|
Stendning maqsadi va uning o'quv jarayonidagi o'rni Stendning texnik ma'lumotlari va ish sharoitlari
|
bet | 1/12 | Sana | 16.05.2024 | Hajmi | 0,52 Mb. | | #238408 |
MUNDARIJA
KIRISH
1. UMUMIY
1.1 Stendning maqsadi va uning o'quv jarayonidagi o'rni
1.2 Stendning texnik ma'lumotlari va ish sharoitlari
1.3 Blok-sxema va uning ishlashi tavsifi
1.4 Prinspial elektr sxemasi.
2. MAXSUS
2.1 O'rnatishdan oldin qurilmalar, agregatlar va mahsulotlarni tekshirish texnologiyasi
2.2 Montaj ishlari
2.3 Sozlash texnologiyasi
2.4 Stendning ishlashga yaroqliligini tekshirish metodikasi
2.5 Laboratoriya ishi uchun ko'rsatmalarni tuzish
2.6 Ko’p uchraydigan nosozliklar bo’yicha yoriqnoma tuzish
2.7 Transformatorni hisoblash
3 ISHLAB CHIQARISH TASHKIL ETISH
3.1 Yig’uvchi-chilangarning ish joyini tashkil etish
3.2 Ish joyiga qo’yiladigan talablar, ish joyini rejasini tuzish.
4. IQTISODIY QISM
4.1 Tashkiliy hisob-kitoblar
4.2 Asosiy materiallar va butlovchi qismlarning sarfi va narxini aniqlash
4.3 Mahsulot tannarxini hisoblash
5. MEHNAT MUXOFAZASI
5.1 Mantaj asboblari bilan ishlashda xavfsizlik choralari, mantaj va ishga tushirish ishlarida elektr xavfsizligi.
5.2 Stendda ishlashda elektr toki urishidan himoya qilish bo'yicha texnik choralar
6. XULOSA
ADABIYOTLAR
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning PQ-57-son qarori 2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi tehnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qaroriga muvofiq Ijtimoiy va uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida hamda iqtisodiyot tarmoqlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng joriy etish, energiya samaradorligini oshirish orqali respublika hududlarida energiya taqchilligi qoplanishini ta’minlash, bu boradagi ishlarni kompleks tashkil etish hamda investorlar uchun qulay sharoitlar va rag‘batlantirish mehanizmlarini joriy qilish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning PF-220-son farmoni. Energiya tejovchi tehnologiyalarni joriy qilish va kichik quvvatli qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risidagi farmoni. Aholi va tadbirkorlik subyektlarining qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini joriy etish, ushbu manbalar orqali elektr va issiqlik energiyasi bilan ta’minlash hamda ma’muriy-maishiy bino va inshootlarda energiya resurslaridan samarali foydalanishni rag‘batlantirish.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2021yil 2-fevralda Toshkent viloyatida quvvati 240 Mvt bo‘lgan navbatdagi issiqlik elektr stansiyasi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4971-son qarori qabul qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning 2020-yil 22-dekabrda «Navoiy viloyatida quvvati 500 Mvt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish» investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-4933-sonli qarori qabul qilindi.
Elektr energivasidan hozirgi davrda insoniyat taraqqiyotida keng foydalanilmoqda U sanoatda va gishloq xo‘jaligida turli mexanizmlarni harakatga keltirishda, bevosita texnologik jarayonlarda, transportda va madaniy-maishiy hayotda keng qo‘llaniladi. Zamonaviy aloqa vositalari - telefon, telegraf, radio, televidenia kabilarning ishlashi ham elektr energiyasidan foydalanishga asoslangan. Elektr energiyasiz kibernetika, xisoblash texnikasi, kosmik texnikasi kabilarni rivojlantirish mumkin bolmas edi. Elektr energiyaning asosiy samarali xususiyati shundan iboratki, u uzoq masofaga oson uzatilishi va nisbatan sodda va kam isrof bilan boshqa turdagi energiyalarga o‘zgartirilishi mumkin. Elektr energiyasi xozirgi davrda insonlar tomonidan eng ko‘p foydalaniladigan energiya turidir. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra elektr energetikasining taraqgiyotiga butun jaxonda, shu jumladan bizning mamlakatimizda juda katta e’tibor qaratilgan.
