Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'naishlari reja




Download 107 Kb.
bet1/2
Sana18.05.2024
Hajmi107 Kb.
#241980
  1   2
Bog'liq
Referat


Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'naishlari

REJA:

Avvalo tadbirkorlik faoliyati haqida soʻz yuritadigan boʻlsak, tadbirkorlik faoliyati bu- iqtisodiy foydadir. Tadbirkorlik oʻz tavakkalchiligi ostida amalga oshiriladigan, mulkka egalik qilish, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar koʻrsatishdan muntazam ravishda daromad olishga qaratilgan mustaqil faoliyat sanaladi.


Tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu lavozimda roʻyxatdan oʻtkazilishi kerak. Tadbirkorlikni tashkil etishda ham aosiy gʻoyalar mavjud. Tadbirkorlik faoliyati esa ushbu gʻoyalar bilan ajralib turadi.
Tadbirkorlik gʻoyasini yaratish;
Gʻoyaning birinchi ekspert bahosi;
Bozor maʼlumotlarini olish;
Gʻoyani amalga oshirish uchun xarajatlarni hisoblash;
Gʻoyani amalga oshirish uchun bozor maʼlumotlari va xarajatlarini ekspert baholash;
Tadbirkorlik qarorini qabul qilish, gʻoyani amaliy amalga oshirishga tayyorgarlik koʻrish.
Albatta bu g‘oyalar tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Bugungi kunda mamlaktimizda tadbirkorlik sohasida keng koʻlamli islohatlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid qaror va farmonlar qabul qilinmoqda. Prezidentimizning Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligi yo‘lida tunu kun tinim bilmasdan, bor bilim va tajribasi, kuch va imkoniyatini safarbar etayotgani sababli O‘zbekiston “Ochiq ma’lumotlarni kuzatish” xalqaro indeksida 125 pog‘onaga ko‘tarilib, 44-o‘rinni egalladi. “Iqtisodiy erkinlik” reytingida mamlakatimizning 26 pog‘ona ko‘tarilgani esa O’zbekistondagi islohotlarning xalqaro maydondagi yana bir e’tirofi bo‘ldi. Birgina kambag’allikni qisqartirish borasida kompleks yondashuv va nostandart usullarni joriy etish bo‘yicha ulkan vazifalar ma’lum qilindi.
Bu ko‘plab sa’y-harakatlarni birlashtirishni talab qiladi, chunki kambag‘allik masalasi kredit, ijtimoiy nafaqa yoki uy berish bilan o‘zo‘zidan hal bo‘lib qolmaydi. Bu borada “Temir daftar”ga kiritilgan har bir fuqaroni kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha “motivatsiya, ko‘nikma va moliyaviy ko‘mak” tamoyili asosida yangi mexanizm joriy etilishi kambag‘allikni qisqartirishga qaratilgan muhim tashabbusdir. Bugungi kunda qadar tadbirkorlik sohasiga oid bo‘lgan 14 mingdan ortiq qonun va qonunosti hujjatlari mavjud. Bu esa tadbirkorlar uchun qiyinchilik tug‘dirayotgan edi. Qonunchilikni yanada takomillashtirish va liberallashtirish maqsadida yagona Tadbirkorlik kodeksini ishlab chiqish ustuvor vazifa sifatida belgilandi.
Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida kompleks tarzda institutsional va tarkibiy islohotlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, respublikada davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini kamaytirish, tadbirkorlik sub’ektlari huquqlarini himoya qilish, xususiy mulkning -ustuvorligini yanada kuchaytirish, biznes tashabbuslarni qo‘llabquvvatlash yo‘nalishlarida izchil ishlar qilinayapti. Xususan, davlatimiz rahbarining 2018 yil 11 apreldagi “Tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini yanada qisqartirish va soddalashtirish, shuningdek, biznes yuritish shart-sharoitlarini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada yana bir muhim hujjat bo‘ldi. Prizentimizning mazkur Farmoniga binoan, 2018 - yil 1 - iyundan boshlab tadbirkorlik faoliyati sohasidagi litsenziyalanadigan faoliyat va ruxsat berish tartib-taomillarining ayrim turlarini birlashtirish, hujjatlarni rasmiylashtirish muddatlarini qisqartirish, faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash bo‘yicha funksiyalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasidan tegishli davlat organlariga o‘tkazish, litsenziya hamda ruxsat berish xususiyatiga ega hujjatlarni berish funksiyasini respublika davlat boshqaruvi organlaridan ularning hududiy boshqarmalariga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahri hokimliklaridan tuman (shahar) hokimliklariga o‘tkazish kabi choralar belgilangani bu borada katta yangilik bo‘ldi. Mamlakatimizda tadbirkorlik azaldan xalqimiz uchun xos bo‘lgan va jamiyatda yuksak qadrlangan. Xususan, Amir Temur o‘z saltanatida tadbirkorlar, shijoatli insonlarni g‘oyat qadrlagan: “Tajribamda ko‘rilganki, azmi qat’iy, tadbirkor, hushyor, jang ko‘rgan, mard, shijoatli bir kishi mingta tadbirsiz, loqayd kishidan yaxshiroqdir.
Chunki tajribali bir kishi minglab kishiga ish buyuradi.” Shu nuqtai nazardan, bugungi kunda aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish, xususan, yoshlarning biznes g‘oyalarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17 noyabrdagi «Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–5242-son, 2018 yil 27 iyundagi ««Yoshlar-Kelajagimiz» Davlat dasturi to‘g‘risida»gi PF–5466-son Farmonlari, 2018-yil 26 apreldagi «Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-3680-son, 2018-yil 7 iyundagi «Har bir oila — tadbirkor» dasturini amalga oshirish to‘g‘risida»gi PQ–3777-son va 2018 yil 14 iyuldagi «Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ–3856-son qarorlari asosida imtiyozli kreditlar oilaviy tadbirkorlik, daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan aholi hamda tadbirkorlik sub’yektlariga yillik 8 foiz stavkada 3-6 oygacha bo‘lgan imtiyozli davr bilan 3 yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga ajratilishi tadbirkorlar uchun katta imkon bo‘ldi. Tadbirkorlikning rivojlanishi ko‘p omillarga, birinchi navbatda tadbirkorning bilimi, tajribasi va ishbilarmonligiga bog‘liq. Bugungi kunning tadbirkori menejment, rahbarlik usullari asoslari, iqtisodiy masalalar bo‘yicha biznesni rejalashtirish, xo‘jalik faoliyatini tahlil etish, chiqimlarni kamaytirib, foydani ko‘paytirish, shuningdek, huquq va psixologiya sohasi kabi bilimlarni egallashi zarur.
Chunki zamonaviy ishlab chiqarish juda murakkab, texnika vositalari va texnologiyalar muttasil takomillashib bormoqda. Rivojlangan davlatlar tajribasi tadbirkorlik milliy iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilishda, uni barqaror sur’atlar bilan rivojlantirishni ta’minlashda, texnik hamda texnologik qayta jihozlash, yangi turdagi mahsulotlarni o‘zlashtirishda o‘ta muhim rol o‘ynashidan, ichki bozorni zarur tovar va xizmatlar bilan to‘ldirishning asosiy manbayi ekanligidan yaqqol dalolat beradi. O‘zbekiston uchun xususiy tadbirkorlikning mehnatga layoqatli aholini ish bilan ta’minlash yoki o‘zini o‘zi band qilish, uning daromadini oshishidagi ahamiyati, ayniqsa, muhimdir. Yoshlar mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda ham katta kuch. Respublikamizda 230 mingga yaqin yosh tadbirkor va fermerlar, mohir hunarmandlar faoliyat olib bormoqda. Ularning safi yanada kengayishi uchun davlat tomonidan zarur shartsharoitlar yaratib berilmoqda.
Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida tadbirkorlikka jalb qilinmoqda. yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilish va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida Prezident qarori qabul qilindi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini tadbirkorlikka jalb qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 13 oktyabrdagi PQ-4862-son qarorida belgilangan topshiriqlar ijrosi aholi, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlar hamda biznes sohasi vakillarini qo‘llabquvvatlashning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib xizmat qiladi. Jumladan qarorda aholini, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish, mikromoliyalash tizimini takomillashtirish, tadbirkorlikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini joriy etish hamda yagona davlat tashkiloti tomonidan muvofiqlashtirib borish nazarda tutilgan. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yetarli bilim va tajribaga ega, azmu shijoatli tadbirkorlarimiz ushbu soha oldida turgan vazifalarni samarali bajarishda bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etadilar. O‘zgarishlar hech qachon oson kechmaydi, buni hammamiz yaxshi tushunamiz. Lekin, Yangi O‘zbekistonni barpo etish ushbu mashaqqatlarga arziydi. Iqtisodiy faollikning pasayishi, tashqi savdo, logistika, oziq-ovqat va xomashyo narxlari, energiya bilan barqaror ta’minlashdagi muammolar tadbirkorlarni albatta xavotirga solmoqda. Shu bois ushbu xavf-xatarlarning iqtisodiyotimizga ta’sirini kamaytirish va barqaror rivojlanish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqdamiz.
Inson faoliyati turlicha bo’lib, turli xil yo’nalishga qaratilgan bo’ladi. Ularning ichida tadbirkarlik faoliyati alohida o’rin tutadi. Bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda tadbirkorlik qobiliyati iqtisodiy resurs hisoblanib, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatishda shaxsiy omilining tarkibiy qismini tashkil etadi. O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar davomida, ayniqsa, uning hozirgi bosqichida tadbirkorlik foliyatiini rivojlantirish, unga keng erkinlik berishga, uning rivojlanishiga to’siq bo’ladigan har qanday g’ov va cheklovlarni bartaraf qilishga alohida e’tibor qaratilmaqda.
Tadbirkorlikni jadal va yanada keng rivojlantirish uchun barcha sharoitlarni yaratish – eng muhum vazifamizdir. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimizda tadbirkorlari bilan ochiq muloqot shaklidagi uchrashuvda so’zlagan nutqi. Siz kabi ishning ko’zini biladigan, ishbilarimiz timsolida biz tom ma’nodagi Yangi O’zbekiston bunyodkorlarini ko’ramiz. Bu haqida so’z yuritganda, mamlakatimizda har yili yaratilayotgan ish o’rning 90 foizi xususiy sektor hissasiga to’g’ri kelishini ta’kidlash lozim. Hozirgi kunda ushbu tarmoqda 5 milliondan ziyod aholi, ayniqsa, yoshlarimiz mehnat qilayotgani uning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy hayotimizdagi o’rni ham ortib borayotganini ko’rsatadi. Shu boisdan ham agar biz iqtisodiyotimizni, ijtimoiy sohani yanada yuksaltiramiz desak, tadbirkorlikni rivojntirish uchun barcha imkoniyat va sharoitlarni yaratib berishimiz zarur. Albatta, keying 3-4 yilda tadbirkor uchun kredit va subsidiya olish, litsenziya, ko’chmas mulk va resuruslarga ega bo’lish , eksport kabi masalalarda yaratdik. Ortiqcha tekshirishlar nuqd pul, valyuta va xomashyo bo’yicha mavjud cheklovlar, to’siq va g’ovlarning aksariyatiga barham berildi.
