|
Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo
|
bet | 7/8 | Sana | 02.11.2023 | Hajmi | 94.91 Kb. | | #93021 |
Bog'liq strategik boshqaruv 2-mavzu T.ma\'lumot, Rozia KURS ishi, 11-Sinf Ingliz tili imtihon javoblari, 10 sinf adabiyot fani darsligi boyich, Abdusoatova Dildora Baxrom qizi, Toshkent davlat texnika universiteti termiz filiali (1), aka7141, 1-Amaliy, adabiyotlar ro\'yxati, Shablonlar tushunchasi Hafta 6 Ma’ruza 6-fayllar.org, 03d56af0-97eb-4e5e-ae92-c4b4a35060fa, Reference-3482211022-576, 1, Informatika va axborot texnologiyalari (T.Safarov, Sh.O\'roqov, R.Baxromov)Kompaniya vazifasi=tasavvur+kredo. «Tasavvur» atrofdagilar tasavvurida kompaniya qiyofasini shakllantirishga yo’naltirilgan. Uning asosini kompaniyaning bozordagi obrqsi (joriy yutuqlar) va kompaniya qziga tashqi muhitda ta’minlanmoqchi bo’lgan imidj (kelajakdagi intilish) tashkil etadi. Tasavvurning asosiy mazmuni «Bu qanday tashkilot»? savoliga javobdan iborat. Bu erda, odatda, kompaniya faoliyatining sohasi, asosiy tovar va xizmatlari, iste’molchi guruhlar, faoliyatning geografik joylashuvi kabi tushunchalar beriladi. «Kredo», o’z navbatida, kompaniyaga ichki butunlikni beradi va xodimlarda umumkorporativ maqsadlarga erishish qiziqishini oshirishga mo’ljallangan. U kompaniyaning dunyoqarashini (strategik mqljallar) va asosiy qarash, nuqtai nazarini (taktik yqnalishlar) ifodalaydi. Kredo «Tashkilot nimaga intilmoqda»? savoliga javob beradi. Bu erda asosiy e’tibor falsafa, boyliklar tizimi, ichki madaniyat, raqobatbardoshlik asosiga qaratiladi.
Yuqorilardan kelib chiqqan holda korxona yoki tashkilot vazifasining asosini tashkil etishi lozim bo’lgan asosiy unsurlarni ajratish mumkin. Bular:
nom va status;
tovar yoki xizmat;
strategik mqljal;
manfaatdor guruhlar;
raqobatbardoshlik asosi.
Vazifa unsurlarining ketma-ketligi va mazmuni, shuningdek vazifa shakli, ancha o’zgarishi mumkin va ko’p omillarga bog’lik. Har qanday holatda ham vazifa ifodasi korxona tarixi, obro’si va imidji bilan muvozanatda bqlishi lozim. Bunda iste’molchilarga o’z «va’dalar»ini aytish oldin, iqtisodiy sub’ekt ularni bajarish uchun o’z kuchi va resurslarining etarliligini baholashi kerak. Maq-sadlar eng kamida realistik va erishiladigan bo’lishi lozim.
Rejalashtirishning zamonaviy nazariyasida har bir korxona o’zining asosiy maqsadlarini aniqlaydigan faoliyatning sakkizta asosiy soha ajratiladi. Bular-korxonaning bozor o’rni, innovatsion faoliyat, ishlab chiqarish darajasi, ishlab chiqarish resurslarining mavjudligi, barqarorlik darajasi, boshqarish tizimi, personal malakasi va ijtimoiy javobgarlik. Ushbu sohalar doirasida foyda-lilik, moliyaviy barqarorlik, bozor ulushining o’sishi, ilmiy tekshiruvlar, resurs ta’minoti, diversifikatsiya, ishlab chiqarish samaradorligi, mahsulot va xizmatlar sifati, menejment tizimining rivojlanishi, xalqaro kompaniyaga aylanishi va h.klar kabi asosiy maqsadlar ajratiladi.
U yoki bu korxona ko’zlagan maqsadlar individual xarakterga ega va qaysi tarmoqqa tegishliligi, korxona turi, bozordagi pozitsiya, mos etkazib beruvchilar, xom ashyo manbalari va h.klar singari omillarga bog’liqdir. Shu bilan birga maqsadlarni shakllantirishning ba’zi umumlashtiruvchi tamoyillar xaqida gapirish imkonini beruvchi qator tashqi makroiqtisodiy omillarni ajratish mumkin. Hozirgi korxonalar oldida tekshiruvlar va ilmiy yangiliklarni tadbiq qilish sohasidaga maqsadlar turibdi. Biznes globalizatsiyasi korxonalarni milliy va xalqaro manfaatlarni hisobga olishga majbur qilayapti.
Vazifa va maqsadlar aniqlanganidan so’ng strategiyani tanlash va tahlil qilish bosqichi boshlanadi, ya’ni strategik boshqaruvning o’zagi.
|
| |