O‘zbekiston energetikasining rivojlanish tarixi. 1914 yilda Turkiston energetika xo‘jaligining quvvati 20 ming ot kuchidan ortiqroq bo‘lib, mavjud 51 ta elektr stansiyalardagi umumiy elektr motorlarining son 500 tadan oshmas edi.
1917 yilga kelib xozirgi O‘zbekiston Respublikasi xududidagi elektr stansiyalarning umumiy guvvati 3 ming kVt ni tashkil qilib, ularda bir yilda 3,3 mln. kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqarilgan.
O‘zbekiston energetikasi taraqqiyotida Turkiston o‘kasini elektrlashtirish rejasining tuzilishi katta axamiyat kasb etdi. 1923 yil Toshkent shaxri chekkasidan o‘tuvchi Bo‘zsuv kanalida gidroelektr stansiyasi (GES) qurilishi boshlandi. 1926 yil O‘zbekiston energetikasida birinchi - o‘sha vaqtda O‘rta Osiyoda eng katta bo‘lgan 2 ming kVt quvvatli Bo‘zsuv GESining birinchi navbati ishga tushirildi.
O‘zbekiston energetika tizimi tuzilgan paytda (1934 y.) Respublikada elektr energiyasi quvvatining o‘sishi asosan Chirchiq-Bo‘zsuv yo‘nalishidagi umumiy quvvati 180 ming kVt bo‘lgan ketma-ket qurilgan gidroelektr stansiyalari xisobiga to‘g‘ri keldi.
1939 yilda Qizilqiya ko‘mir xavzasi negizida Quvasoy Davlat rayon elektr stansiyasi (DRES) ning 12 MVt quvvatli kondensasion turbina agregati va Toshkent to‘qimachilik kombinati issiqlik elektr stansiyasining 6 MVt quvvatli ikkita turbinasi ishga tushirildi.
Elektr stansiyasining qurilishi va sanoat korxonalarining rivojlanishi magistral elektr tarmoqlarini qurish zaruratini keltirib chiqardi. Qodiriy GESining ishga tushirilishi bilan bir vaqtning o‘zida Respublikada birinchi bo‘lib undan Toshkent shariga elektr energiyasini uzatuvchi 35 kV kuchlanishli ikki zanjirli liniya foydalanishga topshirildi.
1939-1940 yillarda 110 kV kuchlanishli xavo liniyalari Quvasoy IBSini
Andijon shahri bilan, Tavoqsoy GESini Chirchiq shaxri bilan bog‘ladi.
Vatan urushi yillarida Toshkent shahri atrofini bog‘lovchi 35 kV kuchlanishli xalqasimon xavo liniyasi qurib bitkazildi, shimoliy sanoat rayonini elektr energiya bilan ta'minlash uchun katta quvvatli "Severnaya" podstansiyasi qurildi. 1943 yil Sirdaryo daryosida qurila boshlangan 125 ming kVt quvvatli
Farxod GESi kimyo sanoatini rivojlantirish va sug‘oriladigan yerlarni suv bilan ta’minlash imkonini berdi. O‘zbekiston va qo‘shni respublikalarning 700 ming gektardan ortiqroq yerlarini o‘zlashtirishga imkon beruvchi suv to‘gonlari qurildi.
Angren ko‘mir havzasini o‘zlashtirilishi ikkita issiqlik elektr stansiyasi - 600 ming kVt quvvatli Angren IES va Olmaliq issiqlik elektr markazi (IEM) ni qurishga asos bodi.
1972 yil Sirdaryo IESida O‘rta Osiyoda birinchi eng katta kritik parametrlarda (bug‘ bosimi 240 atm., xarorati 545 S) ishlovchi 300 ming kVt quvvati energetika blogi ishga tushirildi. Xozirgi paytda Sirdaryo IES da 10 ta shunday quvvatli bloklar ishlamoqda.
Hozirgi paytga kelib o‘rnatilgan uskunalar quvvatlarining yig‘indisi 11,0 mln. kVt bo‘lgan 37 issiqlik va suv elektr stansiyalarini o‘z ichiga olgan.
