Strategik bozor – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining




Download 15.57 Kb.
bet1/3
Sana18.01.2023
Hajmi15.57 Kb.
#38566
  1   2   3
Bog'liq
imtihon
Bir fazali o’zgaruvchan tоk elеktr zanjirlari-fayllar.org, Поздравление к юбилею, BMI, malumot baz 1, malumotlar baz 3 abbosxon, Articles

Strategik bozor – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining tahlilidir. Bozor nuqtai nazaridan qaraganda xaridor tovarning o‘ziga emas, balki shu tovar yordamida echiladiigan muammoning hal qilinishiga muhtojdir. Echimga turli texnologiyalar yordamida erishiladi, texnologiyalarning o‘zi esa tinimsiz o‘zgarib turadi. Strategik bozorning roli - berilgan bozorning evolutsiyasini kuzatib borish va qondirishga muhtoj ehtiyojlarni tahlil qilish asosida turli mavjud yoki kutilayotgan bozorlarni yoki ularning segmentlarini aniqlashdan iborat.
Aniqlangan tovar bozorlari iqtisodiy imkoniyatlarni ifodalaydi, endi ularning jalb qiluvchanligini baholash kerak. Tovar bozorining jalb qiluvchanligi miqdoriy jihatdan bozor salohiyati tushunchasi bilan o‘lchanadi, dinamik jihatdan esa o‘zining mavjud bo‘lish muddati bilan yoki hayotiylik davri bilan tavsiflanadi. Muayyan firma uchun tovar bozorining jalb etuvchanligi uning raqobatbardoshligiga, boshqacha qilib aytganda, xaridorlarning ehtiyojlarini raqiblariga qaraganda yaxshiroq qondira olish qobiliyatiga bog‘liq. Firmaning raqobatbardoshligi uning raqobatli ustunlikka ega bo‘lishi yoki uning raqiblaridan ajralib turuvchi sifatlari tufayli yoxud xarajatlar bo‘yicha ustunlik beruvchi yuqori ishlab chiqarish samaradorligi tufayli mavjud bo‘ladi.
Tovarni bozorning o‘z-o‘ziga “tortayotganligi” yoki tovarning bozorga texnologik jihatdan “kiritalyotganligidan” qat’iy nazar, tovar o‘zining iqtisodiy va tijorat ahamiyatini baholash maqsadida strategik bozor nazoratidan o‘tishi kerak. Tadqiqotlar va ishlanmalar xizmatlari (ITTKI), ishlab chiqarish va strategik bozor o‘rtasidagi muvofiqlik bu o‘rinda hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Tovar uchun bozor tanlash shu muvofiqlikning natijasi bo‘lib, ishlab chiqarish quvvatlarini belgilash va investitsion qarorlar qilish uchun zamin yaratadi va binobarin, firmaning butun moliyaviy tuzilmasining muvozanatda bo‘lishini ta’minlashda g‘oyatda muhimdir.
Shunday qilib, strategik bozorning roli firmani manfaatli iqtisodiy imkoniyatlarga yo‘naltirish, ya’ni uning “nou-xau” va resurslariga mos keladigan, rentabellikning o‘sish salohiyatini ta’minlovchi imkoniyatlarga yo‘naltirishdan iborat. Strategik bozor jarayoni o‘rta va uzoq muddatli istiqbollarga egadir. Uning vazifasi firmaning missiyasini aniqlash, maqsadlarni belgilash, o‘sish strategiyasini ishlab chiqish va tovar portfelining muvozanatlangan tuzilmasini ta’minlashdan iborat.

Download 15.57 Kb.
  1   2   3




Download 15.57 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Strategik bozor – bu, avvalo, jismoniy shaxslar va tashkilotlar ehtiyojlarining

Download 15.57 Kb.