• Tabiiy tolalar
  • I bob IP, PILTA VA PILIKNING ASOSIY




    Download 9.74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/62
    Sana19.02.2022
    Hajmi9.74 Mb.
    #17819
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
    Bog'liq
    piltalash va piliklash texnologiyasi
    KURS ISHI YUZI, SHAXSIY HUJJATLARI, Ma’ruza. Yarimo‘tkazgichlarning elektrofizik xossalari. Yarimo‘t, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, Optoelektronika, JGFJG, 12-lab, b45a534d-f7fd-49d1-ae10-245346ce43b5, n8vDmPqyZTxN1fsoEJiqkzSp3bxnvACGcSODgTzI, 1. Mashq qildiruvchi dasturlar bilan ishlashni o‘rgatish-hozir.org, 9-kl Inf 1-85 INFORMATIKA 9 kl qq, 1-маъруза РБТ, O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus, dilshodbek
    I bob
    IP, PILTA VA PILIKNING ASOSIY
    XOSSALARI
    Tola deb, ko‘ndalang o‘lchamlari uzunligiga nisbatan kichik 
    bo‘lgan egiluvchan jismga aytiladi. Tabiatda har xil turdagi juda 
    ko‘p tolalar uchraydi, lekin ularning hammasi ham to‘qimachilik 
    sanoatida qo‘llanilmaydi. Tolalarni sanoatda ishlatish uchun ular 
    ingichka, bir tekis va chidamli, ip yigirishga yaroqli hamda kerakli 
    uzunligi, qalinligi, egiluvchanligi, g‘adir-budurligi bo‘lishi lozim. 
    To‘qimachilik sanoatida xomashyo sifatida ishlatiladigan tolalar 
    yuqorida qo‘yilgan talablarga javob beradi va to‘qimachilik 
    tolalari deb ataladi.
    To‘qimachilik sanoatida ishlatiladigan barcha 
    tolalarni kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy va kimyoviy (sun’iy va 
    sintetik) tolalarga ajratish mumkin.
    Tabiiy tolalar tabiatdan – organik moddalar, ya’ni o‘simliklar 
    va jonivorlardan olinadi. Noorganik tolalar mineral birikmalardan 
    asbest tolasi olinadi. Kelib chiqishiga ko‘ra tabiiy tolalar 
    o‘simliklardan (paxta, zig‘ir, kanop), jonivorlardan (jun, tabiiy 
    ipak) olinadiganlarga bo‘linadi.
    Tabiiy tolalarning asosiy turi – paxta, zig‘ir, kanop, jun, tabiiy 
    ipak va mineral birikmalardan asbest tolasi. 
    Paxta – chigit atrofini o‘rab turuvchi tola bo‘lib, issiq 
    o‘lkalarda o‘sadigan o‘simlik. Tolani chigitdan ajratish ishlari 
    paxtani dastlabki ishlash zavodlarida amalga oshiriladi. Paxta 
    tolasi yuqori egiluvchanligi va pishiqligi bilan ajralib turadi. 
    Paxta tolasi nihoyatda ingichka bo‘lishiga qaramasdan juda 


    7
    chidamli. Ular bo‘yoqni yaxshi singa oladi. Tola uzunligi uncha 
    katta bo‘lmasa ham (25–45 mm) deyarli bir tekis joylashgan. 
    Paxta tolasining bu xossalari undan ingichka, ravon, pishiq 
    iplar olish imkoniyatini berish bilan birga, ulardan turli xil 
    matolar (nafis batisdan tortib qalin kiyimbob) ishlab chiqarish 
    imkonini beradi. Yuqoridagi afzalliklar boshqa tolalarga 
    nisbatan paxtaning birinchi o‘rinda bo‘lishini ta’minlaydi, 
    chunki yigiruvchanlik xususiyati bo‘yicha boshqa barcha 
    tabiiy tolalardan (ipakdan tashqari, lekin undan arzon) ustun 
    hisoblanadi. 
    Lub tolalari tutam bo‘lib, poya po‘stlog‘ida joylashgan 
    o‘simlikdir. Texnikaviy lub tolalari juda ham mustahkam va uzun, 
    lekin uzunligi bo‘yicha notekis. Ular bir-biri bilan yopishtirilgan 
    ingichka va kalta elementar tolalardan tashkil topgan.
    Lub tolalarini o‘simlik poya po‘stlog‘idan ajratish uchun 
    davomiy tabiiy ivitish, kimyoviy yoki issiqlik yordamida 
    ishlov berish, undan keyin esa titish amalga oshiriladi. 
    Shunday qilib, lub tolasini olish paxta tolasini olishdan ancha 
    qiyin hisoblanadi. Lub tolasidan yigirilgan ip paxta tolasidan 
    yigirilgan ipdan mustahkamroqdir. Biroq ulardan paxta tolasi 
    kabi ingichka ip olib bo‘lmaydi, chunki ular sezilarli darajada 
    yo‘g‘on, qo‘pol va uzunligi bo‘yicha notekisdir. Eng ingichka 
    lub tolalaridan sezilarli darajada ko‘p gazlama olinadi: ularga 
    sochiqlar, oshxona buyumlari, ayrim turdagi ko‘ylak uchun 
    gazlamalar, xalta-qop uchun mato va brezentlar; dag‘alroq 
    tolalardan esa qo‘polroq qoplar ishlab chiqariladi.
    Zig‘ir – bir yillik, ko‘katsimon, unchalik baland bo‘lmagan 
    ingichka poyali o‘simlikdir. Zig‘ir poyasidan olinuvchi tola 
    yuqori yigiruvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, undan turmushda 
    ishlatiluvchi va texnikada qo‘llaniluvchi ko‘p turdagi gazlama 
    mahsulotlari ishlab chiqariladi. Zig‘irning urug‘i esa turli xildagi 
    bo‘yoqlar, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish uchun 
    ishlatiladi.