O‘zbekiston energetika tizimi asosini yirik elektr stansiyalari, shu jumladan, Sirdaryo (3.0 mln. kVt), Toshkent (1.86 mln. kVt,. Yangi-Angren (1,8 min. kVt) va Navoiy (1,25 mIn. KVt) issiqlik elektr stansiyalari tashkil etadi. Ushbu elektr stansiyalarda birlik quvvati 150 - 300 ming kVt. bo‘lgan 30 dan ortiq zamonaviy energetika bloklari o‘rnatilgan. Loyixa quvvati 3,2 mln. kVt va energetika blokining birlik quvvati 800 ming kVt bo‘lgan Markaziy Osiyoda eng katta Tollimarjon issiqlik elektr stansiyasining(IES) qurilishi davom etmoqda.
Gidroelektr energetikasi O‘zbekiston Respublikasi energetika vazirligi tizimidagi bir nechta unchalik katta bo‘lmagan quvvatli GES kaskadlari bilan belgilanadi. Bulardan O‘rta-Chirchiq GESlar kaskadi tarkibiga kirib, suv omborlariga ega bo‘lgan 600 ming kVt quvvatli Chorvoq va 165 ming kVt quvvatli Xojikent GESlari asosan quvvat balansini rostlovchi stansiyalar sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Qolgan GESlaring ish xolatlari esa xavzadan oqib o‘tuvchi suv miqdori bilan belgilanadi.
Ko‘p miqdorda ishlab chiqariluvchi elektr energiyani masofaga samarali uzatish va iste’molchilarga taqsimlash turli kuchlanishdagi elektr uzatish liniyalaridan foydalanishni taqazo etadi. Xozirgi davrda O‘zbekiston Respublikasidagi barcha nominal kuchlanishli elektr uzatish liniyalarining umumiy uzunligi taxminan 220 ming km bo‘ lib, 500 kV kuchlanishli liniyalar 1,6 ming km, 220 kV kuchlanishli liniyalar 4,6 ming km va 0,4-10 kV kuchlanishli liniyalar 170 ming km ni tashkil etadi.
Energetika tizimi - elektr va issiqlik tarmoqlari yordamida o‘zaro tutashib, umumiy ish xolatiga ega bo‘lgan elektr va issiqlik stansiyalari, nimstansiyalari va iste'molchilari majmuyidir.
Elektr va issiqlik energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va ularni iste'mol qilishni samarali tashkil etish uchun energetika tizimini xosil qilish magsadga muvofiqdir. Energetika tizimi quyidagi bir qator afzalliklarga ega.
Yuqori ishonchlilik. Tizimning biror elementi (generator, transformator, liniya va h.k.) shikastlansa, uning vazifasini boshqa - ishdan chiqmagan elementlar bajarishi natijasida iste’molchilarni elektr energiyasi bilan ta'minlashdagi uzluksizlik saqlab qolinadi. Shuningdek, muayyan xududda elektr energiya tanqisligi kuzatilgan xolatda talab etiluvchi go‘shimcha quvvat alohida xududlardagi tizimlarni tutashtiruvchi uzatish liniyasi orqali yetkazib beriladi.
Yuklama maksimumlarining bir xil vaqtga to‘g‘ri kelmaganligidan foydalanish. Birlashgan energetika tizimining faoliyat ko‘rsatish masshtabi katta bo‘lgan xollarda turli xududlardagi iste’molchi yoki energetika tizimlari yuklamalarining maksimal qiymatga erishish vaqtlari turlicha bo‘lishi mumkin.
Bunday xollarda birlashgan energetika tizimining umumiy yuklama grafigi nisbatan tekislanishi natijasida qo‘shimcha samaraga erishiladi.
Quvvat zahirasini kamaytirish. Quvvatni alohida xududlardagi energetika tizimlarini tutashtiruvchi linivalar orqali bir energetika tizimidan boshqasiga uzatish mumkinligi sababli alohida energetika tizimlaridagi zaxira quvvatlarini minimumgacha kamaytirish imkoniyati paydo bo‘ ladi.
Energetika tizimi xolatini optimallash imkoniyatlarining kengayishi.