Eng asosiysi, el-yurtimiz o’rtasida va davlat idoralarida tadbirkorlarga nisbatab munosabat o’zgardi, jamiyatda ularning obro’yi va mavqei kun sayin tobora ortib bormoqda, bundan tashqari 2023-yildan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun kamida 13 trillion so’m yo’naltirilgan va ushbu resurslar hududlar kesimida olib boriladi. Yana bir ma’lumatni takidlab o’tish lozin, Davlat soliq qo’mitasi 1- yanvar holatiga Ozbekistondagi yakka tatibdagi tadbirkorlar 2022-yilning 12 oyi davomida 238 188taga yetgan. Bu ko’rsatkich 2021-yilga nisbatan 9,4%ga (20,5mingta) oshgan. Hududlar kesimida yakka tartibdagi tadbirkarlar eng ko’p qismi Toshkentda -29 152, Samarqandda – 28 618 hamda Farg’onada 24 272 tani tashkil etilgan. Jami tadbirkorlar 41,6%i ya’ni 99 307 tasi ayollar hissasiga to’g’ri keladi.
Mamlatatimizda foliyati uchun yangilik joriy qilinmoqda. Xususan, 2023- yilda boshlab mikro biznes uchun aylanmadan olinadigan soliqning amaldagi 4%dan 25%gacha bo’lgan stavkalari o’rniga yagona 4% soliq stavkasi qo’llaniladi. O’zbekistonda yoshlar tadbirkorligini qo’lab –quvvatlash va rivojlantirish amalga oshirilayotgan islohotlar samarasi haqida ko’pgina ma’lumatlar bor. Yoshlarni ish bilan ta’minlashda ularning iqtisodiy mustaqillikka erishishlari va hayotda o’z o’rinlarni topib ketishlarida kichik biznes va tadbirkorlik sohasining rivojlanishi eng asosiy omil va manba bo’lib xizmat qiladi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning 2023 yil uchun 22.12.2022 sanadagi bo’lib o’tgan Murojaatnomasining oltinchi yo’nalishida tadbirkorlarni qo’llab quvvatlash ko’zda tutilgan. Unda aytilishicha “Iqtisodiyotga mahalliy va xorijiy xususiy investitsiyalarni ko‘paytirish uchun sharoitlarni yanada yaxshilaymiz. Biz so‘nggi olti yilda investitsiyalar hajmini yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan oshirishga erishdik. Kelgusi yili qariyb 30 milliard dollar sarmoya jalb qilinadi, shundan 25 milliard dollar xususiy investitsiyalar bo‘ladi. Jumladan, umumiy qiymati 8 milliard dollarlik 300 dan ziyod loyihani ishga tushiramiz va yana 40 ta yangi yirik loyiha boshlanadi. faol investitsiyalarni jalb qilishda xususiylashtirish va davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlaridan to‘liq va samarali foydalanish zarur. Kelgusi yili katta xususiylashtirishni boshlaymiz, 1 mingga yaqin korxona savdoga chiqariladi. Bugun ko‘nglimdagi bir niyatimni sizlarga ochiq aytmoqchiman. Mening katta niyatim – yurtdoshlarimiz orasida yuz minglab mulkdorlar, aksiyadorlar paydo bo‘lsin. Odamlarimiz o‘z omonatlarini investitsiya qilib, yuqori daromadlarga ega bo‘lsin. Shuning uchun topshiriq berdim: kelgusi yilda eng yirik 10 ta kompaniya va tijorat banklarimizning aksiyalari o‘z aholimiz uchun ochiq va shaffof savdoga chiqariladi. Bu chinakam xalqchil IPO bo‘lishiga ishonaman. Shu borada ilgari ham aytgan gapimni takrorlashni o‘rinli, deb bilaman: xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi. Navbatdagi masala – 2023 yilda tayyor mahsulotlar eksportini qo‘shimcha 4 milliard dollarga oshirish asosiy maqsadimiz bo‘ladi.
