• MAVZU: Variatsion qatorlar, uning metodikasi REJA: Kirish
  • Variasion qatorning sonli tasniflari. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati
  • Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari




    Download 0.5 Mb.
    bet1/6
    Sana11.05.2023
    Hajmi0.5 Mb.
    #58601
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Uzbekov Baxtiyor 012-18 mustaqil ish
    Ikromov Komilbek 012-18 mustaqil ish, Hasanova Shahlo 012-18 Amaliy ish, Nig\'monov 012-18 Amaliy ish, O\'rinboyev Sarvar 012-18 mustaqil ish, Mirzajanov Xusan 012-18 mustaqil ish, Alimatova Zulxumor 012-18 mustaqil ish, 7-amaliy ish

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

    Bioinformatika va biomexanika fanidan




    Mustaqil ish


    Bajardi: Uzbekov Baxtiyor
    Tekshirdi: Saydazimov J.
    Toshkent - 2023
    MAVZU: Variatsion qatorlar, uning metodikasi


    REJA:



    1. Kirish

    2. Variatsion qatorlar va ularning turlari

    3. Variatsion qatorlarni grafiklarda tasvirlash

    4. Variatsion qatorning taqsimot parametrlari

    5. Variasion qatorning sonli tasniflari.

    6. Xulosa

    7. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati


    Variatsion qatorlar va ularning turlari

    Statistikada to’plam iborasi juda keng qo’llaniladi. To’plam hajmi deb bu to’plamdagi obyektlar soniga aytiladi. To’plamning quyidagi turlari mavjud: asosiy; 37 tanlama; cheklangan; cheksiz. Tanlanma to’plam, yoki oddiy kilib, tanlanma deb tasodifiy ravishda tanlab olingan obyektlar to’plamiga aytiladi. Bosh to’plam deb tanlanma ajratilgan obyektlar to’plamiga aytiladi. Masalan, 1000 ta detaldan tekshirish uchun 100 ta detal olingan bo’lsa, u holda bosh to’plam hajmiga N=1000, tanlanma hajmi esa n=100. Bosh to’plam ko’pincha chekli sondagi elementlarni o’z ichiga oladi. Ammo bu son ancha katta bo’lsa, u holda hisoblashlarni soddalashtirish yoki nazariy xulosalarni ixchamlash maqsadini ko’zda tutib, ba‟zan bosh to’plam cheksiz ko’p sondagi obyektlardan iborat deb faraz qilinadi. Bunday yo’l qo’yish shu bilan oqlanadaki bosh to’plam hajmini orttirish tanlanma ma‟lumotlarini ishlab chiqish natijalariga amalda ta‟sir etmaydi. To’plam birligi - kuzatish talab etiladigan element. Belgi - to’plam birligining belgilar turlari: sonli; son bilan ifodalab bo’lmaydigan.


    Variatsiya - belgining o’zgarishidir. Variant - o’zgaruvchi belgining konkret ifodasi. Variantlar lotin harflarida belgilanadi. Masalan:

    O’zgaruvchi belgining miqdorlari majmuasi variatsion qator deb ataladi. Agar variantlarni ko’payish yoki kamayish bo’yicha joylashtirsak, tartibli variatsion qatorni tuzamiz.
    Eksperimentlar yoki o‘lchash natijalari odatda o‘lchanayotgan kattaliklar son qiymatlaridan iborat qatorni tashkil qiladi va uni ko‘pincha variatsion qator deb ataladi.




    Miqdoriy o‘lchami bir oraliqning yuqori chegarasiga, ikkinchisining quyi chegarasiga teng to‘plam birliklarini qaysi guruhga (oraliqqa) kiritish kerak? degan savol tug‘iladi.
    Amaliyotda bu masala ikki yo‘sinda yechiladi. Birinchi holda oraliq quyi chegaraga teng va undan katta, ammo yuqori chegaradani kichik qiymatda deb talqin etiladi, ya’ni «..... dan ..... gacha (uni hisobga olmasdan)». Ikkinchi holda esa u quyi chegaradan katta (uni hisobga olmasdan) ammo yuqori chegarani qo‘shib oladi deb belgilanadi, ya’ni «..... dan va ..... gacha qo‘shib (hisobga olib)».
    Ammo mantiq va uslub jihatidan oraliqlar chegarasini variantalarning o‘zgaruvchanlik xususiyatlarini hisobga olib belgilash eng to‘g‘ri yo‘l hisoblanadi. Agarda oraliqlar (guruhlar) tadrijiy (uzuq - uzuq) o‘zgaruvchan belgi asosida tuzilayotgan bo‘lsa, u holda ularni quyi chegarasini ham, yuqori chegarani ham o‘z ichiga oladigan qilib belgilash ma’qul. Buning uchun quyi chegara qilib eng kichik qiymatli belgi olinadi va undan boshlab kenglik miqdorida yuqori chegara hisoblanadi.
    Masalan, 2200 ta xonadonlarning har birida yashovchilar soni 1 kishidan to 14 kishigacha bo‘lgan bo‘lsa, u holda jami xonadonlarni quyidagi oraliqli taqsimot qatori shaklida ifodalash mumkin.
    kishi