Energetika tizimi yuklamasini ko plab turli tavsiflarga ega bo‘lgan elektr stansiyalari o‘rtasida samarali taqsimlash, tizim elementlarining samarali yuklanishlarini ta'minlash imkoniyatlari ortadi.
Mohirona foydalanish mumkinligi. Elektr tarmog elementlarini tez ulash yoki uzish va ularni ta'mirlash imkoniyatlari paydo bo ladi.
Yirik agregatlardan foydalanish mumkinligi. Energetika tizimida o‘rnatiluvchi agregatlarning maqsadga muvofiq bo‘lgan eng katta quvvati tizimning umumiy yuklamasi bilan belgilanadi. Shu sababli kichik tizimlarda foydalaniluvchi agregatlarning quvvatlari xam nisbatan kichikdir. Tizimning kattalashishi bilan unda foydalaniluvchi agregatlarning quvvatlarini oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi. Boshqa tomondan, katta quvvatli bitta agregatni qurish va undan foydalanish xarajatlari umumiy quvvati unga teng bo‘ lgan bir nechta agregatlarni qurish va foydalanish xarajatlariga nisbatan kichikdir.
Elektr energetika tizimlari va ularning elementlarini loyixalash, montaj qilish va foydalanish ishlari bilan shug‘ullanuvchi yosh mutaxassislar quyidagilarni bilishlari lozim:
elektr tarmoq elementlarining almashtirish sxemalarini qurish va xisob parametrlarini topish;
elektr tarmoqlari xolatlarini xisoblash;
elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonida yuz beruvchi xodisalarming fizik ma' nosi;
elektr energetika tizimlari xolatlari va parametrlarini boshqarish va rostlash;
elektr tarmoqlarini loyixalash.
Shunday qilib, elektr tarmoqlari va tizimlarini loyihalash va ishlatishda xal etiluvchi asosiy masalalardan biri ularing iqtisodiy samaradorligini aniqlash va ta'minlashdan iboratdir. Buning uchun birinchi navbatda ko‘ p miqdorda quvvat va energiya istof bo‘luvchi elementlarga katta e'tibor qaratilishi lozim. Elektr tarmoqning aynan shunday ko‘p miqdorda quvvat uzatuvchi va mos xolda quvvat va energiya sarf bo‘luvchi elementlaridan bo‘lib 220-500 kV o‘ta yuqori kuchlanishli liniyalar xisoblanadi. Bunday liniyalarda isroflarni xisoblashda avvalo ularing o‘ta yuqori kuchlanishli va uzun ekanligi bilan bog‘liq bo‘1gan xarakterli xususivatlari e’tiborga olinishi lozim. Jumladan bunday liniyalarning xolatlarini xisoblash va taxlil qilishda ularda parametrlarning tarqalganligi e’tiborga olinadi.
Elektr energiyasini hayot davomiyligining barcha bosqichlarida tejash muammolari energetika sanoati oldida turgan asosiy muammolardan biridir. Ushbu muammolarni kompleks hal qilish elektr energiyasini ishlab chiqarish, uzatish va iste'mol qilishning yangi axborot resurslarini tejaydigan va ekologik toza texnologiyalariga o‘tish bilan bog‘liq. Elektr tarmoqlarida elektr energiyasini uzatishda yo‘qotishlarni minimallashtirish kerak.
Hozirgi vaqtda energiya tizimlarining ishlash rejimlarini modellashtirish va optimallashtirishda sezilarli tajriba to‘plangan, ya'ni. elektr energiyasini uzatish rejimlarini rejalashtirish va nazorat qilish muammolarini hal qilish tajribasi. Elektr tarmoqlari tuzilmasi va parametrlarini optimallashtirish natijalari elektr energiyasining ishlab chiqarishdan tashqari yo‘qotishlarini uzatilayotgan elektr energiyasining umumiy hajmining 15-20 foizigacha tejash bo‘yicha katta zaxiralar mavjudligini aniqladi. Shu bilan birga, hozirgi kunga qadar ishlab chiqilgan ba'zi modellar va optimallashtirish usullari deterministik bo‘lib, elektr tarmoqlari va elektr energiyasi bozorining haqiqiy sharoitlarini hisobga olmaydi. Ushbu usullar yordamida olingan optimal echimlar faqat o‘ziga xos chegara shartlariga mos keladi va, qoida tariqasida, ruxsat etilgan hudud chegarasida bo‘ladi. Tabiiyki, bunday "optimal" echimlar amalda qabul qilinishi mumkin emas. Rasmiy nuqtai nazardan, elektr energetika tizimlarining ishlashining real sharoitlarini hisobga olish muammosi shundan iboratki, matematik dasturlash modellarida rejalashtirish va rejimni boshqarish vazifalari qisqartiriladi, ba'zi parametrlar. maqsad funktsiyasi va cheklovlar tasodifiy o‘zgaruvchilardir. Elektr energetika tizimlarida asosiy tashqi bezovta qiluvchi omillar elektr energiyasini iste'mol qilishning tasodifiy jarayonlari, asosiy ichki bezovta qiluvchi omillar esa texnologik jihozlar elementlarining ishdan chiqishi hisoblanadi.
