Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati




Download 267.52 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana02.04.2024
Hajmi267.52 Kb.
#185806
1   2   3
Bog'liq
sud-psixolog-eksperti-ijtimoiy-psixologik-kompetentligining-rivojlanishida-emotsional-intellektning-ahamiyati
Sonlarga mo’ljallangan chiziqli dasturlash modelining sifatini t, TO\'GARAK, Xususiy kapital va uning samaradorligining tarkibi, Faoliyat va motivatsiya. Muloqot. Asosiy savollarga javoblar Fao, Shaxsning riojlanishi slayd, Pedagogik muloqotning vazifalari va uslublari, JANE EYRE[1], Анорганик химиядан практикум, Reja erkin o’qlar. Giroskoplar qo’llanilishi. Giroskoplar haqid, biznes-reja-2022-yil-tasdiqlashga, geometriya 10 uzb 2022, Adirov-Ehtimol, Milliyiqtisodiyot uzk, Azimov Laziz Normurodovich
Keywords: forensic psychologist-expert, socio-psychological competence, 
forensic psychological examination, professional competence, competence, 
personality of an expert, emotional intelligence, professional activity 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1270


KIRISH 
Mamlakatimizda sud-huquq tizimini tubdan isloh qilish, kadrlar tayyorlash 
tizimini yanada takomillashtirish va soha mutaxassislarining kasbiy tayyorgarlik 
darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratilib kelinmoqda. “Sud ekspertizasi 
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respulikasi qonunida sud ekspertizasi sohasidagi 
munosabatlarni tartibga solish, bo‘yicha muhim vazifalar belgilangan. Bu vazifalarni 
bajarishda sud psixologik ekspertizasi ekspertlari kasbiy kompetentligini 
takomillashtirishga oid tadqiqotlar alohida ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan, sud 
psixologik ekspertizasi ekspertlari psixologik kompetentligini oshirish, ularning 
shaxsiy fazilatlarini ro‘yobga chiqarish, psixokorreksion usullar orqali faoliyat 
samaradorligiga bevosita ta’sir etuvchi sotsial-psixologik kompetentlik omillarini 
shakllantirish dolzarb muammo sifatida qaraladi. 
Sotsial-psixologik kompetentlik bilan bog‘liq manbalarni tadqiq qilganimizda 
unga aloqador bo‘lgan tahlillar tadqiqotimizda sud psixolog ekspertining sotsial-
psixologik kompetentligi ularning kasbiy kamoloti jarayoniga bog‘liqligini yana bir 
jabhadan yoritishga undadi. Bu esa sotsial-psixologik kompetentlikni rivojlanishiga 
ta’sir qiluvchi omillar hisoblanmish emotsional intellektning sud psixolog eksperti 
faoliyatida o‘zaro aloqadorlikda rivojlanish jarayonini alohida tadqiq qilishni talab 
qiladi.
Zamonaviy psixologiyada «emotsional intellekt» tushunchasi keng qo‘llanilib, 
ushbu tushunchani fanga P. Selov va Dj. Meyerlar olib kirdilar. 
Mualliflarning fikricha, emotsional intellekt – emotsiyani ifoda etish va baholash 
qobiliyati; emotsiyani tushunish va emotsional bilimlarga egalik; qolaversa, shaxsning 
emotsional va intellektual kamolotini o‘zaro birlashtiruvchi emotsional boshqaruv 
qobiliyati hisoblanadi. “Emotsional intellekt” terminini fanga kiritilishi bilan 
emotsional va bilish jarayonlarining nisbati nuqtai nazaridan tadrijiy o‘zgarish yuz 
berdi.
Emotsiyalarni tadqiq qilish ko‘pincha intellekt tadqiqotlaridan alohida tarzda 
amalga oshiriladi. Shunga qaramasdan, affektiv va kognitiv (bilish) jarayonlari 
o‘rtasidagi munosabatlarni tizimli tahlil qilishning dastlabki urinishlari amalga 
oshirilmoqda. Nemis psixologi va faylasufi G.Mayerning “Psychologie des 
emotionalen Denkens”(1908) nomli kitobida tafakkur turlarining mukammal tasnifi 
keltirib o‘tilgan. G.Mayer “hukm qiluvchi” tafakkur turi bilan birga emotsional 
tafakkurni ajratib ko‘rsatadi, unda amaliy ehtiyojlar - iroda va his-tuyg‘u birinchi 
o‘rinda turadi. Bu tafakkur turlarini bir-biriga taqqoslagan G.Mayer ular o‘rtasidagi bir 
qancha umumiyliklarni, xususan: o‘xshash mantiqiy jarayonlar kuzatish mumkinligini 
ta’kidlaydi (sharhlash, ob’ektivlashtirish, kategorial apparat faoliyati). Shunga 
qaramasdan, emotsional tafakkur harakatlarida mantiqiy tafakkurdan farqli tendensiya 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1271


