Tabiatni muhofaza
qilish
Tabiatni muhofaza qilish
tabiat
va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson
manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning
goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar
majmuasi. Tabiatni muhofaza qilish tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar,
jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish, iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam
tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Hozirgi vaqtda inson yashab, toʻxtovsiz munosabatda boʻlib kelayotgan tabiiy muhit uzoq
geologik davrlar (4,5–4,7 milliard yil) mobaynida bir qancha omillarning birgalikda taʼsirida,
yaʼni
Quyosh
nuri,
Yerning gravitatsiya
kuchi, koʻlami, aylanma harakatlari, tektonik harakatlar,
havo va suv qobiqlarining vujudga kelishi va oʻzgarishi, ekzogen jarayonlar taʼsiri, organik
dunyoning paydo boʻlishi va taraqqiyoti taʼsirida tarkib topgan. Tabiiy muhitning holati oʻzaro
taʼsir etib turuvchi koʻp omillarning murakkab majmuida tarkib topgan tabiiy muvozanatga
bogʻliq. Chunki bir joyning iqlimi Quyosh nurining tushish burchagiga, yaʼni geografik kenglik,
yer yuzasining tuzilishi,
shamollar
, okeanlarning uzoq yoki yaqinligi, oqimlari va boshqalarga;
oʻsimliklar qoplami esa iqlim, yer yuzidagi
togʻ jinslari
,
relyef
,
tuproqlarga
bogʻliq. Bu tabiiy
omillarning birontasida oʻzgarish roʻy bersa, tabiiy muvozanat buziladi, bu esa tabiiy muhitda
oʻzgarishlarga sabab boʻladi. Baʼzan, tabiatning biror komponentiga koʻrsatilgan arzimagan
taʼsir hech kutilmagan katta oʻzgarishlarga, xususan, xavfli oʻzgarishlarga olib kelishi mumkin.
Har qanday tirik mavjudot oʻz atrofini oʻrab turgan tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsirda boʻladi,
undan oʻziga kerakli narsalarni oladi, shu muhitda moslashadi, muhit tarkibiga, undagi modda
va energiyaning aylanma harakatiga maʼlum darajada oʻzgarish kiritadi. Yerning havo
qobigʻidagi hozirgi gazlar tarkibi, miqdori, ayrim foydali qazilmalari, masalan,
ohaktosh
,
toshkoʻmir
,
qoʻngʻir koʻmirning
hosil boʻlishi, tuproq qoplamining tarkib topishi, rivojlanishi
organizmlarning hayot faoliyati natijasidir. Organik dunyoning tabiiy muhit bilan oʻzaro taʼsiri
biologik evolyutsiya jarayonida yangi turlarning paydo boʻlishi, raqib turlar sonining koʻpayishi
yoki kamayishi va atrof muhitning oʻzgarishi natijasida oʻzgaradi.
Yerda odamning paydo boʻlishi organik dunyo bilan tabiiy muhit oʻrtasidagi oʻzaro
munosabatni tubdan oʻzgartirib yubordi. Inson tabiatga mehnat qurollari vositasida
yaylovlardan notoʻgʻri foydalanish oqibatida taʼsir koʻrsatadi. U oʻzining tabiat bilan boʻlgan
oʻzaro taʼsiri usullarini takomillashtirib boradi. Natijada inson yashay oladigan hudud
kengayadi, foydalaniladigan tabiiy elementlar soni va hajmi ortadi, binobarin, insonning
tabiatga tazyiqi sifat jiqatidan ham, koʻlam jihatidan ham koʻpayadi. Inson oʻzi yashashi va
faoliyat koʻrsatishi uchun tabiiy muhitdan tashqari yana sunʼiy muhitni ham bunyod etadi.
Masalan, shaharlar, turar joy binolari, bogʻlar, suv omborlari, yoʻllar va boshqa Ishlab
chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, fan va texnikaning taraqqiy etishi bilan, tabiiy boyliklarning
ahamiyati, ulardan foydalaniladigan sohalar, ularni ishlatish shakllari ham oʻzgarib boradi.
