Sanoat korxonalarida suvdan foydalanishning samaradorligi boshqarish koʻrsatkichlari




Download 1,26 Mb.
bet3/3
Sana08.02.2024
Hajmi1,26 Mb.
#152914
1   2   3
Bog'liq
EKOLOGIYA SUV

Sanoat korxonalarida suvdan foydalanishning samaradorligi boshqarish koʻrsatkichlari


Начало формы

Конец формы



Korxonalardagi oqova suvlar zararli moddalardan tozalanib, qayta foydalanishi yo‘lga qo‘yilmoqda


“O‘zbekneftgaz” AJ Boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev topshirig‘i bilan jamiyat tasarrufidagi korxonalarda hosil bo‘ladigan oqova suvlarni imkon qadar qayta ishlatish darajasigacha tozalab, foydalanishni yo‘lga qo‘yilmoqda.
Bundan chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida birinchidan tabiatga salbiy ta’sir kamaytirilsa, ikkkinchidan iqtisodiy samaradorlikga va uchinchidan tabiiy resurslar, ya’ni suvdan oqilona foydalanishga erishiladi.
Hozirda suvdan foydalanishda, oqova suvlarni tozalashda va undan tashqari yangi qurilish yoki qayta qurish loyihalarni amalga oshirish jarayonida suvlardan oqilona foydalanishni yo‘lga qo‘yish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.
2020-yilda korxonalar bo‘yicha jami 22,7 mln kub metr texnik suv foydalanilgan bo‘lib, 2019-yilga nisbatan (23,8 mln kub metr) 1,1 mln kub metrga kam sarf qilingan.
O‘tgan yili “Muborak” gazni qayta ishlash zavodidagi sanoat oqova suv tozalash inshoati qurilmalarida joriy ta’mirlash ishlari olib borildi. Natijada oqova suvlar tarkibidan 252 kub metr neft mahsulotlari ushlab qolindi.
Mikrobiologiya instituti bilan hamkorlikda maishiy oqova suvlarni biologik tozalash samaradorligi oshirildi. Tozalangan oqova suvlarga hududiy davlat sanitar-epidemiologik nazorat markazidan ruxsatnoma olinib, doimiy monitoring o‘tkazilgan holda sug‘orish maqsadlarda ishlatilmoqda. 2020-yilda jami hosil bo‘lgan va tozalangan 193,5 ming kub metr maishiy oqova suvlaridan 184,03 ming kub metr texnik ekinlarni sug‘orishda foydalanildi.
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasidagi 152 gektar maydonda barpo etilgan daraxtzorlarda an’anaviy sug‘orish usuludan voz kechilib, tomchilatib sug‘orish tizimi joriy etilgan. O‘tgan yilda tomchilatib sug‘orish orqali 68,4 ming kub metr suv tejaldi.