    8
    Xomashyoni dastlabki ishlashdan asosiy maqsad, poya 
    po‘stlog‘idan tola qismini ajratib olishdir. Poyasidan tola olinuvchi 
    o‘simliklarga dastlabki ishlov berish zavodlarda poyalarni sovuq 
    yoki iliq suvda ivitish asosida olib boriladi.
    Jun – qo‘y, echki, tuya va boshqa turdagi hayvonlar sirtini 
    qoplab turuvchi tolaga aytiladi. Jun tolalari paxta tolasidan 
    uzunroq, lekin notekisligi yuqoriroq va chidamliligi pastroq, 
    lekin kerakli xususiyatlari ham bor. Ular juda egiluvchan, ya’ni 
    ma’lum bir ta’sirdan so‘ng o‘z holatiga qaytish xususiyatiga 
    ega. Egiluvchanlik xususiyati tufayli jun tolalaridan ishlangan 
    mahsulotlar uzoq muddat ishlatiladi, o‘zining boshlang‘ich 
    ko‘rinishini yo‘qotmaydi. Ishlatilgan va nam jun tolalarini ko‘p 
    marotaba har xil yo‘nalishda aralashtirish evaziga voylok hosil 
    bo‘ladi. Shu xususiyat asosida fetra va voylok hamda suknoli 
    matolar ishlab chiqarish, ishlov berish jarayonida valkalanadi.
    Ipak – bu ingichka ip bo‘lib, uni ipak qurti o‘zini qoplash, 
    ya’ni pilla hosil qilish uchun ishlab chiqaradi. Pillani yetishtirish 
    va chuvish juda katta mablag‘ va mehnat talab qiladi, shuning 
    uchun ham qimmat baholanadi. O‘ralgan ipak uzun va juda 
    ingichka tayyor ip bo‘lib, faqatgina qayta o‘ralishi kifoya. 
    Biroq, pillaning yarmidangina ip olish mumkin. Qolgan qismi 
    ipak yigirish fabrikalarida qayta ishlatiladi va undan yigirilgan 
    ipak olinadi. Ipak tolasi o‘zining qalinligi va chidamliligi 
    bilan ajralib turadi. Uning tashqi ko‘rinishi juda chiroyli va
    chidamli.
    Asbest tolasining o‘zini hamda paxta tolasi bilan aralashtirgan 
    holda yigirish mumkin. Undan faqat yo‘g‘on yigirilgan ip 
    olish mumkin. Asbest yonmaydi. U issiqlikni kam o‘tkazadi. 
    Shuning uchun undan yong‘inga chidamli matolar tayyorlashda 
    foydalaniladi.
    Kimyoviy tola – tola (ip) ishlab chiqarish usuli bilan zavodlarda 
    olinadi.


    9
     Kimyoviy tolalar – tabiiy yoki sintetik yuqori molekulali 
    moddalardan olingan kompleks iplarni kesish yoki uzish usuli 
    bilan ishlab chiqarilgan tolaga aytiladi.
    Ishlatilayotgan xomashyoni turiga qarab 3 ta asosiy guruhlarga 
    ajratish mumkin.
    – sun’iy tola – tabiiy yuqori molekulali moddalardan olingan 
    kimyoviy tola;
    – sintetik tola – sintetik yuqori molekulali moddalardan 
    olingan kimyoviy tola;
    – mineral tolalar – noorganik birikmalardan olinadi.
    Kimyoviy tarkibiga ko‘ra organik va neorganik tolalarga 
    bo‘linadi.
    Organik tolalar polimerlardan shakllanadi, tarkibida atomi 
    bo‘lgan uglerodlar, bevosita bir-biri bilan bog‘langan yoki uglerod 
    atomlari bilan bir qatorda boshqa elementlarni o‘z ichiga oladi.
    Noorganik tolalar noorganik birikmalardan shakllanadi. 
    Kimyoviy tolalar ishlab chiqarish uchun mavjud bo‘lgan ko‘p 
    polimerlardan faqatgina tola hosil qiluvchilari ishlatiladi. Tola hosil 
    qiluvchi polimerlar egiluvchan va uzun makromolekulalardan, 
    chiziqli va qisqa ajralgan tarmoqlardan iborat, ular katta 
    molekulyar massaga ega bo‘lib, oson erish va qimmat bo‘lmagan 
    eritmalarda erish xususiyatiga ega.

    Download 9.74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




    Download 9.74 Mb.
    Pdf ko'rish