Qadimda bir necha xil kimyoviy elementlardan foydalanilgan boʻlsa, hozirgi vaqtda mavjud
barcha elementlardan foydalaniladi. Shu bilan birga koʻpchilik foydali qazilmalar tobora koʻproq
qazib chiqarilmoqda. Insonning tabiatga taʼsiri kuchayishidan, antropogen landshaftlar
koʻpaymoqda. Hayvonot va oʻsimlik olamidan rejasiz foydalanish yoki inson faoliyati bilan
bogʻliq boshqa sabablar tufayli 16-asrning oxirlaridan 20-asrning 70yillarigacha umurtqali
hayvonlarning 250 turi va kichik turlari butkul yoʻqolib ketdi. 80-yillarlardan boshlab xar yili
oʻrtacha 1 ta hayvon turi va 50 ga yaqin oʻsimlik turi yoʻqolib bormoqda. Qush va
sut
emizuvchilarning
1000 dan ortiq turi yoʻqolib ketish arafasida turibdi. Yil davomida 1 milliard
tonna yoqilgʻi yoqiladi, atmosferaga yuzlab million tonna azot oksidi,
oltingugurt
,
uglerod
,
qurum
,
chang
va boshqalar chiqariladi. Tuproq va suvlar sanoat va maishiy chiqindilar (bir
necha milliard tonna), neft mahsulotlari (bir necha million tonna), mineral oʻgʻitlar (yuz million
tonnaga yaqin), ogʻir metallar, radiaktiv chiqindilar bilan ifloslanadi.
Inson tabiiy sharoit va boyliklardan koʻp maqsadlarda foydalanadi. Bu esa ayni paytda, tabiatni
tegishlicha muhofaza qilishni ham taqozo etadi. Bular:
xoʻjalik
, sogʻliqni saqlash va
gigiyena
,
nafosat (estetik),
turizm
, ilmiy hamda tarbiyaviy maqsadga muvofiq foydalanish. Maqsadga
muvofiq foydalanish deganda, tabiat boyliklaridan mamlakat yoki butun insoniyat manfaati
yoʻlida foydalanish tushuniladi. Bunda hozirgi va kelajak avlodning manfaatlarini koʻzlab
faoliyat yuritish nazarda tutiladi. Oʻz taraqqiyotini oldindan uzoq muddatga ilmiy asosda
rejalashtira oladigan va tabiiy muvozanatni oʻzgartirmasdan foydalana oladigan jamiyatgina
taraqqiyotga erishadi.
Tabiiy boyliklardan oqilona foydalanishdan tabiatda roʻy beradigan jarayonlarning oʻzaro
bogʻlikligi va rivojlanishi qonuniyatlari haqidagi bilimlar katta ahamiyatga ega. Busiz tabiiy
jarayonlarga baho berish, ularni xisobga olish, tabiatga, tabiat komponentlariga koʻrsatilgan har
qanday taʼsirning kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishini oldindan bilish mumkin emas.
Inson tabiatdan foydalanganda va unga taʼsir koʻrsatayotganda bilishi va faoliyatida amal qilish
zarur boʻlgan, asosan, 5 qonuniyat mavjud: 1) tabiatdagi barcha komponent va elementlar
oʻzaro bir-birlari bilan bogʻlangan, oʻzaro taʼsir etib, muayyan muvozanatda boʻlib, uygʻunlik hosil
qilgan. Biron komponent yoki element oʻzgarsa, butun tabiiy kompleksda oʻzgarish roʻy beradi;
2) tabiatda toʻxtovsiz modda va energiyaning aylanma harakati roʻy berib turadi. Bu xayot
asosi; 3) tabiiy jarayonlarning rivojlanishida muayyan davriyliklar mavjud (sutkalik, yillik, 12
yillik, 33-35 yillik va koʻp yillik); 4) zonallik; 5) regionallik.
Insonning tabiat bilan oʻzaro taʼsiri jamiyat taraqqiyoti, ishlab chiqarish usullari
mukammallasha borgan sari jadallashadi, tabiatdan, uning boyliklarini, qurilish va ishlab
chiqarish teknikasi, aloqa vositalari yirik shaharlarni oʻzgartirib, yirik vohalar, madaniy
landshaftlar yaratishga, hosildor ekin hamda mevalar, mahsuldor chorva mollari yetishtirishga
imkon beradi. Lekin baʼzan chuqur oʻrganmasdan inson qudratiga ortiqcha baho berib, tabiatga
taʼsir koʻrsatish tabiatni foydalanib boʻlmaydigan holatga, uning buzilishi va ifloslanishiga olib
kelishi mumkin. Bunday manzara insoniyatning butun tarixi mobaynida kuzatiladi. Pekin 19-
asrgacha insonning tabiatdan foydalanish koʻlami uncha katta boʻlmagani uchun inson
faoliyatining tabiatga taʼsiri ham kamroq boʻlgan.
