogik o‘yin degan tushuncha mavjud.
Pedagogik jarayonni tashkil etishning bir qator metodlari va usullari hamda turli
shakldagi pedagogik o‘yinlar «o‘yinli pedagogik texnologiyalarni tashkil etadi.
Pedagogik o‘yinda ta’limning pedagogik maqsadlari aniq qilib qo‘yiladi. Pedagogik
o‘yinlar asosida talabalarni o‘quv faoliyatiga yo‘llovchi o‘yinli usullar va vaziyatlami
vujudga keltirish yotadi. Pedagogik o‘yinIar faoliyat turlari, pedagogik jarayon
xarakteri,
о
‘yin metodikasi, soha xususiyati, o‘yin muhiti bo‘yicha tasnif qilinadi.
O‘qitishni jadallashtirish texnologiyasini Viktor Fedorovich Shatalov ishlab
chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali
ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:
• bilim, malaka va ko'nikmalami shakllantirish;
• har qanday individual xususiyatlarga ega bo`lgan barcha bolalami
o`qitish;
• o'qitishni tezfashtirish.
Tamoyillar:
• ko'p maria takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat,
qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklardao‘rganish, faoliyatning dinamikqolipi,
xatti-harakatning tayanchi, va uning mo`ljaldagi asosini qo`llash;
• shaxsni ko'zda tutish asosida yondashuv;
• insonparvarlik;
• zo'rlab o‘qitmaslik;


45
• o'quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir
ta`lim oluvchining
muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo`lga solish), o`sish va yutuqlarga
istiqbolni ochish;
• o`qitish va tarbiyani bo`g`lash.
V.
Ғ
. Shatalov metodining o‘ziga xosligi:
• materiallar katta hajmda kiritiladi;
• materiallar bbklar bo‘yicha joylashtiriladi;
• o‘quv materiali tayanch sxema-konspekt
ко
`rinishida rasmiylashtiriladi.
V.F.Shatalov tayanch (tayanish) deganda bola harakatlarining taxminiy asosini,
ichki fikrlash faoliyatining tashqi tashkil qilinish usulini tushunadi. Tayanch signal
o‘zaro uzviy bog‘lovchi ramzlar (ishora, so‘z, sxema, rasm va h.o) bo‘lib,
qandaydir ma’noli mohiyatni almashtiradi. Tayanch konspekt - o‘quv materiallari
o‘zaro bog‘langan usullarining butun qismlari sifatida faktlar, tushunchalar, g‘oyalar
tizimi o‘mida qo‘llana oladigan ko‘rgazmali konstruksiyalardan iborat qisqacha
shartli konspekt ko‘rinishidagi tayanch signallar sistemasidir. V.F.Shatalovning
xizmatlari shundaki, u mashg‘ulotlarda yetarli darajada va barchaning faolligini
ta’minlovchi o‘quv faoliyati tizimini ishlab chiqdi. V.F.Shatalov metodikasi 4
bosqichdan iborat bo‘lib, ular bir qancha usul va metodik yechimlami o‘z ichiga
oladi:
I. Nazariyani sinfda o'rganish:
- taxtada oddiy tushuntirish (bo‘r, ko‘rgazmali qurol, O‘TV bilan);
- bo‘yalgan plakat — tayanch konspekt bo‘yicha qayta tushuntirish;
- plakat bo‘yicha qisqacha bayon qilish;
-ta`lim oluvchilarning o‘z konspektlari ustida individual ishlashlari, konspekt
bloklari bo‘yicha keng mustahkamlash.
II. Uydagi mustaqil ishlar:
- tayanch konspekt+darslik+ota-onalar yordami.
III. Ta`lim oluvchilarga uqtirish:
-
konspektdan foydalangan holda o‘qituvchining tushuntirganlarini esla,
berilgan materialni kitobdan o‘qi;
-
o‘qiganlaringni konspekt bilan qiyosla; konspekt yordamida darslik
materiallarini so‘zlab ber (kodlashtirish-dekodlashtirish);
-
konspektni so‘zlab berish uchun tayanch sifatida yodda saqla;
-
konspektni qayta ishlab chiqish va namunaga qiyosla.
Birinchi takrorlash - konspektni o‘zlashtirishni har tomonlama keng nazorat
qilish:
- barcha ta`lim oluvchilar konspektni xotirasida qayta ishlab chiqadilar, ta`lim
beruvchiulami peshma-pesh tekshirib boradi;
- bir vaqtning o‘zida «asta» va magnitafon orqali so‘rab boradi;


