Sozlash jarayoni tugadi va Androidda birinchi loyixani yaratish mumkin




Download 1 Mb.
bet13/21
Sana20.11.2023
Hajmi1 Mb.
#101981
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21

Sozlash jarayoni tugadi va Androidda birinchi loyixani yaratish mumkin.

Androidda dastur yaratishdan oldin uni muhitga tekshirish va testdan o‘tkazish lozim. Buning uchun Android Virtual Device (AVD) – Android smartfoni emulyatori yordam beradi. Birinchi navbatda AVDni sozlab olish kerak. Buning uchun Android Studioda Windows menyusidan Android AVD Manager tanlanadi. Ochilgan oynaning Target ro‘yxatida yuklab olingan Androidning turli rusumlari joylashgan. Undan 2.3.3 platformasi tanlanadi. Creat AVD tugmasini bosib, AVD Manager oynasi yopiladi. Endi yangi loyixa yaratishga o‘tamiz. Buning uchun Android Studioning File menyusidan New-Project bosiladi va ochilgan oynadan Android Application Project tanlanadi. Next tugmasi bosilgandan so‘ng Proektning fayllari parametrlarini kiritish boshlanadi.





–4.6rasm. Yangi loyixa yaratish. Application Name yaratiladigan dasturning nomi;

Project Name yaratiladigan loyixaning nomi; Package name shu loyixada ishlatiladigan sinflar uchun prefiks vazifasini bajaradi. Build SDK da qanday Android rusumi uchun loyixa yaratilayotgani keltiriladi. Next oynasi bosilganda Activity oynasi ochiladi. Mana

shu erda izoh keltirib o‘tish lozim. Android operatsion tizimida dasturlashda Activity, Layout va View tushunchalari mavjud. Activity – bu shakl, ya’ni barcha ob’ektlar joylashadigan oyna tushuniladi. Layout – bu ob’ektlarni tartib bilan joylashtiruvchi guruh. View esa aynan mana shu ob’ektlar (Button, edit va h.k.). Next va Finish tugmalari bosiladi va Android Studio oynasiga o‘tiladi.

Android Studio oynasi bir necha bo‘lakdan iborat bo‘lib, o‘rtadagi oynada yaratilayotgan loyihaning ko‘rinishi hamda kodlari joylashgan. Bizga kerakli fayllar esa oynaning chap qismida joylashgan. Ular daraxtsimon ko‘rinishga ega: src papkada yaratilgan va yozilgan barcha kodlar joylashadi; gen papkasida ishlab chiqarilgan fayllar joylashgan bo‘lib, bu fayllar dasturning to‘g‘ri ishlashi uchun kerak. SHuning uchun bu papkaga tegilmaydi;

Android 2.3.3 papkasida ushbu rusumning kutubxonalari joylashgan; assets va res papkalarida esa boshqa turli tipdagi fayllar joylashgan; AndroidManifest.xml – dasturning config fayli hisoblanadi.




Download 1 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Download 1 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sozlash jarayoni tugadi va Androidda birinchi loyixani yaratish mumkin

Download 1 Mb.