• Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar
  • Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar
  • Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari




    Download 283.99 Kb.
    bet3/4
    Sana21.04.2022
    Hajmi283.99 Kb.
    #20061
    1   2   3   4
    Bog'liq
    nursaid
    DINTANIW, Badiiy matn va lisoniy tahlil (J.Lapasov), Korxona (firma) xarajatlari va foydasi., 2-маъруза, kók botakóz durisi, X.B.D. kombinatorika. N.P.Akmalovna, Kompyuter tarmoqlari va adminstratorlash fanidan test savollari , 1-Mustaqil ish mavzulari, amaliyot titul, Aliyev-Tizimli dasturiy taminot, Kvota Kunduzgi Bakalavriat-2023 Lot., 90555 AT 2kurs-1semester HO\'AT, Keng rizq va baraka omillari [@kitob nuri], ddff
    Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari: Xarsangtosh – noto'g'ri shakldagi ohaktosh, qumtosh va boshqa zich tog' jinslari bulaklari - tosh devorlarga nshlatiladi va betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi; chaqirtosh – yirikligi – 5-150 mm keladigan turli shakldagi, o'tkir qirrali mayda toshlar (toshmaydalagichlarda olinadi) – betonga to'ldirgich sifatida qo'shiladi, poydevor tagiga solinadi va hokazo; shag'al – yirikligi – 5-150 mm keladigan, sirti tekis toshlar—karyerlar, daryo, dengizlar va ko'llar tubidan olinadi, beton tayyorlaganda to'ldirgich sifatida qo'shiladi, trotuar va yo'llar qurishda to'shama sifatida solinadi va hokazo;
    Poydevor va devorlarga ishlatiladigan material hamda buyumlar: noto'g'ri shakldagi xarsangtoshlar (kattaligi 150x150 mm) – poydevorlarga ishlatiladi; yotqizishga qulay, yassi xarsangtosh – taxminan ikkita qirrasi parallel bo'lib, poydevor qurish va boshqa yerosti konstruksiyalari uchun ishlatiladi; arralangan devorbop toshlar va yirik bloklar – devorlar va poydevorlar qurish uchun foydalaniladi;shu bilan birga, zichligi 2100 kg/m3 dan ortiq bo'lgan bloklar podvallar poydevori va devorlariga ishlatiladi.
    Devorlar sirtiga qoplanadigan tabiiy tosh materiallar: yo'nilgan plitalar granit, qumtosh va zich ohaktoshlardan tayyorlanadi; qalinligi tayyorlash texnologiyasiga mos qilib olinadi, lekin 100 mm dan yupqa bo'lmaydi; sirti naqshdor (bo'rtiq, taram-taram, chiziq-chiziq va xol-xol) bo'ladi. Bunday koshinlar tashqi devorlarning sirtiga qoplanadi; arralangan toshlar – granit, ohaktosh, marmartoshlardan arralab olinadi: qalinligi 40-150 mm bo'ladi, sirti yaltiratilgan, jilvirlangan, arralab naqshlar solingan koshinlar tashqi devorlar sirtiga qoplanadi; marmartosh va ohaktoshlardan tayyorlangan yupqa (qalin­ligi 6-20 mm) koshinlar ichki va tashqi devorlar sirtiga qop­lanadi; zich jinslardan tayyorlangan tosh taxtalar faqat hashamat­li binolar uchun mo'ljallangan bo'lib, deraza tokchalariga ishlatiladi.

    Download 283.99 Kb.
    1   2   3   4




    Download 283.99 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qurilishda ishlatiladigan tabiiy toshlarning xillari

    Download 283.99 Kb.