-bob. INTERNETNING ISHLASH TEXNOLOGIYASI




Download 19,21 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2023
Hajmi19,21 Kb.
#101485
1   2   3
Bog'liq
Internet
2-amaliy ta\'lim nazariyasi, TEX. JIH.TAR. Agentligi haqida, MURAKKAB TEXNOLOGIK OBYEKTLARNI IMMITATSION OBYEKTLARINI QURISH, 11, Adobe Photoshop, 650-21, Aminova Hafiza Obidovna (1), RаqаmlI MUSTAQIL ISH, Rаqаmli nаqd pullar MUSTAQIL ISH SSV to\'liqn, MUSTAQIL ISH, Lecture 8, kompyuterTohirovv, Bahodirov S 151-21, zanjiri
3-bob. INTERNETNING ISHLASH TEXNOLOGIYASI
3.1.Internetni ishlashining texnologik asoslari.Internetga ulanish usuli va tamoyillari.Internet tarmog‗iga kirish va uning turlari: bevosita kirish; «chaqiruv» bo‗yicha kirish; servisli kirish; boshqa tarmoqlar orqali kirish. 3.2. Tarmoq servislari. 3.3. Server tamoyillari. 3.4. Tarmoq xizmatlari va Internet manzillari. 3.5. Internetda xulqiy qoidalar. 3.1. Internetni ishlashining texnologik asoslari.Internetga ulanish usuli va tamoyillari.Internet tarmog‗iga kirish va uning turlari: bevosita kirish; «chaqiruv» bo‗yicha kirish; servisli kirish; boshqa tarmoqlar orqali kirish. Siz internetga turli usullarda ulanishingiz mumkin va bu usullar tobora ko‗payib bormoqda. Bundan tashqari, bir vaqtlar qimmat tuyulgan ulanish turlari hozirgi kunda ko‗pchilik uchun qimmatlik qilmaydi. Hozirgi kunda telefon orqali dial-up (dial ap) usulida, DSL (digital subscriber lines – abonentlarning raqamli liniyalari) modem orqali, kabelli televidenie kabeli orqali, televizor orqali, LAN (local area networks – mahalliy kompyuter tarmog‗i) orqali, sun‘iy yo‗ldosh orqali, simsiz Wi Fi yoki Wi Max usulida, uyali telefon orqali internetga ulanish mumkin. Internetga bog‗lanish usulini tanlashda bitta qoidaga rioya qilish etarli: bog‗lanish tezligi qanchalik katta bo‗lsa, shuncha yaxshi. Internetda axborot juda ko‗p. Undan rasmlar, ovoz, musiqa, video, dasturlar, animatsiyali fayllar, elektron va multimediali kitoblar va boshqa narsalarni yuklash, internet radio kanallarini tinglash, internet televidenie ko‗rsatuvlarini tomosha qilish mumkin. Bularning hammasi internetga iloji boricha katta tezlikdagi kanal orqali ulanishni talab qiladi. Bugungi kunda beshta usul boshqalariga qaraganda ko‗p ishlatiladi. Ular 1) oddiy telefon 117 kanaliga modem orqali ulanish, 2) uyali telefon orqali ulanish, 3) DSL usulida va kabel modemi orqali ulanish, 4) korporativ mahalliy tarmoq orqali 5) simsiz ulanish. Bu usullar tezligi bo‗yicha quyidagi tartibda joylashadi: simsiz Wi Fi yoki Wi Max standartlari orqali ulanish (5 megabit/s gacha), korporativ tarmoq orqali (2 megabit/s gacha), DSL usulida (1 megabit/s gacha), uyali telefon orqali (120-160 kilobit/s gacha), dial-up usuli (56 kb/s gacha). Bir vaqtlar ko‗pchilik uchun interentga ulanishning yagona yo‗li oddiy telefon liniyasiga dialup modemi orqali ulanish edi. Bu usulda ulanganda sizga internet xizmatlarini ko‗rsatuvchi provayderning serveriga ulaniladi va u orqali internetga chiqiladi. Aslida Provayderning serveriga emas, bu serverga ulangan modemga chiqiladi. Provayder serverida bunday modemlar yuzlab, xatto-ki minglab bo‗lishi mumkin. Modemlar sizning va provayderning kompyuterlari hamda ularning dasturiy ta‘minoti orqali boshqariladi. Modemni boshqarish uchun maxsus farmoyishlar