Bu yil boshlangan “Yangi O‘zbekiston – raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi o‘z samarasini bermoqda. Bir yilning o‘zida 2 mingga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Kelgusi yilda ham eksport qiluvchilarga transport va boshqa xarajatlarini kompensatsiya qilish davom ettiriladi. Yevropa bozorlariga tekstil, elektr texnikasi, charm-poyabzal va boshqa tayyor mahsulotlar eksportini kamida 2 barobar oshiramiz. Mahsulotlar eksporti bo‘yicha hozirgi 9 ta bosqichdan iborat bojxona rasmiylashtiruvi 3 barobar qisqaradi. Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish bo‘yicha asosiy muzokaralarni yakunlab, ichki qonunchilikni moslashtirish, yangi standartlarni joriy etish ishlarini jadallashtiramiz. Umuman, 2023 yilda eksport hajmi tariximizda ilk bor 23 milliard dollardan ortadi.” Raqamli inqilob butun dunyo jamiyatini, shuningdek bizning ham hayotimizni misli ko’rilmagan tezlikda o’zgartirmoqda. Albatta, bu o’zgarishlar katta imkoniyatlar bo’libgina qolmay, ulkan qiyinchiliklarni ham yuzaga keltiradi.
Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadiga erishishda yangi texnologiyalar yaratish muhim hissa qo’shadi ammo, to’liq ming foizli ijobiy natijalar kafolatsizdir. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o’rni juda baland. Raqamli iqtisodiyot tadbirkorlar ishini osonlashtiradi. Vaqtini va xarajatlar kesimining kamayishiga sabab bo’ladi. Oxirgi yillarda raqamli texnologiyalardan keng foydalanishga imkoniyatlar yaratilmoqda, ayniqsa, IT sohasini rivojlantirish, kerakli kadrlar yaratish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning iqtisodiyotdagi ahamiyati va tutgan o’rnini ochib berishdan avval “biznes” va “tadbirkorlik tushunchalarining nazariy iqtisodiy mohiyatini aniqlab olishimiz lozim deb o’ylaymiz. Tadbirkorlik ilmiytadqiqot obekti sifatida dastlabki vaqtlarda iqtisodchi olimlar I.Shumpeter, R.Kantilon kabi klassiklar tomonidan o’rganildi.
Hususan, R.Kantilon tadbirkorlikni foyda olish chegaralanmagan va bahosi aniq tovarlarni sotib oladiyu, lekin sotish bahosi noaniq bo’ladi, u tavakkalchi, taklifni talabga moslovchi1 , deb baholaydi. Shumpeterni olsak, u tadbirkorlikning besh muhim tomonini: iste’molchilarga noma’lum yangi tovarlar ishlab chiqarishi; yangi ishlab chiqarishni qo’llashi va mavjud tovarlar tijoriyligini ta’minlash; yangi tovarlarni o’zlashtirishi; yangi xomashyolarning ishlatilishi; tarmoqni takomillashtirishni ko’rsatib beradi. Tadbirkor yangi kombinasiyalarni amalga oshiruvchi shaxsdir. deb ta’kidlaydi. Umumiy tarzda “tadbirkorlik” va “biznes” tushunchalari iqtisodiy mohiyati jihatidan deyarli unchalik katta farqqa ega emas. Aniqroq, qilib aytganda “biznes”, “tadbirkorlik” tushunchasidan keng bo’lib, ikkinchisi birinchisi tarkibida bo’ladi. “Biznes”- so’zi inglizcha so’z bo’lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so’z bilan aytganda, kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev ta’kidlab o’tganlaridek: Bizning yana bir muhim vazifamiz – kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo’llabquvvatlash va rag’batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yurtimizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o’zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo’lsa ham, aytishdan hech qachon charchamayman, ya’ni “Xalq boy bo’lsa, davlat ham boy va qudratli bo’ladi”. Bozor munosabatlari sharoitida iqtisodiyotni rivojlantirishning asosiy omillaridan biri kichik biznes va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdir. Xo’sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi? Binobarin, tadbirkorlik faoliyati tizimining alohida tahlili dastlab G’arbda boshlangan bo’lsada, uning mohiyati va rivojlanishiga taalluqli ko’p qirrali bilimlar Sharqda tarkib topib, so’ngra G’arbda ilgari surilganiga yuqorida zikr etilgan dalillar guvohlik beradi. Ayniqsa, ular bu yo’nalishda shakllangan va hayotda o’z o’rniga ega bo’lgan ta’limotlarda o’z ifodasini topgan.