mavjud bo‘lib: unda bilish jarayoni “ko‘lankali, orqa fonga surilgan, diqqat markazi 
amaliy maqsadga qaratilgan bo‘lib, unda bilish shunchaki qo‘shimcha vosita sanaladi”. 
G.Mayer emotsional tafakkurni affektiv (estetik va diniy) va irodaviy turlarga 
ajratadi. Estetik tafakkur deyilganda, “yoqadi - yoqmaydi” ko‘rinishidagi mulohazasini 
o‘z ichiga oladigan estetik kechinmalar tushuniladi. Diniy tafakkurda esa fantaziyaning 
emotsional tasavvurlari, e’tiqod fikrlari (irrotsional, affektiv hamda irodaviy istak bilan 
yuzaga keladigan “Olloh mavjud” mulohazasi namuna bo‘ladi)ga kiritiladi. 
G.Mayerning tadqiqotlari go‘yoki tafakkurda bilishga bo‘lgan qiziqish ikkinchi 
darajali hisoblanishi haqidagi “intellektual xurofotlar”ni tarqatadi va “emotsional 
tafakkur” insonning aqliy faoliyatida ahamiyatli rol o‘ynashini ta’kidlab o‘tadi. 
1970-1980 yillarning oxirlariga kelib emotsiya va tafakkurning o‘zaro ta’sirini 
o‘rganishga doir qiziqish ortib bordi. Bu davrda emotsional va kognitiv jarayonlarning 
o‘zaro samarali ta’siri haqidagi qarashlar ko‘pgina tadqiqotlarda o‘z isbotini topdi. 
Masalan: tafakkur realligiga depressiyaning ta’sirini o‘rganish inson kayfiyatining 
o‘zgaruvchanligi va kreativlikka moyillikning o‘zaro bog‘liqligi shuningdek, 
emotsional o‘zini-o‘zi boshqarish imkoniyatlarini o‘rganish, kayfiyat va fikr-
mulohazani birlashtiruvchi “kognitiv halqa” mavjudligi haqidagi gipoteza ilgari 
surilgan edi. Bunday qarashning mohiyati shundaki, salbiy his-tuyg‘ular negativ 
fikrlarga olib keladi va o‘z navbatida emotsional kechinmalarning tezligini kuchaytirib 
yuboradi. Qolaversa, ijobiy emotsiyalar pozitiv fikrlarni faollashtiradi. R.Lazarusning 
kognitiv konsepsiyasida emotsiyalarning bilish determinatsiyasi haqidagi g‘oya 
markaziy hisoblanadi. 
Kognitiv bavosita ifodalanishn emotsiyalarning paydo bo‘lishidagi zarur sharti 
sifatida baholanadi. R.Lazarusning konsepsiyasida asosan ikki ta holat muhim 
hisoblanadi: 
1) mohiyatidan qat’i nazar har bir emotsional reaksiya o‘ziga xos turdagi kognitiv 
yoki baho funksiyasi; 
2) emotsional javob reaksiyasi qandaydir sindromni o‘zida ifodalaydi, uning har 
bir alohida qismi umumiy reaksiyadagi qandaydir muhim lahzani o‘zida aks ettiradi. 
Intellektning ko‘plab turdagi kategoryalarining imkoniyatini aniqlagan 
X.Gardner 1983 yilda “intropsixik qobiliyatlar” (introspeksiya - o‘zini-o‘zi kuzatish 
qobiliyati) va “shaxsiy qobiliyatlar” deb ataluvchi turli intellektual qobiliyatlarning 
mavjud bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi fikr bildirdi. Gardner dastlab intellektning 
yetti turini ajratib ko‘rsatadi: vizual-makonli, verbal-lingvistik, mantiqiy-matematik, 
tana-harakatli,musiqali-ritmik, shaxslararo va ichki shaxsiy; 1998 yilda tabiiy va 
mavjudlik turlari qo‘shildi. 
Har bir intellektual qobiliyat hayot faoliyatining muayyan sohasida 
muvaffaqiyatga erishishda muhim hisoblanadi. Intellektning har bir komponenti 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1272


