• Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish konsepsiyasi hqaida
  • Tahlil qilish metodikasi




    Download 400.03 Kb.
    Pdf ko'rish
    bet1/6
    Sana24.05.2022
    Hajmi400.03 Kb.
    #21820
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    1-maruza



    MILLIY O’QUV DASTURI VA FANGA OID ME’YORIY HUJJATLARNI
    TAHLIL QILISH METODIKASI 
    REJA: 
    1. Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish konsepsiyasi hqaida 
    2. Aniq fanlar blok-moduli tavsifi va predmetlar integratsiyasi 
    3. Maktab bitiruvchilariga aniq fanlar bo‘yicha qo‘yiladigan umumiy talablar 
    Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitish konsepsiyasi hqaida 
    Informatika va axborot texnologiyalar fanini o‘qitishni rivojlantirish konsepsiya 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    2035-yilgacha 
    rivojlanish 
    Strategiyasining 
    konsepsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi PF-
    5712-son Farmoni asosida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi 
    tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi”, 2025-yilgacha O‘zbekiston 
    sanoatining rivojlanishi konsepsiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 
    Sh.Mirziyoevning 2020-yil 24-yanvarda Oliy Majlisga murojaatnomasida belgilangan 
    vazifalar asosida ishlab chiqilgan. 
    Konsepsiya xalq ta’limi tizimida informatika va axborot texnologiyalari fanini 
    o‘qitishni rivojlantirishning asosiy tendensiyalarini belgilab beradi. Jumladan:
    ishlab chiqarish jarayonlari yuqori darajada sanoatlashgan Buyuk Britaniya, 
    Fransiya, Germaniya, AQSh, Izrail, Janubiy Koreya, Xitoy Xalq Respublikasi va 
    boshqa rivojlangan davlatlarning ta’lim tizimida ham «Informatika» fani umumiy 
    ta’limning asosiy bo‘g‘ini hisoblanish tajribasidan milliy xususiyatlarni va 
    mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarni hisobga olgan holda jahon bozoriga 
    malakali kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini 
    ta’minlash;
    iqtisodiyotning barcha sohalarini raqamli texnologiyalar asosida yangilashni 
    nazarda tutadigan “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturini ishlab chiqish va joriy 
    etish; umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda axborotlashgan 
    jamiyatda ta’lim olishi, kelajakda raqamlashtirilgan muhitda yashashi va ishlashi 
    uchun egallagan ko‘nikmalarni boyitish va layoqatini shakllantirish;
    Informatika va axborot texnologiyalari fani Davlat ta’lim standarti talablarini 
    ta’lim sifati va kadrlar tayyorlashga qo‘yiladigan xalqaro talablarga muvofiqligini 
    ta’minlash;
    Informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha umumiy o‘rta ta’lim 
    muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablarini amaliyotga tatbiq etish; 
    umumta’lim muassasalarining metodik va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash;
    Informatika va axborot texnologiyalari fani mazmunini sifat jihatidan yangilash, 
    shuningdek o‘qitish metodikasini takomillashtirish;


    Informatika va axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda variativ o‘quv 
    modullarini ishlab chiqish; 
    o‘quvchilarni loyiha va o‘quv-tadqiqotchilik faoliyatiga jalb etishning 
    metodikasini ishlab chiqish; 
    ta’lim jarayoniga milliy, umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlar asosida 
    o‘quvchilarni tarbiyalashning samarali shakl, usul va vositalarini keng joriy etish;
    Informatika va axborot texnologiyalari fanini umumta’lim fanlari bilan o‘zaro 
    integratsiyasi va o‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish ishlarini tashkil etish; 
    o‘quvchi-yoshlarni tarbiyalashda informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha 
    sinfdan va maktabdan tashqari ta’limning zamonaviy usullari va yo‘nalishlarini joriy 
    etish. 
    Informatika va axborot texnologiyalari fani umumta’lim tizimida asosiy 
    integratsion mexanizm vazifasini bajaradi, tabiiy, ilmiy-texnik, texnologik, 
    tadbirkorlik va gumanitar fanlar doirasida olgan bilimlarini metapredmet darajasida 
    qo‘llashni o‘rgatadi va umumiy o‘rta ta’limning amaliy jihatlarini kuchaytirishga 
    yordam beradi. Mamlakat iqtisodiyotining samarali rivojlantirish kafolatlaridan biri 
    jahon bozorida ta’lim tizimining raqobatbardoshligini raqamli texnologiyalar va 
    zamonaviy usullarni joriy etish orqali ta’minlashdir.
    Davlat ta’lim dasturlari tarkibiga kiruvchi informatika darslari o‘quvchilarda 
    XXI asr va hayotiy ko‘nikmalarini, bitiruvchilarda nostandart sharoitlarda yuzaga 
    keladigan muammolarni hal etish, ta’limning barcha bosqichlarida zamonaviy axborot 
    texnologiyalaridan samarali foydalanish va kreativlikni rivojlantirish hamda mustaqil 
    hayotda zarur bo‘ladigan AKT ko‘nikmalarini o‘zlashtirish, maktabdan keyingi ta’lim 
    bosqichiga yoki mustaqil hayotga qadam qo‘yishda zarur bo‘ladigan bazaviy 
    kompetensiyalar va dunyoqarashlarni shakllantiradi.

    Download 400.03 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 400.03 Kb.
    Pdf ko'rish