    Oraliqlar (variantalar), kishi

    1-3

    4-6

    7-9

    10-12

    13-14

    Jami

    Xonadonlar soni

    100

    450

    800

    500

    350

    2200

    Oraliqli variatsion qator uzluksiz o‘zgaruvchan belgi asosida tuzilsa, yondosh oraliqlar chegarasini uzuq shaklda ifodalab bo‘lmaydi, chunki bunday yechim mazkur belgining tabiati va o‘zgaruvchanlik xususiyatini hisobga olmaydi. Ma’lumki, uzluksiz o‘zgaruvchan belgi har qanday miqdoriy qiymatga ega bo‘la oladi, uning ayrim qiymatlari yondosh oraliqlarning uzilish bo‘shlig‘ida yotishi mumkin. Shuning uchun, oraliqlarni bir-biridan uzmasdan, birining yuqori chegarasini ikkinchi yondoshining quyi chegarasi qilib belgilash kerak. Oraliq so‘zi ayni quyi chegaradan boshlab yuqori chegaragacha bo‘lgan kenglikni anglatadi. Demak, quyi chegarani qo‘shib hisoblash, yuqori chegarani hisobga olmaslik mantiqan to‘g‘ri bo‘ladi.
    Misol: kichik sanoat korxonasida 50 ta ishchilardan har biriga hisoblangan oylik ish haqi to‘g‘risida quyidagi ma’lumotlar berilgan (ming so‘m):



    (1) 20,22

    (2) 37,19

    (3) 42,78

    (3) 49.10

    (4) 51.93

    (4) 54.88

    (4) 58.58

    (5) 63.35

    (5) 67.38

    (6) 75.42

    (1) 28,68

    (2) 40,02

    (3) 44.32

    (3) 50.10

    (4) 52.77

    (4) 55.52

    (4) 59.43

    (5) 64.54

    (5) 68.52

    (6) 77.48

    (2) 30,28

    (3) 40,28

    (3) 45.31

    (4) 50.88

    (4) 53.12

    (4) 56.41

    (4) 60.13

    (5) 64.92

    (6) 70.38

    (6) 79.00

    (2) 32,36

    (3) 41,15

    (3) 46.99

    (4) 50.82

    (4) 53.79

    (4) 56.88

    (5) 60.79

    (5) 65.73

    (6) 72.11

    (7) 88.32

    (2) 34,64

    (3) 41,95

    (3) 47.61

    (4) 51.57

    (4) 54.01

    (4) 57.61

    (5) 62.12

    (5) 66.86

    (6) 74.15

    (7) 90.20

    Ilova: Qavs ichida muayyan ishchi kiradigan guruhlarni tartib soni ko‘rsatilgan.

    Bu sonlarni, 0,1 aniqlikda ifodalab, yuqorida keltirilgan Sterjess mezoni yordamida qator oraliqlar soni (k) va chegarasini (i) aniqlaymiz.


    Sterjess formulalari: k = 1+3.32 logN = 1+1,441 ln50 = 6,64≈7


    i = (90.2 - 20.2) / 7 = 10 ming so‘m.
    Bularga binoan quyidagi oraliqli variatsion qatorni tuzamiz.
    1-jadval
    Kichik korxona ishchilarining oylik ish haqi bo‘yicha taqsimoti



    Oylik ish haqi bo‘yicha guruhlar
    (ming so‘m)

    Ishchilar oni

    O‘rta guruhiy ish
    haqi (ming so‘m) xj

    Jami ish haqi
    (ming so‘m)









    kishi fj

    jamiga nisbatan % da f’j

    A

    1

    2

    3

    4q2*3

    5

    6

    20,2-30,2

    2

    4

    25,2

    50,4

    -0,12

    0,36

    30,2-40,2

    5

    10

    35,2

    175,0

    -0,20

    0,40

    40,2-50,2

    10

    20

    45,2

    452,0

    -0,20

    0,20

    50,2-60,2

    16

    32

    55,2

    883,2

    0

    0

    60,2-70,2

    9

    18

    65,2

    586,8

    0,18

    0,18

    70,2-80,2

    6

    12

    75,2

    451,2

    0,24

    0,48

    80,2-90,2

    2

    4

    85,2

    170,4

    0,12

    0,36

    Hammasi

    50

    100




    2770

    0,02

    1,98


    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.5 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Statistik to‘plam birligi, taqsimot qatorlari va ularning tasviriy parametrlari

    Download 0.5 Mb.