20-asrning 2-yarmida sanoat ishlab chiqarishning rivojlanishi, qishloq xoʻjaligida turli xil
kimyoviy moddalarning koʻp qoʻllanilishi, katta maydonlarda muttasil bir xil ekinlarning
yetishtirilishi, transport vositalarining ortiqcha koʻpayib ketishi, shaharlarning yiriklashib ketishi,
tabiat muhofazasiga yetarlicha eʼtibor berilmaganligi tabiiy muhitning buzilishiga, ayrim
joylarning ifloslanib ketishiga sabab boʻldi. Ayrim konchilik sanoati rayonlarida tabiiy muhit
juda buzilib ketgan. Katta maydonlarni kon chiqindi jinslari egallagan, chuqur ochiq karyerlar
yer osti suvi sathini pasaytirishi natijasida oʻsimlik qoplami qurib bormoqda. Rekultivatsiya
ishlariga, xususan rivojlanayotgan mamlakatlarda yetarlicha eʼtibor berilmaydi. Hozirgi vaqtda
Tabiatni muhofaza qilish muayyan oʻlka yoki mamlakat doirasidan chiqib, umumjahon
muammosiga aylanib bormoqda. Yerning ozon pardasidagi oʻzgarishlar, dunyoda haroratning
koʻtarilib borayotgani, qutbiy va togʻ muzliklarining qisqarib borayotgani ana shunday
muammolardan. Ayniqsa, qayta tiklanmaydigan tabiiy boyliklarning kamayib borayotganligi va
atrof tabiiy muhitning ifloslanayotgani bir qancha mamlakatlarda, ayniqsa, rivojlangan
mamlakatlarda tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini koʻrishga majbur etdi. Koʻpchilik
rivojlangan mamlakatlarda oʻrmonlarni kesish cheklandi, yerdan kadastr asosida
foydalaniladigan boʻldi,
daryo
va
koʻllar
suvlari tozalanib,
baliqlarni
koʻpaytirish boshlandi.
Ovchilik tartibga solindi, qoʻriqxonalar, muhofaza qilinadigan hududlar koʻpaytirildi.
Biroq 20-asrning oʻrtalaridan boshlab zararli chiqindili ishlab chiqarish korxonalarining
rivojlanayotgan mamlakatlarga koʻchirila boshlangani bu mamlakatlarda atrof-muhitning
ifloslanishiga sabab boʻlmoqda. Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy qiyinchiliklar tufayli
tabiatni muhofaza qilishga yetarli mablagʻ ajratishga qodir emas. Tabiatni muhofaza qilish
sohasida xalqaro qatʼiy hamkorlikning yoʻqligi ham tabiiy boyliklardan foydalanishda va tabiatni
muhofaza qilishda yetarlicha samara bermayapti.
Hozirgi vaqtda tabiatni muhofaza qilishni taʼminlash masalalari nazariy jihatdan ishlab
chiqilgan. Lekin bularni amalga oshirish juda katta mablagʻ sarflashni talab qiladi. Buning
ustiga qirgʻin qurollarini ishlab chiqarish, ularni saqlash ham tabiiy muhitning ifloslanishiga olib
keladi. Shu nuqtai nazardan qirgʻin qurollarni ishlashni taʼqiqlash, borlarini yoʻqotish ham tabiat
muhofazasida katta ahamiyatga ega.
Oʻzbekistonda 20-asrda, ayniqsa, uning 2-yarmida qishloq xoʻjaligida monokultura tizimining
qoʻllanishi,
gerbitsid
va
pestitsidlarning
haddan tashqari koʻp ishlatilishi, mavjud
suv
zaxiralaridan notoʻgʻri foydalanish oqibatida atrofmuhit holatida katta salbiy oʻzgarishlar roʻy
berdi. Orol dengizi deyarli quridi, uning atrofida choʻllashish kuchayib ketdi, yer osti suvlari
shoʻrligi darajasi oshdi. Inson salomatligi uchun zarur sharoit buzildi,
kamqonlik
,
gepatit
,
zotiljam
kabi kasalliklar koʻpaydi. Paxta monokulturasi taʼsirida boshqa hududlarda ham inson
hayoti uchun zarur boʻlgan ekologik vaziyat yomonlashdi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach,
dastlabki kunlardan boshlab, tabiatni muhofaza qilishga, respublika hududini ekologik
tanazzuldan muhofaza qilishga kirishdi. Tabiatni va uning komponentlarini muhofaza qilish
toʻgʻrisida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Bular „Tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1992-
yil 9-dekabr), „Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida“ (1993-yil 6-may), „Yer osti boyliklari
toʻgʻrisida“ (1994-yil 23 sentabr; 2002-yil 12 dekabrda yangi tahrirdagi), „Atmosfera havosini
muhofaza qilish toʻgʻrisida“ (1996-yil 27-dekabr), „Oʻsimlik dunyosini muhofaza qilish va undan
foydalanish toʻgʻrisida“ va „Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish
toʻgʻrisida“ (1997-yil 26 dekabr), „Davlat kadastrlari toʻgʻrisida“ (2000-yil 15 dekabr), „Oʻrmon
toʻgʻrisida“ (1999-yil 15-aprel), „Chiqindilar toʻgʻrisida“ (2000-yil 5-aprel)gi qonunlardir.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 50, 54, 55 va 100-moddalarida tabiatni muhofaza
qilishga oid normalar bayon etilgan. Konstitutsiyaning 11-bobining 50-moddasida „Fuqarolar
atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar“, deb koʻrsatilgan. 55-
moddasida „Yer, yer osti boyliklari, suv, oʻsimlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy
zaxiralar umummilliy boylikdir. Ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir“, deyilgan. Mamlakatimizda „Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi“
tashkil qilingan (1996-yil 26 aprelda Oliy Majlis tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat
koʻrsatadi). Qoʻmita quyidagi vazifalarni bajaradi: atrof muhitni muhofaza qilish, tabiiy
resurslardan foydalanish va ularni qayta tiklash ustidan nazorat qilish; tabiatni muhofaza qilish
faoliyatini tarmoklararo kompleks boshqarish; tabiatni muhofaza qilish hamda resurslarni
tejash borasida yagona siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish; atrofmuhitning ekologik
holati qulay boʻlishini taʼminlash, ekologik vaziyatni boshqarish.