qimmati muayyan intellektual qobiliyatlarning rivojlanishiga rag‘batlantiruvchi va 
rag‘batlantirmaydigan umumiy mezonlar orqali aniqlanadi. 
Gardner har bir yangi aniqlanadigan intellekt turi (shakl)ga mos keladigan 
mezonlarni taklif qildi. Avvalo, har bir intellekt shakli o‘zining belgilar tizimiga ega 
bo‘lishi lozim.Shu bilan birga, u o‘zining asosiy operatsiyalari yoki funksiyalari 
tizimiga tayangan holda dalillarni olish kerak. Gardnerning modeli yanada 
integrallashgan, shu bilan birga, intellekt tabiati va paydo bo‘lish shakllariga bo‘lgan 
farqli qarashni amalga oshirishga imkon berdi. E.Doll, D.Veksler va R.Liperlar 
tomonidan boshlangan tadqiqotni R.Sternberg davom ettirdi. Natijada “real hayotda 
yuzaga keladigan vaziyatlarga moslashish, o‘zgartirish yoki tuzatish qobiliyati” 
sifatida belgilangan “amaliy intellekt” konsepsiyasi paydo bo‘ldi. 
R.Sternbergning nazariyasida intellekt shaxsning atrof-muhitga moslashishiga 
xizmat qiluvchi informasion tizim sifatida qaraladi. Triarxik nazariyaning asosiy 
mazmuni quyidagicha: “Intellektni aqliy o‘z-o‘zini boshqarish, butun hayotni 
konstruktiv maqsadga yo‘naltirilgan usul yordamida aqliy boshqarish sifatida belgilash 
mumkin”. Aqliy o‘z-o‘zini boshqarish uch asosiy elementni o‘z ichiga oladi: atrof-
muhitga moslashish, yangi atrof-muhit ta’sirini tanlash yoki shaxs bilan mosmuhitni 
tanlash va atrof-muhitni shakllantirish. 
Sud 
psixolog 
ekspertlarining 
kasbiy 
kamolotida 
sotsial- 
psixologik 
kompetentlikni rivojlanishida emotsional intellekt orasidagi uyg‘unlikni baholashda N. 
Xoll tomonidan yaratilgan “Emotsional intellektni o‘rganish” metodikasini tanladik.. 
Test natijalarining dastlab umumiy natijalari xususida to‘xtalsak, so‘ngra uning sotsial 
intellekt bilan o‘zaro aloqadorlikda o‘rganishga harakat qilamiz. A.Adler emotsional 
intellekt haqida to‘xtalar ekan, shaxsning muomalaga qobiliyatini IQ emas, balki uning 
emotsional ekvalenti emotsioanal intellekt(YeQ) eng muhim ko‘rsatkichi sifatida 
belgilaydi, degan edi. 
NATIJALAR 
Bugungi kunda emotsional intellektni xarakterlovchi beshta asosiy elementini 
keltirib o‘tamiz: 
- o‘z emotsiyasini bilish; 
- o‘z emotsiyasini boshqarish; 
- shaxsiy motivatsiyasini shakllantirish; 
- boshqa insonlarning emotsiyasini aniqlash; 
- o‘zaro munosabatlar bilan boshqarish.
Endi asosiy natijalar sharhiga murojaat etaylik. Agar emotsional intellektning 
tabiatiga e’tibor qaratilsa, unda sotsial-psixologik kompetentlikni to‘ldiradigan tomoni 
borligining guvohi bo‘lamiz. 
Sud psixolog ekspertlarining emotsional intellektini tatbiq etilgan usulning beshta 
shkalasiga asoslanib amalga oshiramiz. 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1273