to‗plami bor. Bu to‗plam AT yoki Hayes (Hayes – modemlar ishlab chiquvchi kompaniya) farmoyishlari to‗plami deb ataladi. U modemlar tushunadigan til bo‗lib, uning farmoyishlari orqali modemga turli sharoitlarni nima qilish kerakligi buyuriladi. dial-up usulida bog‗lanishning kamchiligi juda sekin ishlashidir. Bir vaqtlar telefon kompaniyalarining texnikasi analogli signallarda ishlar edi va bu tezlikni ko‗tarishning iloji bo‗lmasdi. Internetga bo‗lgan talabning oshishi bilan telefon kompaniyalari raqamli signallar bilan ishlaydigan texnikani o‗rnatdilar va hozirgi kunda internetga bog‗lanishning tezligi juda katta bo‗lishi mumkin. dial-up usulidan ancha tez bo‗lgan bog‗lanishlar keng polosali bog‗lanish deb ataladi. Odatda bu nom bilan DSL va kabel modemi orqali bog‗lanish tushuniladi. Kabelli bog‗lanishda telefon stantsiyasidan kabelli televidenie kabeli kabi keng polosali kabel tortib kelinadi. DSL usulida modem keng polosali telefon kabeliga ulanadi. DSL texnologiyasining bir necha turlari bo‗lib, ulardan ko‗p ishlatiladiga asinxron DSL (ADSL) usulidir. 118 DSL texnologiyasi telefon liniyasining ikkala uchida modem bo‗lishini talab qiladi. Bu texnologiyada telefon liniyasi band qilinmaydi. Buning o‗rniga oddiy telefon liniyasidagi telefon kanali ishlatadigan polosadan yuqoriroqda joylashgan va ancha keng bo‗lgan polosa ishlatiladi. Keng polosali signallar tezroq so‗nadi. Shu sababli DSL usulida telefon stantsiyasidan uncha uzoq bo‗lmagan abonentlar foydalana oladilar. Tezlik qancha katta bo‗lsa, bu masofa shuncha kichik bo‗ladi. Masofani oshirish uchun repitor (tiklagich)lar yordamida so‗na boshlagan signal kuchaytiriladi. 1) Online xizmatlar deb foydalanuvchi ularga ulanishi bilan darhol xizmat ko‗rsatishga tayyor bo‗lgan xizmat turlariga aytiladi. Ulardan farqli ravishda, offline xizmatlarida ularga yuborilgan talabnomalar darhol bajarilmaydi. Masalan, elektron kimoshdi savdolarida buyum siz aytgan narxda darhol sotilmaydi. Aksincha, takliflarni qabul qilish muddati tugagach, ular qayta ishlanadi. Bu xizmatlar o‗z dasturiy ta‘minotlariga egalar. Online xizmatlarida siz o‗zingizning kompyuteringizga o‗rnatilgan yoki bu xizmatlar tomonidan taklif qilingan dasturiy ta‘minotdan foydalanishingiz mumkin. 2) Har bir online xizmat o‗ziga tegishli resurslar, kontent, maxsus xududlarga ega bo‗ladi. Ulardan hamma ham foydalana bermaydi. Buning uchun bu xizmatlarga obuna bo‗lish kerak bo‗ladi. 3) Siz biron-bir xizmatdan foydalanayotganingizda, siz bu xizmat doirasidan tashqariga chiqa olmaysiz, sizning bu xizmat doirasidan chiqib ketmasligingizga FireWall (olovli devor) deb ataluvchi dasturiy ta‘minot javob beradi. FireWall tarmoqdagi himoya tizimi bo‗lib, u tarmoqdan o‗tayotgan paketlarni o‗tkazib yuborishi yoki aksincha to‗xtatib qolishi mumkin. Har bir online xizmatlari o‗zlarining FireWall tizimlarini faqat unga obuna bo‗lganlar foydalanadigan qilib sozlaydilar. 4) Online xizmatlar odatda o‗z dasturiy ta‘minotini taklif qiladilar. Bu dasturiy ta‘minot bir vaqtning o‗zida bir qator internet xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini beradi.

Download 19,21 Kb.
1   2   3




Download 19,21 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



-bob. INTERNETNING ISHLASH TEXNOLOGIYASI

Download 19,21 Kb.