Ma'lumki, dunyodagi barcha elektr tarmoqlari va elektr iste'molchilarining deyarli 100% o‘zgaruvchan tokda ishlaydi.
Dunyoda elektr energiyasi hamma joyda qimmatlashmoqda va uni tsivilizatsiya tomonidan iste'mol qilish doimiy ravishda oshib bormoqda. Shu sababli, jahon energetika sanoatining dolzarb muammosi o‘zgaruvchan tok elektr energiyasini tejashdir.
Quvvat transformatori har bir zamonaviy avtomatlashtirilgan elektr tarmog‘ining eng muhim elementlaridan biridir. Elektr energiyasini ishlab chiqarish joyidan iste'mol qilinadigan joyga uzoq masofalarga etkazish zamonaviy tarmoqlarda yuqori va pasayuvchi transformatorlarda bir nechta transformatsiyalarni talab qiladi.
Ko‘pgina kichik iste'molchilar o‘rtasida energiyani taqsimlash zarurati generatorlar soniga nisbatan individual transformatorlar sonining sezilarli darajada oshishiga olib keladi. Bunday holda, energiyani erkinroq boshqarish uchun har bir keyingi bosqichda past kuchlanishli tarmoqdagi transformatorlarning umumiy quvvati odatda yuqori kuchlanishning oldingi bosqichining kuchidan kattaroq qilib tanlanadi. Shu sabablarga ko‘ra, tarmoqqa o‘rnatilgan barcha transformatorlarning umumiy quvvati hozirgi vaqtda umumiy generator quvvatidan taxminan 7-8 barobar oshadi. Yaqin kelajakda bu nisbat sezilarli darajada oshishi mumkin.
Elektr stantsiyasidan masofa oshgani sayin transformatorlarning birlik quvvati pasayadi va transformatorni ishlab chiqarish uchun materiallarning solishtirma iste'moli va quvvat birligiga yo‘qotishlar, shuningdek, 1 kVt yo‘qotish narxi oshadi. Shuning uchun barcha quvvat transformatorlari uchun iste'mol qilinadigan materiallarning muhim qismi tarmoqning eng chekka qismlariga, ya'ni 35 va 10 kV kuchlanishli transformatorlarga sarflanadi. Xuddi shu transformatorlarda energiya yo‘qotishlarining asosiy qismi eng qimmat narxda to‘lanadi.
Ishning maqsadi:
Ushbu loyihaning maqsadi "Guruh uch fazali transformator" mavzusida laboratoriya ishlarini o'tkazish uchun laboratoriya stendini ishlab chiqishdir.
Talabalar uchun laboratoriya mashg‘ulotlari o'quv jarayonining eng muhim qismi xisoblanadi. Ular kurs mazmunini yaxshiroq tushunishga yordam beradi va talabada maxsus ko'nikmalarni rivojlantiradi. Birinchi navbatda talaba darsliklardan asosiy nazariy materialni, ma’ruza matnlarini va laboratoriya ishi bo'yicha dastlabki malimotlarni amaliy o'rganadilar .
Laboratoriya mashg‘ulotlaridan talabalar tajriba va ko'nikmalar xosil qiladilar, Bu esa yuqori malakali mutaxassis tayarlashda beqiyos ahamiyatga ega .
|
| |