Sud psixolog ekspertlari emotsional intellektining umumiy ko‘rsatkichlari N=102 
Emotsional 
intellektni o‘rganish 
testi 
Shkalalar 


Emotsional bilimdonlik 
13,73 
2,748 
O‘z emotsiyasini boshqarish 
12,02 
1,41 
O‘z-o‘zini rag‘batlantirish 
12,29 
1,86 
Empatiya 
13,09 
2,19 
O‘zga insonlarning kechinmalarini sezish 
12,11 
2,21 
Izoh:
M - o‘rtacha qiymat 
S - standart xatolik 
Sud psixolog ekspertlarining emotsional intellektining umumiy natijalari uchta 
shkalasi bo‘yicha yuqori va ikkita shkalasi bo‘yicha o‘rta natijani qayd etmoqda. 
Ulardagi emotsional bilimdonlik (13,73 ball) yuqori darajadan o‘rin egallaganligi 
shaxs kechinmalarining chegaralari, shaxslararo munosabatlardagi his-tuyg‘ularni 
anglash, emotsional intellektning ikki tomoni, ya’ni o‘zining emotsiyalarini tushunish 
uchun intellektual boshqaruvga yoki aksincha kasbiy faoliyat jarayonida kreativ 
impulslar va intuisiyalarni ta’minlashda emotsiyaga zarurat borligini anglash, inson 
emotsiyasining vazifalari haqidagi tushunchalarga, faoliyat jarayonida emotsional 
barqarorlik va beqarorlik, stressli holat, depressiya va ularni yengib o‘tish yo‘llarini 
qidirish haqidagi psixologik va hayotiy tajribadan xabardor ekanligini ko‘rsatmoqda. 
Aynan emotsional sovadxonlik YeQning muhim jihati sifatida shaxs xususiyatlari va 
individualligiga singib boradi. O‘ylaymizki, Sud psixolog ekspertlarining emotsional 
savodxonligining bu darajasi sudga oid psixologik ekspertizai jarayonida vujudga 
keladigan psixologik buzilishlar, emotsional zo‘riqishlar, Sud psixolog ekspertlarining 
o‘zaro munosabatlarini hissiy tushunishiga nazariy jihatdan yetarlicha tayyorligini 
anglatadi. 
YeQ ning ikkinchi ko‘rsatkichi “o‘z emotsiyasini boshqarish”. Bu shkala 
bo‘yicha Sud psixolog ekspertlari o‘rtacha qiymatni namoyon etgan bo‘lib, unda Sud 
psixolog ekspertlarining emotsiya to‘g‘risidagi nazariy bilimlarini amaliyotda joriy 
etishda bir oz ortda qolayotganliklar, qiyin vaziyatlarga duch kelganda emotsional 
zo‘riqishlarga berilishi, atrofdagilarni tushunishda asabiylashishlari mumkinligidan 
dalolat bermoqda (12,02 ball). Bu holatni ushbu kasbining mashaqqali mehnati 
oqibatidir deb baholashimiz mumkin. 
Emotsional intellektning yana bir muhim funksiyasi bu shaxsning psixik 
ko‘tarinkiligini quvvatlash, unda o‘ziga ishonch tuyg‘usi va rag‘batni ta’minlashdan 
iboratdir. Sud psixolog ekspertlarining mazkur yo‘nalishdagi emotsional jihatlarini 
“o‘z-o‘zini rag‘batlantirish” shkalasi qiymatlari bilan izohlashga to‘g‘ri keladi. “O‘z-
o‘zini rag‘batlantirish” shkalasidagi ko‘rsatkichlar o‘rtacha daraja bilan cheklangan 
(12,29 ball). Sud psixolog ekspert emotsional intellektining ushbu shkalasida ham sud 
psixolog ekspertlar bo‘yicha ular emotsiyasining muhim funksilari va imkoniyatidan 
foydalanish yo‘l va usullarini ko‘rsatish lozim bo‘lar ekan. Tahlil etilayotgan natijalar 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1274