Oʻzbekiston tabiatni muhofaza qilish sohasida bir qancha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik
qiladi va dasturlarda, jumladan,
BMTning
atrofmuhit boʻyicha dasturi (YUNEP)da ishtirok etadi.
YUNEP va ayrim rivojlangan mamlakatlar bilan hamkorlikda Biologik xilma-xillikni saqlashning
milliy strategiyasi va 10 dan ortiq milliy ekologik qonunlar ishlab chiqildi. 1993-yil mart oyida
Qozogʻistonning Qiziloʻrda
shahrida
Oʻrta Osiyodagi
5 davlatning Oliy darajadagi uchrashuvida
Orol dengizi muammolari boʻyicha Davlatlararo kengash va uning ijroiya qoʻmitasi hamda
Orolni qutqarish xalqaro fondi tashkil etildi. Uning vazifasi Orol dengizi, uning sogʻlom ekologik
sharoitini tiklash, mazkur regionni toza ichimlik suvi bilan taʼminlash, hudud sanitariyagigiyena
muxitini yaxshilashdir.
Oʻzbekistonda 10 dan ortiq oʻrmon xoʻjaligi, 9 ta qoʻriqxona, 2 milliy bogʻ, bir qancha buyurtma
qoʻriqxona mavjud. Ularda tabiat yodgorliklari, kamayib ketgan oʻsimlik va hayvonlar
qoʻriqlanadi, oʻrganiladi va koʻpaytiriladi. Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish respublika
jamiyati, 12 ta viloyat va Qoraqalpogʻiston jamiyati, Oʻzbekiston geografiya jamiyati, EKOSAN,
bir qancha ilmiyommabop va ilmiy jurnallar, radio va televideniye vaqtli matbuot Tabiatni
muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilmoqda. Aholi oʻrtasida tabiat, undan oqilona
foydalanish va muhofaza qilish haqidagi bilimlarni targʻib qilish, aholining geografik, ekologik
madaniyatini koʻtarish Tabiatni muhofaza qilishda katta ahamiyatga ega. Tabiatni, uning
boyliklarini muhofaza qilish, geografik ekologiya oʻquv kurslari oʻrta maxsus va oliy yurtlarining
tabiatshunoslik mutaxassisliklari talabalariga maxsus kurslar sifatida oʻqitilmoqda.
Karimov I.A., Oʻzbekiston XXI asr
boʻsagʻasida: xavfsizlikka taxdid,
Manbalar
Adabiyotlar
barkarorlik shartlari va taraqqiyot
kafolatlari, T., 1997; Akramov 3. M.,
Rafikov A.A., Proshloye, nastoyasheye i
budusheye Aralskogo morya, T., 1990;
Nigʻmatov A.N., Oʻzbekiston
Respublikasining ekologik huquqi, T.,
2004; Rafikov A.A., Geoekologik
muammolar, T., 1997; Toʻxtayev L.,
Hamidov A., Ekologiya asoslari va
tabiatni muhofaza qilish, T., 1994;
Gʻulomov P.N., Inson va tabiat, T., 1990.
Ushbu maqolada
Oʻzbekiston milliy
ensiklopediyasi
(2000-2005)
maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Bu sahifa oxirgi marta 18-Aprel 2024, 16:43 da
tahrir qilingan.
•
Ushbu maqola
chaladir
. Siz uni
boyitib,
(https://uz.wikipedia.org/w/index.php?tit
le=Tabiatni_muhofaza_qilish&action=edi
t) Vikipediyaga
yordam berishingiz
mumkin.
Bu andozani
aniqrogʻiga
almashtirish kerak.
"
https://uz.wikipedia.org/w/index
.php?
title=Tabiatni_muhofaza_qilish&ol
did=4224518
" dan olindi
Matndan
CC BY-SA 4.0
litsenziyasi boʻyicha
foydalanish mumkin (agar aksi koʻrsatilmagan
boʻlsa).
|