Bundan tashqari, bug‘ gaz havo ta’minoti sexi demineral suv tayyorlash va bug‘ kondensatini tozalash qurilmasidagi filtrlarning yuvish jarayonida hosil bo‘lgan oqovani qayta ishlatish orqali 2020-yil davomida 6,3 ming kub metr suv iqtisod qilindi. Ushbu sexning sovutish tizimida loyihaviy suv sarfi 376 m/soat belgilangan bo‘lib, har yili olib boriladigan tadbirlar natijasida suv sarfi 159,6 m/soatga kamaytirildi.
Muborak neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasida yiliga 850,7 ming kub metr hosil bo‘ladigan qatlam oqova suvlarni atrof muhitga ziyon yetkazmasdan, qayta quduqlarga haydash ishlari olib borildi. Qatlam suvlari yig‘iladigan har bir quduq uchun tegishli litsenziya hujjatlari rasmiylashtirildi.
“O‘zbekneftgaz” AJ tasarrufidagi barcha korxonalardagi oqova suvlarni tozalash inshootlarini modernizatsiya qilish, qayta qurish va yangi zamonaviylarini barpo etish yo‘li orqali suvni tejashga erishishni yanada jaddalashtirish rejalashtirilgan.
Jamiyatga qarashli 10 ta korxona Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan “Atrof-muhitga yuqori va o‘rta xavfli toifaga mansub 240 ta yirik sanoat korxonalarida zamonaviy lokal tozalash inshootlarini o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha Dastur”ga kiritilgan. Ushbu dastur asosida 4 ta korxonada yangi qurilish va 6 tasida qayta qurish tadbirlari amalga oshiriladi.
Dastur doirasida “Uzbekneftegaz GTL” zavodida 500 m/soat quvvatiga ega eng zamonaviy oqova suvlarni tozalash inshootini qurish ishlari olib borilmoqda. Hosil bo‘ladigan mineralizatsiyalashgan, yog‘li, ifloslangan yuza suvlari va maishiy oqova suvlarni tozalash uch bosqichda olib boriladi.
Birinchi bosqichda hosil bo‘lgan mineralizatsiyalashgan oqovalar bug‘lantiruvchi kristalizator qurilmasida tuzsizlantirilib, yuqori kontsentratsiyali kub qoldiqlari suvsizlantiriladi.
Ikkinchi va uchinchi bosqich aynan tozalash inshootida ketma-ketlik bilan amalga oshiriladi. Bu yerda tozalash ishlari zamonaviy qurilmalar orqali mexanik, fizik-kimyoviy, biologik usullar orqali amalga oshiriladi. So‘nggi bosqich tozalash samarasi eng yuqori bo‘lgan membranali bioreaktor qurilmasida amalga oshiriladi. Tozalangan oqova suvlari to‘liq qayta texnologiyaga ishlatish uchun yuboriladi.

Shuningdek, Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi kunlik 360 kub metr quvvatiga ega bo‘lgan mavjud tozalash inshootining o‘rniga quvvati kunlik 1000 kub metrni tashkil etadigan zamonaviy inshoot qurish rejalashtirilgan. Hozirgi kunda loyihaga asosan inshootning zamonaviy tangetsial qum tutgich kompakt qurilmasi, temir beton konstruktsiyali oqovalarni qabul qilish, taqsimlash, aerotenka, birlamchi va ikkilamchi tindirgichlarni qurish ishlari olib borildi. Mavjud uskunalarni zamonaviy energiya tejamkorlarga almashtirildi.
Biologik tozalash samaradorligini oshirish maqsadida zamonaviy havo aeratorlari va oqovalarni zararsizlantirishning oxirgi bosqichida kimyoviy reagentlar o‘rniga, Koreya texnologiyasi asosida ultra binafsha nur orqali tozalaydigan uskunalarini o‘rnatish uchun keltirildi. Tozalash inshooti ishga tushgandan so‘ng tozalangan oqova suvlarni doimiy monitoring olib borish orqali majmuaga qarashli sanitariya himoya zonasida barpo etilgan daraxtzorlarni sug‘orish uchun ishlatilishi rejalashtirilgan.
“Buxoro” neftni qayta ishlash zavodida ham mavjud oqova suvlarni tozalash inshootida mexanik, fizik-kimyo (koagulyatsiya, flotatsiya, neytralizatsiya) va biologik tozalash usullari qo‘llanilgan. Asosiy ko‘rsatkichlardan tozalangan oqova suv tarkibida neft qoldig‘i kontsentratsiyasi 0,1 ml/litr miqdorga yetkazilgan va bir yilda jami 5208 tonna neft mahsulotlari ushlab qolingan, tozalash samaradorligi 99,9%ga oshirilgan.
Bundan tashqari “O‘zbekneftgaz” AJning yirik neft bazalarida ham oqova suvlarni tozalash samaradorligini oshirish maqsadida 2021-yilda oqova suvlarni tozalash inshootlarini qayta qurish rejalashtirilgan.
Download 1,26 Mb.
1   2   3




Download 1,26 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Sanoat korxonalarida suvdan foydalanishning samaradorligi boshqarish koʻrsatkichlari

Download 1,26 Mb.