umumiy bo‘lganligi bois sud psixolog ekspertlarining vazifalari bo‘yicha sotsial 
psixologik kompetentlik bilan bog‘liq holati tahlil etilayotganda yangi ma’lumotlar 
bilan taqdim etish imkoniyati tug‘ilar. Agar “o‘z-o‘zini rag‘batlantirish” shkalasi 
natijalariga ko‘ra, sud psixolog ekspertlarining emotsional imkoniyatini o‘z-o‘zini 
rag‘batlantirish, tushkunliklar, ruhiy zuriqishlar va kezi kelganda yutuqlarga 
erishganda hamundan yetarlicha qoniqish olishning psixologik usullarini bilishi kerak. 
Ammo, keyingi “empatiya” shkalasi qiymatlari ancha ijobiydir (13, 09 ball). 
Empatiya sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatini ta’minlashning muhim 
shartidir. Sud psixolog ekspertlarining hamkasblarini va atrofdagilarni tushunishida 
empatiya muhimdir. Amaliyotda empatiyaning yetishmasligi turli darajadagi nizolarga 
va o‘zaro tushunmovchiliklarni keltirib chiqaradi. Bunday holatdan Sud psixolog 
ekspertlari anchagina yiroq deya olamiz.
“O‘zga insonlarning kechinmalarini sezish” shkalasi natijalari ham aynan 
empatiyaniki singari yuqori qiymatlidir (12,11 ball). Sud psixolog ekspertarining 
kasbiy kamolotiga ko‘ra shaxslararo munosabatlarda o‘zaro tushunish, o‘zga 
insonlarni kechinmalarini his etish, ularga o‘z munosabatini bildira olishi, verbal va 
noverbal xulq-atvoridagi o‘zgarishlarni baholashga qobiliyatliliklari emotsional 
intellekt natijalarida o‘z aksini topmoqda.. Natijalarda umumiy qiymatlarni yoritgan 
singari o‘rtacha qiymat nuqtai nazardan emas, balki intellektlar orasidagi ichki 
munosabatni korrelyatsion tahliliga tayanildi. 
XULOSA 
Tadqiqotimiz davomida sud psixolog ekspertlari sotsial-psixologik kompetentligi 
omillarini har biri o‘ziga xos dinamikasi va natijasiga ega ekanligi qayd etildi va bu 
uslub, o‘z navbatida, ijtimoiy psixologiya fanidagi sotsial-psixologik kompetentlik 
samaradorligini belgilashda muhim ahamiyat kasb etishi tabiiy. 
Sud psixolog ekspertlarining sotsial-psixologik kompetentligini rivojlanishida 
emotsional intellektning o‘rni beqiyos. Sud psixolog ekspertlarining kasbiy faoliyatiga 
yo‘naltirilgan talablarning o‘sib borganligi hamda ijtimoiy tajribalarning 
shakllanganligiga bog‘liq bo‘lishi mumkin. 
Sud 
psixolog 
ekspertlarining 
sotsial-psixologik 
kompetentlik 
omillari 
ko‘rsatkichlarining oshishi bevosita ularning kasbiy faoliyatida tajribaning oshishi 
bilan bir qatorda ijtimoiy ko‘nikma va malakalarni shakllanishi bilan ham bog‘liq. 
Sud psixolog ekspertlari kamolotida sotsial-psixologik kompetentlikning roli 
faoliyat davomiyligining oshishi bilan bir qatorda shaxs ijtimoiylashuviga ham 
bog‘liqdir.
Umuman, sud psixolog ekspertlari shaxsiy va kasbiy faoliyati uyg‘unligining 
namoyon etilishida muhim ahamiyat kasb etuvchi sotsial-psixologik kompetentlikni 
ko‘rsatkichlariga baho berishda, ularning adekvat muloqotmandligi, adekvat 
emotsional munosabati kabi omillarini chuqur o‘rganish, tahlil qilish va tegishli 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor 3,848 (SJIF)
February 2023 / Volume 4 Issue 2
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
1275


empirik xulosalar chiqarish orqali sud psixolog ekspertlari kasbiy faoliyat 
kompetentligini taminlash mumkinligi yana bir bor o‘z tasdig‘ini topdi. 

Download 267.52 Kb.
1   2   3




Download 267.52 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sud psixolog eksperti ijtimoiy-psixologik kompetentligining rivojlanishida emotsional intellektning ahamiyati

Download 267.52 Kb.
Pdf ko'rish