Xususan, 3 ming yillik tarixga ega. Zardushtiylik ta’limotining asosi bo’lmish “Avestoda”da musulmon olamining allomalari ta’limotlari, jumladan, “Naqshbandiya”, “Yassaviya”, “Kubroiya” ta’limotlarida mujassamlangan. Ayniqsa, bu jihatdan “Naqshbandiya” ta’limotining ildizlari chuqur mazmunga ega. “Naqshbandiya”ning “Dil bo yoru, dast ba kor”, ya’ni “diling Allohda, qo’ling mehnatda bo’lsin”, degan ta’limot asoschisi. Xoja Baxouddin Naqshbandiy kimxobga naqsh bog’lashda tadbirkorlik mahoratini namoyish etib, halol mehnat bilan yashash zarurligini ibrat qilib ko’rsatgan.
Ayrim manbalar uning mato to’qiydigan do’konlari borliga ham ishora qiladi6 . Ko’rinib turibdiki, Bahouddin Naqshbandiy mashhur G’arb iqtisodchi olimi xususan, Vilyam Pettidan 400 yil muqaddam mehnat insonlarning yashash manbai ekanligini chuqur anglagan va amalda o’z faoliyati doirasida isbot etgan. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi mutaxassislari O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2023 yil 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan uchrashuvda so’zlagan nutqining lingvistik kontent-tahlilini o’tkazdi.
Tasviriy ifodalovchi so’zlardan foydalanib, tahlilchilar davlat rahbari nimaga ko’proq e’tibor qaratganini aniqlashdi. Shavkat Mirziyoyev o’z nutqida jami 3884 ta so’zdan foydalangan. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqini tahlil qilish (asl tildan) tadbirkorlarning eng dolzarb muammolari soliqlar va kreditlar ekanligini ko’rsatgan. Davlat rahbari tomonidan eng ko’p tilga olingan so’zlar “tadbirkor”, “biznes”, “soliq”, “korxona”, “tizim”, “mahsulot”, “kredit” va “jamg’arma” bo’lgan.7 Prezident Shavkat Mirziyoyevning tadbirkorlar bilan uchinchi ochiq muloqotida eng ko’p ishlatgan so’zlari. Xususan, “tadbirkor” so’zi 79 marta, “biznes” so’zi 50 marta, “soliq” so’zi 35 marta, “korxona” so’zi 35 marta, “tizim” so’zi 22 marta, “mahsulot” so’zi 21 marta, “kredit” so’zi 21 marta va “jamg’arma” so’zi 18 marta tilga olingan. “Bank” va u bilan bog’liq so’zlar 15 marta aytilgan.
Ikki so’zdan tashkil topgan iboralardan “kichik biznes” iborasi 14 marta, “qo’shilgan qiymat” iborasi 8 marta, “o’rta biznes” iborasi 10 marta, “ochiq muloqot” iborasi 8 marta, “biznesni rivojlantirish” iborasi 4 marta va “tadbirkorlik jamg’armasi” iborasi 3 marta tilga olingan. Uch so’zdan iborat iboralardan “qo’shilgan qiymat solig’i” iborasi 6 marta, “biznesni rivojlantirish banki” iborasi 4 marta, “kichik biznes markazlari” iborasi 4 marta, “brendlarni jalb qilish” iborasi 4 marta, “kichik biznes loyihalari” iborasi 3 marta, “sanoatni rivojlantirish jamg’armasi” iborasi 3 marta aytilgan. Tahlil natijalariga ko’ra, Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqining 18 foiz qismi kichik biznes, 18 foiz qismi ochiq muloqot natijalari, 13 foiz qismi sodda soliq ma’murchiligi va byurokratiyasiz qulay muhit, 13 foiz qismi o’rta biznes, 13 foiz qismi sifatli va raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va boshqa masalalarga qaratilgan.
