232
kommunikatsiyani boshqarish va oqimlarni adaptatsiya qilish uchun javob
beradi.
Umumiy geytgipper yordamida boshqariladigan ko‘p
nuqtali
boshqaruvning terminallari, shlyuzlari va bloklari uchun «H.323 zonasi»
(H.323 Zone) umumiy nom qabul qilingan.
Quyida keltirilgan 7.6- rasmda H.323 tarmoqning arxitekturasi
keltirilgan.
7.6- rasm. H.323 tarmoq elementlari
RADIUS serveri foydalanuvchilarning autentifikatsiyasi va xizmatlar
doirasida o‘tuvchi tovush va ma’lumotlarni uzatish seanslari to‘g‘risidagi
ma’lumotlar qayd etilishini ta’minlaydi. Odatda, ma’lumolar RADIUS
serveridagi markaziy bazada saqlanadi.
7.5. SOFTSWITCH texnologiyasi
Umumiy qiziqishni faqat fizik darajada emas,
balki xizmatlarni
shakllantirish va ko‘rsatish darajalarda turli texnologiyalar tarmoqlarining
o‘zaro ishlashini ta’minlashni tug‘diradi. Xizmatlar shakllantirilishini va
ko‘rsatilishini uzluksiz nazorat qilishi va xizmat ko‘rsatish sifatining
so‘ragan darajasini kafolatlaydigan aynan bor qoidalar bo‘yicha mijoz
chaqiruvlarini qayta ishlashni, xizmatlar qanday transport qilinishi va
mijozga qanday uskuna orqali taqdim etilishidan qat’iy nazar, qo‘llab -
233
quvvatlanadigan aloqa tarmog‘ini qurish zarurligi mutlaqo aniqdir. Paketli
va klassik tarmoqlarning farqi va ularning o‘zaro raqobatlanishiga
qaramasdan, ular rivojlantirish xizmatlarni ko‘rsatish
darajalarini
bo‘lishning (transport va kommutatsiya) xizmatlarni shakllantirish
vositalari (berilgan qoidalar bo‘yicha chaqiruvlarni qayta ishlash) bir
yo‘ldan bormoqda.
Umumiy foydalanishdagi telefon tarmog‘iga qo‘yilgan 7- son UKS
signalizatsiya tarmog‘ini tadbiq etish nutqli trafik va signalli axborotning
yo‘nalish yo‘llarini bo‘lish hamda xizmatlarni ko‘rsatish darajalarini va
xizmatlarni boshqarish, shakllantirish darajalarini (SSP, IP) bo‘lish
bilan
intellektual tarmoq arxitekturasini amalga oshirish imkoniyatiga olib keldi.
Bunday yondoshuvni qo‘llash telefon operatorlariga mavjud uskunadan
foydalangan holda, yangi xizmatlarni foydalanuvchilarga ko‘rsatish uchun
ularni tez va aniq shakllantirish imkonini beradi. Paketli tarmoqlarga
murojaat etilganda, bunday bo‘lishi (shlyuzni dekompozitsiya tamoyili) bu
yerda shlyuzlar, shlyuzlarni boshqarish qurilmalari va signalizatsiya
shlyuzlari ham ishtirok etadi (oxirgi ikkita qurilma qo‘shimcha xizmatlarni
shakllantiruvchi qurilmalar bilan birlashtirilishi va moslashishi mumkin).
Shunday qilib, quyidagi xususiyatlarga ega qandaydir tarmoq
elementlariga zaruriyat yuzaga keldi:
-
ochiq standartlarga asoslangan va an’anaviy
telefon
signalizatsiyaning barcha asosiy turlarini hamda axborotni paketli uzatish
protokollarini,
jumladan
IP-
telefoniyani,
turlicha
tarmoqlarda
chaqiruvlarni samarali marshrutlashni ta’minlaydigan tarmoqning
“intellektual” markazi bo‘lishi kerak;
- u katta yuklamalarda tarmoqqa rad etishlarni oldini oladigan va
99,999
foizdan
kam
bo‘lmagan
ishonchlilikni
ta’minlaydigan
taqsimlangan va masshtablangan arxitekturalarga ega bo‘lishi kerak;
- u istalgan telekommunikatsiya sessiya (qo‘ng‘iroq)ni qayta ishlash
senariya- sini aniq nazorat qilish imkoniga ega modulni o‘z ichiga olishi
kerak;
- u tarmoq infratuzilmasini boshqarishning
va sessiyalarini nazorat
qilishning yagona blokini o‘z ichiga oladi. Aloqa tarmoqlarining
intellektual periferiyasini birlashtirish texnologiyalarda ularni qo‘llashdan
qat’iy nazar, operatorlarning yuqorida ko‘rsatilgan takliflariga javob
beradigan qarorni amalga oshirishga yordam beradi. Shlyuzlarni to‘g‘ridan
- to‘g‘ri emas, lekin oraliq qurilma billing tizimi ulangan dasturiy
kommutator (ingliz tilida Softswitch - dasturiy qayta ulagich, kommutator)
orqali ulanganda, ishlab turgan tarmoqlar qurilish sxemasini kordinal
234
o‘zgarishsiz minimal xarajatlar bilan IP- telefoniyaning an’anaviy
sxemalaridagi to‘liq kamchiliklardan qutiladi.
7.1- jadvaldan UFTf tarmog‘iga nisbatan
dasturiy kommutatordan
foydalanadigan operatorlar kabi foydalanuvchilar ham oladigan afzalliklar
ko‘rinib turibdi. Shunday qilib, Softswitch foydalanuvchilar tomonidan
kutiladigan standart telefoniyadan ishonchlilik va boshqa xususiyatlarni,
ma’lumotlar tarmoqlarning samaraliligi, tejamlilik va moslashuvchanlikni
o‘zida birlashtiradi. Dasturiy ta’minot bir turda bo‘lmagan tarmoqlarning
o‘zaro ishlash imkonini beradi, u signal protokollarining (jumladan 7- son
UKS, MGCP, H.323 va SIP) keng to‘plamini ta’minlaydi.
Softswitch
signalizatsiyaning turli protokollarini yagona formatga konventrlaydi, bu
yangi protokollar joriy etilishini soddalashtiradi. Ushbu imkoniyat UFTf
va IP - telefoniya operatorlariga UFTf va IP - telefoniya o‘rtasidagi to‘liq
va tiniq o‘zaro ishlash imkonini ta’minlaydi. Bundan tashqari, ushbu
translyasiya turli etkazib beruvchilarning tarmoqlararo shlyuzlari o‘rtasida
o‘zaro ishlash imkonini yaxshilaydi,
bu bozorni kengaytirishning
qo‘shimcha imkoniyatlarini taqdim etadi. Dasturiy kommutator mijozni
avtorlashtirish va audentifikasiya qilish, CDR generatsiyasi va
signalizatsiyaning
turli
turlarini
(SIP/H/323/
MGCP/ISDN/ISUP)
konvertatsiya qilish uchun javob beradi.
7.1- jadval
Zamonaviy ATS va Softswitch tizimini solishtirish