46
- yozma ishdan so‘ng og‘zaki so‘rash boshlanadi.
IV. Tayanch konspektni og‘zaki so‘zlab olish - o‘zlashtirishdagi tashqi nutq
(og‘zaki) faoliyatining eng muhim bosqichi, u turli savol- javoblar jarayonida yuz
beradi.
Ikkinchi takrorlash-umumlashtirish va bir tizimga keltirish (tartibga tushirish):
- o‘zaro nazorat darslari;
- oldindan sinov savollari ro‘yxatini nashr qilish;
- tayyorlash;
- barcha turdagi nazoratlardan foydalanish (taxtada, astagina, yozma va b.);
- o‘zaro so‘rash va o‘zaro yordam;
- o‘yinli unsurlar (jamoalar bellashuvi, rebusni topishi va b.).
Nazorat, baholash. V.F.
Shatilov ta`lim oluvchilaming bilim, malaka va
ko‘nikmalarini bosqichma-bosqich nazorat qilishning bosh muammosini hal qildi.
Doimiy tashqi nazoratni o‘zini-o‘zi nazorat qilish va o‘z- o‘zini baholash bilan
bog‘lash, har birini bosqichma-bosqich nazorat qilish, kuchi yetadigan darajada
talab qilish, doimo tuzatishning imkoniyati mavjudligi, natijalar oshkorligi, ikki
bahoning yo‘qligi va past bahodan qo‘rqishning yo‘qligi.
Nazorat shakllari: tayanch konspekt bo‘yicha yozma ish, mustaqil ishlar, baland
ovozda so‘rash, magnitafonda, juftlikda o‘zaro nazorat, guruhdagi o‘zaro nazorat va
uy nazorati, o‘z-o‘zini baholash.
V.F.Shatalov tomonidan ishlab chiqilgan o‘quv faoliyati tizimi maktab ta`lim
oluvchilarida eksperiment qilingan, lekin uning metodikasi matematika o‘qitish
doirasidan chiqib, nafaqat tabiiy fanlar, balki gumanitar fanlar:
til, tarix kabi faulami o‘qitishda ham keng tarqaldi.
Muammoli o‘qitish bu takomillashgan o‘qitish texnologiyasidir. Hozirgi oliy
maktabdagi samarador o ‘qitish texnologiyasi — bumuammoli o‘qitishdir. Uning
vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini
shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy, faol shaxs taibiyasi maqsadlariga mos
keladi. Muammoli o‘qitish jarayonida talabaning mustaqilligi o‘qitishning
reproduktiv shakllariga nisbatan tobora o‘sib boradi.
Hoziigi pedagogikaga oid adabiyotlarda muammoli o'qitishning turli ta’rif va
tavsiflari bor. Bizningcha, nisbatan to‘liq va aniq ta’rif M.I.Maxmutova tomonidan
berilgan bo‘lib, unda muammoli o‘qitish mantiqiy fikrlar tadbirlari (tahlii,
umumlashtirish) hisobga olingan o‘igatish va dars berish usullarini qo‘llash
qoidalari va talabalarning tadqiqot faoliyatlari qonuniyatlarining (muammoli
vaziyat, bilishga bo‘lgan qiziqish, talab v.x.k) tizimi sifatida izohlanadi.
Muammoli o‘qitishning mohiyatini, Ta`lim beruvchitomonidan talabalarning
o‘quv ishlarida muammoli vaziyatni vujudga keltirish va o ‘quv vazifalarini,
muammolarini va savollarini hal qilish orqali yangi bilimlami o‘zlashtirish bo‘yicha


47
ulaming bilish faoliyatini boshqarish tashkil etadi. Bu esa bilimlami o‘zlashtirishning
ilmiy - tadqiqot usulini yuzaga keltiradi. Ma’lumki, o‘qitishning har qanday asosida,
inson faoliyatining muayyan qonuniyatlari, shaxs rivoji va ular negizida shakllangan
pedagogik fanning tamoyillari va qoidalari yotadi. Insonning bilish faoliyati jarayoni
mantiqiy bilish ziddiyatlarini hal qilishdagi obyektiv qonuniyatlari hamda didaktik
tamoyil-muammolilikka tayanadi.
Muammoning tarkibiy qismlari, ma’lum va noma’lumning o ‘zaro
munosabati xarakteri bilimga bo‘lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi va faol bilishga
bo`lgan izlanishga undaydi. Ta’kidlash joizki, muammoli o‘qitishning zaruriy
sharti talabalarda haqiqatni va uning natijasini izlash jarayoniga bo‘lgan ijobiy
munosabatni vujudga keltirish hisoblanadi.
Muammoli o‘qitishni tashkil etishning birinchi sharti o ‘quv axborotlarining
takomillashib borishi tizimidir. Muammoli o‘qitishmng
ikkinchi shartida
muammoli o‘qitish amalga oshiriladi va unda axborotning o‘quv vazifasiga
o‘tkazilishi vaqtida uni yechish usulini tanlash imkoniyati ko‘zda tutiladi. Muammoli
o‘qitishning uchinchi sharti ta’lim oluvchining subyektiv mavqei, ulaming bilish
maqsadlarini anglab yetishi va qaror qabul qilishi, masalani hal qilish va natijani
qo‘lga kiritish uchun o‘zlarining ihtiyorida bo‘lgan vositalarni baholay bilishidir.
Muammoli o‘qitishga asoslangan o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish metodikasi unda
qo‘llanadigan metodlarni asoslab berishni talab qiladi. Bunda ijodiy, qisman-ijodiy
yoki evristik, axborotlarni muammoli bayon qilish, axborotni muammoli
boshlash orqali bayon qilish asosiy metodlar hisoblanadi.

Download 5,19 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   122




Download 5,19 Mb.
Pdf ko'rish