Davlat rahbari klaster tizimiga o’tish natijasida qisqa vaqt ichida qishloq xo’jaligida tub o’zgarishlar uchun zamin yaratilganini ta’kidladi. Oxirgi olti yilda paxta hosildorligi gektariga 26 sentnerdan 34 sentnerga (ayrim hududlarda 40 sentnergacha), paxta tolasini qayta ishlash 2,5 baravarga — 100 foizgacha, ip-kalava ishlab chiqarish — 2,2 barobar, tayyor mahsulot — 5 sentnerga oshdi. 8 2024 yilda to’qimachilik mahsulotlari eksportini 1,5 barobarga -5 mlrd dollargacha (2023 yilda - 3,2 mlrd dollar) oshirish rejalashtirilgan. Bugungi kunda paxta-to’qimachilik klasterlarida 600 mingdan ortiq kishi mehnat qilib, barqaror daromad olmoqda, dedi prezident.
Ammo Vilyam Pettining “Boylikning otasi mehnat, onasi esa yerdir” degan ta’limoti jahon iqtisodiy nazariyasi fanida yangi bosqich sifatida e’tirof etilgani holda, Naqshbandiyaning undan avvalroq hamda chuqur iqtisodiy va ma’naviy mazmunga ega bo’lgan yuqorida qayd etilgan ta’limoti hozirgacha na G’arb va na mahalliy iqtisodiy adabiyotlarida munosib o’rin egallamagan. Tadbirkorlik bo’yicha bilim va amaliy faoliyatlar zaminimizda hukmdor bo’lgan buyuk shaxslar Sohibqiron Amir Temurning “Tuzuklari”da, Mirzo Boburning “Boburnoma” asarida yorqin ifodasini topgan. Buyuk sarkarda Amir Temur mamlakat osoyishtalgini va mo’lko’lligiga erkin tadbirkorlik faoliyatiga ustuvorlik berilishi orqali erishish mumkinligini chuqur idrok etgan va uning tamoyillari mashhur “Temur tuzuklari” asarida aniq bir tizimga keltirilgan bo’lib, unga ko’ra: mardlik va shijoat sohibi, a’zmi qat’iy, tadbirkor va xushyor bir kishi ming-minglab, tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidur”, degan xulosani ilgari surgan. Ta’kidlash joizki, Amir Temur nafaqat tinchlik davrida, balki urush holati jarayonida ham tadbirkorlik faoliyatini yuqori darajaga ko’targan va bu yo’nalishda amaliy ishlarni ham ro’yobga chiqargan.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining o’sishini ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va forovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’lab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiy nazariya fanida tadbirkorlik tushunchasi XVIII asrda paydo bo’ldi va ko’pincha mulkdor iborasi bilan bir xil tushunilgan.
Xususan Adam Smit tadbirkorlikni foyda olish uchun qandaydir tijorat g’oyasini amalga oshirish maqsadini ko’zlab tavakkalchilik bilan ish ko’ruvchi mulkdor deb harakterlaydi. J.B.Sey tadbirkorlikni ancha keng ta’riflaydi. Uning fikricha, tadbirkor eng ko’p mahsulot olish maqsadida ishlab chiqarish omillarini birbiriga uyg’unlashtirish ishlari bilan shug’ullanuvchi iqtisodiy gumashta (agent). 11 Tadbirkorlik nazariyasiga muhim hissa qo’shgan Avstriya iqtisodchisi I.Shumpeterdir. U o’zining 1912 yilda yozgan “Iqtisodiy taraqqiyot nazariyasi” kitobida tadbirkorning ishlab chiqarish omillaridan foydalanishning yangicha kombinasiyalarini amalga oshiradigan va shu bilan iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlaydigan kishi deb ataydi.


Download 107 Kb.
  1   2




Download 107 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishning asosiy yo'naishlari reja

Download 107 Kb.