• Добавление гиперссылке
  • Talabalarda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish malakasini shakllantirish usullari




    Download 7.86 Mb.
    Sana29.04.2022
    Hajmi7.86 Mb.
    #20496
    Bog'liq
    maqola2014-1
    qarshiga1

    TALABALARDA TA’LIM JARAYONIDA AXBOROT KOMMUNIKATSION TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH MALAKASINI SHAKLLANTIRISH USULLARI
    A.G’. Axmedov, Informatika o`qitish metodikasi 1-kurs talabasi
    Ilmiy rahbar: Z.N. Xolmurodova

    Informatikaning asosiy tushunchalaridan biri – bu axborot-kommunikatsiya texnologiyasidir.


    Ayni paytda axborot texnologiya haqida fikr yuritganda, ko`pgina «yangi», «kommunikatsion» yoki «zamonaviy» so’zlarini qo’shib ishlatiladi. Zamonaviy axborot–kommunikatsiya texnologiya – bu zamonaviy kompyuterlar va telekomunikatsion vositalaridan foyidalanadigan, foydalanuvchi ishlashi uchun «do`stona» interfeysga ega bo`lgan axborot texnologiya demakdir.
    Hozirgi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda:

    • o’rganish obyekti sifatida;

    • o’qitishning texnik vositalari sifatida;

    • ta’limni boshqarishda;

    • ilmiy-pedagogik izlanishlarda foydalanilmoqda.

    O’quv-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalar asosan to’rt tartibda:
    passiv qo’llash – kompyuter oddiy hisoblagich kabi;
    reaktiv muloqat – kompyuter imtihon oluvchi sifatida;
    faol muloqat – kompyuter talabaga yo’l – yo’riq berish va imtihon olishda;
    interfaol muloqat – kompyuter sun’iy intellekt sifatida, ya’ni talaba bilan muloqat qilishda foydalaniladi.
    Talabalarning kelgusi pedagogik faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan unumli foydalanishlari uchun darslarda qo`llash mumkin bo`lgan kompyuter dasturlari, ularning imkoniyatlari, shuningdek, dars uchun kerakli materiallarni qanday tayyorlash usullari haqida o`rganishlari zarur. Talabalarning o`zlari ijodkorlik darajasiga yetishlari uchun boshlang’ich ma’lumotlar va ijodkorlik g’oyalarini qanday yuzaga keltirish hamda ularni qaysi dasturiy vositalar yordamida amalga oshirish mumkinligini bilish malakasini shakllantirishimiz zarur.
    O’quv-tarbiya jarayonida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning faol muloqot turini qo`llagan holda har bir dars uchun talabalarni o`tilgan mavzu yuzasidan o`z-o`zini xolis baholashlarida Office dasturlarida biri bo`lgan MS Power Point dasturida yaratilgan krossvordlardan unumli tarzda foydalanish samarali natijaga olib keladi.
    Power Pointda quyidagi ketma-ketlikda mavzu yuzasida test tuzib olamiz:

    1. Avvalo slaydlarga testning savollari va javoblari kiritib olinadi:





    1. Savollar tuzib olingach, to`g’ri va noto`g’ri javoblar natijalari va boshqa slaydlarga bog’lanishlar uchun ikkita slayd tuzib olamiz:


    1. Savollarni o`qib javob variantini tanlash va to`g’ri yoki noto`g’ri ekanligini aniqlash maqsadida har bir javob variantini mos ravishda oxirgi “To`g’ri” yoki “Noto`g’ri” deb ma’lumot kiritilgan slaydlarga giperbog’lanish yordamida bog’laymiz. Ya’ni slayd javobini belgilab olgach ВставкаГиперссылкаДобавление гиперссылке oynachasida связать с: qismidaМестом в документе imkoniyati tanlanadiВыберите место в документе: qismida kerakli slayd tanlanadiOK va hokazo… amalini bajaramiz.

    2. Tayyorlagan o`quv materialining samaradorligi va diqqatni tortish imkoniyatini oshirish maqsadida savollar bilan mos ravishda ovozlashtirilgan savol berilishi maqsadga muvofiq sanaladi. Buning uchun maxsus dasturlar va multimedia texnologiyalari yordamida ovoz yozib olish imkoniyatidan foydalanish kerak.

    Biz yuqorida har bir dars yakunida o`tilgan mavzuni mustahkamlashda qo`llash mumkin bo`lgan, o`qituvchidan ko`p vaqt talab etmaydigan, asosiysi har bir o`qituvchi va foydalanuvchi tushuna oladigan dasturlarda didaktik materillar tayyorlashni ko`rsatdik.
    Talabalar bu bilimlarga ega bo`lishgach, ularga quyidagicha savollar asosida g’oyalar berish va ijodkorlikka yetaklash mumkin:

    1. MS Power Point dasturining imkoniyatlarini qo`llagan holda o`quvchilar uchun avvalo o`zingiz elektron ko`rinishda yana qanday didaktik material tayyorlay olasiz?

    2. MS Power Point dasturi yordamida o`z-o`zini tekshirish uchun krosvord usulini joriy etish uchun nimalar qilish kerak?

    3. MS Power Point dasturi yordamida bizga ma’lum bo`lga mashhur “Mo`jizalar maydonchasi” o`yinini tashkil etsa bo`ladimi?

    Ushbu maqola yordamida biz hozirgi paytda foydalanish mumkin bo`lgan yangi axborot texnologiyalarini ta’lim jarayonida qo`llash haqida qisqacha ma’lumot berishga harakat qildik.
    Download 7.86 Mb.




    Download 7.86 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Talabalarda ta’lim jarayonida axborot kommunikatsion texnologiyalaridan foydalanish malakasini shakllantirish usullari

    Download 7.86 Mb.