Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari




Download 343.4 Kb.
bet1/122
Sana04.05.2023
Hajmi343.4 Kb.
#56555
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122
Bog'liq
deutsch nemis tili qo\'llanma
Elektronika va sxemalar fanidan yakuniy nazorat test, Gaz balonli avtomobil dvigatellarining ta’minlash tizimini tuzil, Mening jonajon O`zbekistonim (2), Ta\'lim muassasalarida psixologning psixologik diagnostika faoliyati1, Herbert wells tuliq tayormas, 8 mart FARRUX, Бухоро шахар хокими И1, ZAMONAVIY OPERATSION TIZIMLAR TAHLILI., иняз ЯКУНИЙГА, elektr 3, 5-sinf, 6-sinf Qadimgi dunyo tarixi 1-5-& testi, 5-sinf o\'quvchi daftari, Mavzu4 (2)



(Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma)

Karschi 2014
So‘z turkumlari
( die Redeteile, die Wortarten )
Nemis tilidagi so‘zlar o‘ziga xos xususiyatlariga ko‘ra ayrim leksik-grammatik gruppalarga bo‘linadi. Ularning bunday gruppalari so‘z turkumlari deyiladi.
Nemis tilida so‘zlar quyidagi belgi xususiyatlariga ko‘ra turkumlarga ajraladi:
1) So‘zning umumkategorial xarakteriga ko‘ra. Masalan: die Stadt, fliegen, klein so‘zlarning umumkategorial ma’no xarakteri turlicha bo‘lgani uchun, ular turli so‘z turkumlariga mansub. Predmet ma’nosini anglatish otlar uchun xarakterli bo‘lsa, ish-xarakatni ifoda etish fe’llar uchun xarakterli, predmet belgisini anglatish esa sifatlar uchun harakterli va shu kabilar. Lekin laufen va der Lauf, warm va die Wärme kabi so‘zlarning qiyosi shuni ko‘rsatadiki, faqat so‘zning leksik ma’no xarakterining o‘zi so‘z turkumlarini aniqlash uchun yetarli belgi bo‘la olmaydi. Chunki laufen va der Lauf so‘zlari turli so‘z turkumlariga tegishliligiga qaramay, xarakat ma’nosini anglatadi; warm va die Wärme so‘zlari belgi ma’nosini ifodalaydi. Laufen va der Lauf, warm va Wärme so‘zlarini bir kategoriyaga kiritib bo‘lmaydi. Bu so‘zlarning ma’nolari bir biriga o‘xshash bo‘lsa-da, bularning har biri biror boshqa so‘z turkumiga oid bo‘lgan boshqa belgilariga ko‘ra bir – biridan farq qiladi. Shuning uchun ham laufen va der Lauf so‘zlarining birinchisi fe’lga, ikkinchisi esa otga tegishlidir
2) Grammatik kategoriya bilan bog‘liq bo‘lgan forma yasash sistemasiga ko‘ra. Yuqorida qiyos qilingan laufen va der Lauf so‘zlarining grammatik kategoriyasi turlicha. Der Lauf oti. Kelishik rod, aniqlik va noaniqlik kategoriyalariga ega. Fe’l esa shaxs va son bo‘yicha tuslanadi, u zamon formalariga, uch maylga ham ega; o‘timli fe’llar esa aniq va majhul nisbat formalariga ega.
3) So‘z turkumining uchinchi belgisi – ma’lum bir kategoriyaga oid bo‘lgan so‘zning gapdagi asosi sintaktik funksiyaga ko‘ra. Masalan: laufen fe’l bo‘lgani uchun u tuslanadigan formada qo‘llanadigan kesim vazifasida ishlatiladi. Ot uchun eng harakterli bo‘lgan funksiya uning ega va to‘ldiruvchi vazifasida qo‘llanishidit.
4) So‘z turkumining to‘rtinchi belgisi – ma’lum so‘z turkumiga xos bo‘lgan so‘z yasash, forma yasash sistemasiga ko‘ra. Chunonchi har bir so‘z turkumi o‘zining so‘z yasash sistemasiga ega. Masalan: -ung, -heit, -keit, -schaft, -tum, -e va boshqalar suffikslar otlarga xarakterlidir.
Hozirgi nemis tilida quyidagi so‘z turkumlari mavjud bo‘lib, ular umumiy belgilariga ko‘ra avvalo uch katta gruppaga bo‘linadi

Download 343.4 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   122




Download 343.4 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Talabalarning mustaqil ta’limini o‘zlashtirish uchun o‘quv- uslubiy qo‘llanma Karschi 2014 So‘z turkumlari

Download 343.4 Kb.