Bog'liq Maxsus fanlarni o`qitish metodikasi 1 kurs 2 semestr Mag Ishchi (2) 7 Jagʻli madalagich
V. Ta’lim natijalari/Kasbiy kompetensiyalari Fanning o‘qitish natijalari va shakllanadigan kasbiy kompetensiyalar Talaba bilishi kerak: ● mazkur o‘quv predmetining nazariy asoslarini; badiiy asarni estetik tahlil
qilish va baholash mezonlarini; adabiyot o‘qitishda o‘quvchilarning og‘zaki va yozma
nutq malakalarini o‘stirishning shakl va usullarini; dars jarayoniga qo‘shimcha
adabiyotlarni, yangi axborot hamda turli pedagogik texnologiyalarni jalb qila olishni
maxsus fanlariga oid o‘ziga xosliklar mavjudligini bilish va ularga ta'lim jarayonida
alohida e'tibor berish; har bir fanga oid xususiyatlarning qator ichki va tashqi
omillariga bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi; (bilim) • talaba o‘zbek adabiyoti turkumidagi fanlarni o‘qitish bo‘yicha maktab,
akademik litsey, kasb-hunar kollejlari, shuningdek, oliy ta'limining bakalavriat
bosqichi mohiyati va prinsiplarini o‘zlashtirishi; o‘quv qurollarining mavjudligiga
qarab usullar tanlay olishi; badiiy asarni mustaqil tahlil qila bilishi; adabiyot darslarida
milliy mafkura va mustaqillik g‘oyasini targ‘ib qila olishni bilishi va ulardan foydalana olishi; (ko‘nikma) •
talaba ta’limning turli bosqichlarida mazkur fan yuzasidan namunali
dars o‘tish, turli tadbirlarni o‘tkaza olish, zamon talabidagi darslarni tashkil qila
olish, shuningdek, ta’limning turli bosqichlarida o‘quvchilarning yosh
xususiyatlariga qarab ta’lim-tarbiyaning metod va usullarini amaliyotga tatbiq eta
olish, shuningdek, yoshlarni adabiyotshunoslik sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlarga
yo‘naltira bilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak. (malaka) VI. Ta’lim texnologiyalar va metodlari
13
● Ma’ruzalar;
● Seminarlar(mantiqiy fikrlash,tezkor savol javoblar);