|
«Start 35» tarif rejasi! Narxlash Oylik abonent to‘lovi 35 000 so‘mBog'liq Start35 uz«Restart» xizmati shartlari
1. «Restart» xizmati *222# USSD-so‘rovi yordamida faollashtiriladi.
2. «Restart» xizmatidan raqami Faol holatda bo‘lgan abonentlar foydalana oladilar.
3. «Restart» xizmati abonentga mustaqil tarzda oylik abonent to‘lovining yechilishini tashkillashtirish hamda tarif
rejasi shartlari bo‘yicha oylik limitlarni olish imkonini taqdim etadi. «Restart» xizmati samarali
faollashtirilganidan so‘ng abonentning oylik davri mazkur xizmatning so‘nggi marta samarali faollashtirish
sanasiga muvofiq yangilanadi.
4. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng abonent hisobidan to‘liq qiymatda oylik abonent to‘lovi yechiladi
va abonentning tarif rejasi oylik abonent to‘lovi doirasida to‘liq oylik limitlar belgilanadi. Keyin, abonentda oylik
abonent to‘lovi abonentning yangi oylik davriga muvofiq yechiladi.
5. Xizmatni faollashtirish uchun abonent hisobida oylik abonent to‘lovining to‘liq hajmda yechilishi uchun yetarli
miqdorda mablag‘ bo‘lishi lozim. «Restart» xizmatini faollashtirganidan so‘ng tarif bo‘yicha abonent to‘lovi
yechiladi va to‘liq hajmda limitlar belgilanadi.
6. «Restart» xizmati samarali faollashganida, tarif rejasi doirasida oldin belgilangan limitlar (O‘zbekiston
bo‘yicha daqiqalar va MBlar) qoldiqlari bekor qilinadi.
7. Tarif rejasi bo‘yicha oylik abonent to‘lovining yechilish kunida «Restart» xizmatini faollashtirib bo‘lmaydi.
8. «Restart» xizmatidan sutkasiga faqat 1 marta (joriy sutkaning boshidan, 00:00 dan 23:59 gacha) foydalanish
mumkin.
|
| |